Manbashunoslik


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Manbashunoslik fa n i qachon shakllangan ?
2. Eng qadimgi zamon tarixchilari voqea, hodisalarni qanday bayon qilgan ?
3. 0 ‘rta asr tarixchilarining manbaga munosabati qanday bo'lgan?
4. О ‘zbekiston tarixiga oid qo ‘lyozma asarlar qaysi kataloglarda tavsifga olingan ?
5. Qaysi o'zbek manbashunoslaruni bilasiz?
116


II BOB. 0 ‘ZBEKIST0N TARIXI 
MANBALARI
1 -M A V Z U . Q A D IM G I Z A M O N M A N B A L A R I
Darsning mazmuni: 
0 ‘zbekiston qadimgi tarixi arxeologik manbalari, 
Eron, hind, yunon va Rim manbalari t o ‘g ‘risida u m um iy tushuncha 
beriladi.
Reja:
1.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar.
1.2. Qadimgi Eron va hind manbalari.
1.3. Qadimgi Y unon va R im manbalari.
Asosiy tushunchalar. 
«Avesto», arxeologik manbalar, Xitoy, Eron, 
yunon va Rim manbalari, katiba, tasvir, surat, tarixiy yozuvlar, relyef.
1.1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar
0 ‘z b e k i s t o n h u d u d i h a m E r o n , H i n d i s t o n , M e s o p o t a m i y a ,
Yunoniston, Rim, Misr va Xitoy singari m am lakatlar kabi ilk madaniyat 
o ‘choqlaridan hisoblanadi. Lekin, uning qadimiy madaniyati haqida 
m a ’lum otlar juda kam saqlanib qolgan. Biz yurtimizning faqat miloddan 
awalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida m a ’lum darajada 
yozma m a ’lumotlarga egamiz.
Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida 
s a q l a n g a n m a ’l u m o t l a r g a q a r a g a n d a q a d i m z a m o n l a r d a h o z irg i 
0 ‘zbekiston hududida istiqomat qilgan sak, massaget va boshqa qabilalar 
u ru g 'c h ilik tu z u m i n i b o s h d a n k e c h ir g a n la r, c h o rv a c h ilik , q ism a n
dehqonchilik ham da hunarm andchilik bilan shug‘ullanganlar.
Miloddan awalgi VI asrda yurtimiz Ahamoniylar davlati (m iloddan 
awalgi 550—330-yillar) asoratiga tushib qoldi. Ana shu davrda bu yerda 
istiqomat qilgan xalqlar hayotida m uhim ijtimoiy-siyosiy o ‘zgarishlar 
sodir b o ‘ldi. Urug‘ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan 
paydo bo'lgan urug‘ aslzodalari serunum yerlami egallab oldilar, qul 
m ehnatidan foydalanish h am d a erkin jam o a a ’zolariga zulm qilish yo‘li 
bilan boyib bordilar. Shu tariqa jamiyatning tabaqalanish jarayoni kuchaydi 
va quldorlik jamiyati paydo b o ‘ldi.
Bu davrning o ‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, m iloddan awalgi
VII asrda yurtimiz hududida, masalan Balx va Xorazmda otashparastlik
— zardushtlik dini paydo b o ‘ldi va keng tarqaldi.
117


Ahamoniylar va ularning mahalliy noiblari baribiraholini t o ‘la itoatda 
tutib tura olmadilar. Xalqimizning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi 
kuchaydi. Natijada miloddan awalgi VI asr o ‘rtalariga kelib Xorazm 
mustaqillikni qo'lga kiritib oldi. Sak va massagetlar ham o 'z ozodligi 
uchun tinm ay kurash olib bordilar. Eron hukmdorlari bilan yurtimiz 
xalqlari o'rtasida uzluksiz davom etgan urushlar Ahamoniylar davlatini 
kuchsizlantirdi va Eronning Iskandar Zulqarnayn (miloddan awalgi 336— 
323-yy.) tarafidan bosib olinishini birm uncha osonlashtirdi.
Iskandar Zulqarnaynning yurishlari (miloddan awalgi 334—324-yy.) 
yurtimiz ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga t a ’sir ko'rsatdi: katta yer egalari 
bo'lmish mahalliy aslzodalarning mavqei yanada mustahkamlandi.
M a ’lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan awalgi 323-yil 
13-iyun) m a ’lum vaqt (taxminan 75 yil) o'tgach, uning ulkan saltanati 
m ayda-m ayda davlatlarga bo'linib ketdi.
Miloddan awalgi taxm inan 250-yili Buyuk Makedoniya saltanatining 
Baqtriyadagi noibi Diodot mustaqillik e ’lon qildi va Yunon-Baqtriya 
davlatiga asos soldi. Bu davlat tarkibiga Sirdaryo bilan lnd daryosi yuqori 
oqimlarigacha bo'lgan yerlar va xalqlar qarar edi.
Hozirgi Turkmanistonningjanubiy tumanlari ham mustaqillikka erishdi. 
Bu yerla hokimiyat tepasiga nufuzli Arshakiylarurug'ining boshliqlari o'tqizildi.
Miloddan awalgi 190-yili Magnesiya1 yonida bo'lgan janglarda Rim 
qo'shinlari Buyuk Antiox (miloddan awalgi 242—187-yy.) qo'shinlarini 
to r-m o r keltirib, Salavkiylar hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. 
Bu hoi Yunon-Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning kuchayishiga yo'l ochib berdi.
M iloddan aw algi II asrning 40-yillarida Partiya butun Eron va 
Mesopotamiyaning katta qismini o'ziga qaratib olib, yirik quldor davlatga 
aylandi. Poytaxt Ekbatana (H a m a d o n )d a n Evfrat bo'ylariga, hozirgi 
Bag'dod yonida joylashgan Ktesifonga ko'chirildi.
T a x m i n a n o 's h a v a q t l a r d a Y u n o n - B a q t r i y a d a v la ti h a m o 'z
chegaralarini birmuncha kengaytirib oldi. Evfidem, Demetriy va Eakradit 
zam onida So'g'diyona, Baqtriya, Araxosiya (hozirgi Afg'onistonning 
G'arbiy qismini o'z ichiga olgan hudud) va Ariya (hozirgi Afg'onistonning 
markaziy qismi), boshqacha so'z bilan aytganda hozirgi O'zbekiston, 
Tojikiston, Eronning sharqiy qismi ham da Afg'onistonning katta qismi 
Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirar edi.
Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi. 
Mahalliy xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o'rtasidagi ziddiyat
1 M a g n e siy a — L id iy a n in g q a d im iy s h a h a rla r id a n , T u rk iy a n in g h o zirg i M a n isiy a s h a h ri 
o 'r n i d a b o 'lg a n .
I 18


tobora chuqurlashib bordi, chet el bosqinchilariga qarshi q o ‘zg‘olonlar 
kuchaydi. Xalq harakati, ayniqsa, S o'g 'd iyonada keskin tus oldi. Natijada 
miloddan awalgi II asroxirlari va I asr boshlarida So‘g‘diyona mustaqillikni 
qo‘lga kiritishga muvafTaq b o ‘ldi. Yunon-B aqtriya imperiyasining boshqa 
o'lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi.
Q a dim dan Shimoliy Xitoyda istiqomat qilib kelgan xunnlar miloddin 
awalgi II asr oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida g ‘arbga qarab chekinishga 
majbur bo'ldilar va Sharqiy Turkiston ham da Yettisuv vohasida ko'chib 
yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik adabiyotda toxarlar nomi 
bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda yuechji 
(toxar) va usunlar S o‘g‘diyona va Baqtriya hududiga ko'chib o'tdilar va 
bu yerda sak va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo'shilib, aw al So'g'd, 
milodning taxm inan 128-yili Y unon-B aqtriya davlatiga qaram boshqa 
o'lkalarni h am to Ind daryosigacha istilo qilishga muvafTaq bo'ldilar.
Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati o'rnida yuechjilar (toxarlar) 
davlati tashkil topti. Bu davlat tarixda K ushonlar davlati nom i bilan 
mashhurdir. Kushonlar davlatiga hozirgi O'z bekistonning katta qismi, 
Afg'oniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning shimoli-g'arbiy qismi 
qaragan bo'lib, ayniqsa Kanishka va uning taxt vorisi Xuvishka hukmronlik 
qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri o'rtalarida bu davlatning 
ham inqirozi boshlandi va IV asrga kelib mayda davlatlarga bo'linib ketdi.
Yurtimiz hududida hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri -
Qang' va Farg'ona (Parkana)dir.
Qang' davlati tarkibiga Buxoro, Shahrisabz, K a ttaqo'rg'on, Toshkent 
viloyati va X orazm ning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg'u 
(xitoy manbalarida chaovu) turgan.
M iloddin aw alg i I I —I asriarda F a rg 'o n a d a h am mustaqil davlat 
b o 'lg a n . X itoy m a n b a la rid a keltirilg an m a ’lu m o tla r g a q a r a g a n d a , 
Farg'onada hunarmandchilik, ayniqsa dehqonchilik rivoj topgan qadimiy 
mamlakat bo'lib, uning 70 ga yaqin katta-kichik shaharlari Kuba-Quva, 
G a u sh a n -O 'z g a n , Ershi — M arham at, G o 'y - S h a n - Koson va boshqalar 
bo'lgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bog'dorchilik bilan shug'ullangan, 
а ф а , bug'doy, sholi, beda, uzum , anor, poliz ekinlari va boshqalarni 
yetishtirgan.
104—101-yillar orasida Xitoy qo'shinlari Farg'onaga ikki marta bostirib 
kirdilar. Birinchi yurish 104-yili xitoy qo'shinlarining to r-m o r keltirilishi 
bilan tugadi. Ikkinchi m arta 101 -yili 60 000 kishilik xitoy qo'shini 
F arg'onaning yirik shaharlaridan Ershini (hozirgi Andijon viloyatiga 
qarashli M arham at qishlog'i o 'r n id a bo'lgan) qam al qildilar. Lekin,
119


shaharni ola olmadilar, sulh tuzib va ozgina o ‘lpon, 3000 bosh ot olib 
qaytib ketishga majbur bo'ldilar.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling