Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1 .2 .1.2 . «Avesto»
Zoroastrizm — otashparastlik (m iloddin awalgi VI — m ilodning VI 
asri) dinining m uqaddas kitobi bo'lib, m iloddin awalgi VI — milodning 
VI asrlarida yozilgan, Eron h am d a O 'r ta Osiyo xalqlarining qadimgi 
madaniyati, e ’tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o'rganishda asosiy 
m anba hisoblanadi.
Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. B irguruh olimlar
— fransuz J.D arm steter, Ozarbayjon olimi I.Aliyev, “Avesto” Midiya — 
hozirgi Eronning shimoli-g'arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan, desa, 
ko'pchilik — V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Am udaryo 
bo'yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig'ida yaratilgan, 
deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so'ngi vaqtlarda Eron olimlari, masalan 
Ibrohim Pur Dovud tarafidan h am e ’tirof etildi.
“ A vesto” m atni to 'liq saqlanm agan. Bizgacha, uning ju d a oz qismi 
yetib kelgan, xolos. M a ’lum ki, “A v e sto ” Kayoniy h u k m d o rla rd a n
G i s h to s p —Vishtosp z a m o n i d a kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga
121


qaraganda uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo — Z aratu sh tra 
to m o n id a n yozilgan va M a s ’udiy, Tabariy va Beruniylarning s o ‘zlariga 
qaraganda 12 000 h o ‘kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergam entga 
oltin harflar bilan yozilgan. O 's h a vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud 
bo'lgan, lekin bir nusxasi Iskandar Z ulqarnaynning farmoni bilan yoqib 
yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi 
esa otashparastlar diniga o ‘ta e ’tiqodli bo'lgan kishilar q o ‘lida saqlanib 
qolgan. Lekin bu nusxa t o ‘liq emas.
Asarning saqlanib qolgan qismlarini t o ‘plash va kitob holiga keltirish 
ishlari Parftya podshosi Valgash III (148—192) h a m d a S o so n iy la r 
(milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur 
II (309—379) davrida tartibga solindi, izohlar va qo'shim chalar (zand) 
bilan boyitildi va t o ‘la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy 
tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Z a n d Avesto” nomi bilan mashhur.
Afsuski, “ Zand Avesto” ham bizning zamonimizgacha t o ‘la holda yetib 
kelmagan. Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa 
bir qismi esa arablar istilosi (674—715-yy.) vaqtida yo‘q qilingan. Asarning 
bizgacha yetib kelgan qismi, professor E.E.Bertelsning m a ’lum otiga 
qaraganda1, 83 000 so‘zdan iboratdir. U, asosan t o ‘rt qismdan — yasna, 
yashtov, vispered, vendidaddan tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat 
deb ataladigan q o ‘shiqlar “Avesto”ning eng ko‘hna va qimmatli qismlaridir.
“A v e sto ” ning q o 's h iq la ri va qissalari A bulqosim Firdavsiyning 
(taxm.940—1030) “ S h o h n o m a ” dostoniga m anba b o ‘lib xizmat qilgan.
“Avesto” nisbatan yaxshi o'rganilgan (K .Z alem en, X.Bartolomey, 
E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, 
Y . D a r m s t e t e r ) , rus (K .A .K o s so v ic h ), ingliz (L .X .M a y ls), D a n iy a
(A.Xristensen) va fors (Ibrohim P ur Dovud) tillariga tarjima qilingan. 
Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida 
tayyorlangan fotomatni 1937—1944-yillarda olti jild qilib nashr etilgan. 
0 ‘z b e k is to n d a bu asarni M . I s ’h o q o v , H . H o m i d iy , T . M a h m u d o v ,
A.Qayumov va boshqalar o'rgangan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling