1.3.9. Ptolomey Klavdiy
Ptolomey Klavdiy (taxm inan 9 0 -1 6 0 ) - m ashhur qomusiy olim,
Aleksandriyada yashab ijod qilgan. U astronomiya, geometriya, fizika
(optika, mexanika) ham da geografiyaga oid asarlar yozib qoldirgan.
Jahonga mashhur “Almagest” — “Al-majastiy” (18 kitobdan iborat,
astronomiya va trigonometriya ilmlarini o 'z ichiga oladi), “O ptika” (5
kitobdan iborat), “G e rm a n la r haqida tush u n ch a” (3 kitobdan iborat)
va, nihoyat, “ Geografiya” shular jumlasidandir. Lekin, olimga shuhrat
keltirgan asarlari “Almagest” va “Geografiya” dir.
“Geografiya” ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog'i uning
24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag'ishlangan va katta ilmiy
qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shahar, mam lakatlar va ularning
koordinatalari keltirilgan va unga 27ta xarita ilova qilingan.
Ptolomeyning “ Geografiya”sida Girkaniya, Marg'iyona, Baqtriya,
So'g'diyona ham da skifiar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va
So'g'diyonaning m ashhur shaharlari, shuningdek o'sha m am lakatlar va
ular bilan tutash o'lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli
m a ’lumotlar keltirilgan1.
Y unon va Rim olimlarining tarix va geografiyaga oid asarlari m a ’lum
darajada musulmon, shu jum ladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-
Farg'oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo'lib xizmat qildi.*
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. 0 ‘zbekiston tarixiga oid qanday Eron manbalarini bilasiz?
2. «Shohnoma» asarida 0 ‘zbekiston tarixiga oid qanday та ’lumotlar bor?
3. Hindlarning «Mahobharat» asarida qadimgi O'zbekiston to'g'risida qanday
та 'lumotlar bor?
4. Qaysi Yunon tarixchilari asarida lskandarning yurtimizga yurishi aks etgan ?
5. «Avesto»da qanday tarixiy та ’lumotlar mavjud?
1 Y u q . a sar. 3 4 —4 1 -b c tla r.
* U sh b u m av zu B. A h m e d o v asari a s o sid a y o ritild i.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |