Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.3.7. Polibiy
Polibiy (m iloddan aw algi 201 — 120) — yirik yunon tarixchisi, 40 
kitobdan iborat “ U m um iy tarix” asari bilan mashhur. U Yunoniston, 
Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220—146-yillar orasidagi 
ijtimoiy-siyosiy tarixini o 'z ichiga oladi. U m u m iy tarix yo'nalishida 
yozilgan bu asarning katta qismi saqlanm agan, bizgacha faqat 1—5- 
kitoblargina yetib kelgan, xolos.
P o li b iy n i n g “ U m u m i y t a r i x i ” d a liliy m a ’l u m o t l a r g a b o y lig i
voqealarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir.
Unda Oks — Amudaryo va Yaksart — Sirdaryo haqida, Antiox 1 ning Baqtriya 
podshohi Eftidemga qarshi harbiy yurishi haqida muhim m a’lumotlar bor.
“ U m um iy tarix” ning m atni 1889—1905-yillar orasida to 'rt jildda 
Leyptsigda chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922— 
1927; ikkinchi nashri, London, 1957—1960) va ruscha (F.G .M ishchenko, 
1—3-jildlari. М., 1890-1899) tarjimalari mavjud.
O'z bekistonning qadimiy tarixini o'rganishda Yunoniston va Rim 
tarixchilarining asarlari benihoyat qimmatlidir.
128


Efor (m iloddan aw algi taxm inan 405—330-yillar), Klavdiy Ellian 
(taxminan milodning 170—235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning
II asri), Korneliy Tatsit (taxm inan milodning 56—1 17-yillari), Ksenefont 
(taxminan m iloddan aw algi 430—355-yiIlar), Plutarx (m ilodning 46— 
127-yillari), Polien (m ilodning II asri) va boshqalarning asarlari ham ana 
shunday qimmatga egadir.
G e o g ra f olimlardan Strabon va P tolom ey asarlari ham z o ‘r ilmiy 
qiymatga egadir.
1.3.8. Strabon
Strabon (miloddan aw algi 63 — milodning 23) qadimgi Y unoniston- 
ning atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (P o n t podshohlarining 
qarorgohlaridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, m ash h u r yunon 
faylasufi Aristotelning (m iloddan awalgi 384—322) shogirdi, qariyb 80 
yil u m r k o ‘rgan.
Strabonni dunyoga tanitgan uning 17 kitobdan iborat “ G eografiya” 
nomli asaridir. Asarning 1—2-kitoblari “ M uqad d im a” deb ataladi va unda 
geografiya ilmi va uning hokimlar, sarkardalar va savdogarlar faoliyatidagi 
o ‘rni va roli haqida gap boradi. Eratosfen, Poseydon va Polibiyning Yer 
tuzilishi haqidagi t a ’limoti tanqid qilinadi, Yer yuzini tavsiflash haqida 
u m um iy tushuncha beriladi.
3—10-kitoblarida Yevropa mamlakatlarining tavsifiga, sh undan 8— 
10-kitoblar Ellada va unga tutash mamlakatlarga bag'ishlangan.
Asarda Osiyo mamlakatlariga katta o ‘rin berilib, ular to'g'risida 11—16- 
kitoblarda m a ’lumot berilgan. 17-kitob Afrika mamlakatlariga bag'ishlangan.
Strabon Polibiyning “ U m im iy tarix”ini davom ettirib, unga miloddan 
awalgi 146—31-yillar orasida bo'lib o'tgan voqealarni qo'shgan. Afsuski, 
bu m uhim asar bizning zamonim izgacha yetib kelmagan, lekin uning 
ayrim qismlari, xususan O 'zbekiston tarixidan xabar beruvchi ayrim 
parchalar olimning “ G eografiya” nomli asariga kirib qolib saqlangan.
S tr a b o n n in g “ G e o g r a f i y a ”sida G irk a n iy a , Parfiya, B aqtriya va 
M arg'iyonaning tabiiy holati, shaharlari, qisman ularga borish yo'llari, 
Oxa (Harrirud), Oks va Yaksart daryolari haqida, O'zbekistonning qadimiy 
xalqlari — sak, massaget, day, atasiya, toharlar ham da xorazmliklar va 
ularning kelib chiqishi, bu xalqlarning turmushi, urf-odati va e ’tiqodi, 
shuningdek Parfiya va Baqtriyaning miloddan awalgi III asrning birinchi 
choragidagi ichki ahvoli va o 'z a ro m unosabatlari haqida m uhim va 
qimmatli m a ’lum otlar mavjud.
Strabonning ushbu asari 1844 va 1848-yillari Kram er va Myuller
129


tarafidan, maxsus xarita va tarhlar bilan qo'shib nashr qilingan. U ning 
n e m i s c h a ( G r o s s k u r d , B e r l i n ,
1831 — 1 8 34) h a m d a r u s c h a
(F.G .M ishchenko. М., 1879; G.A.Stratanovich. М., 1964) tarjimalari 
ham mavjud.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling