Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

2 .3 . Xitoy manbalari
Xitoy manbalari haqida so‘z boshlashdan oldin shuni alohida qayd 
etib o 'ti s h kerakki, u l a r h a m xitoy h u k m d o r l a r i n i n g n iaq sad va 
manfaatlarini ko'zlab yozilgan, boshqa xalqlarning tarixi ko'p hollarda 
bir ta ra fla m a y o ritilga n. L ekin, xitoy m a n b a la rid a b o 'l i b o 't g a n
136


voqealaming vaqti va o ‘mi, bir-biriga qarshi turgan q o ‘shinlaming um umiy 
soni aniq k o ‘rsatiladi.
Q adim iy 0 ‘zbekistonning uzoq o'tm ishdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini 
o'rganishda quyidagi xitoy manbalari m u h im rol o ‘ynaydi.
2.3.1. «Shi Szi»
“ Shi S z i ” ( “ Tarixiy esd a lik lar” ) x itoy ta rix sh u n o sla rin in g otasi 
hisoblanadigan Sima Syanning 130 bobdan iborat asaridir.
Sim a Syan — (taxm inan miloddan aw algi 145 yoki 135—86-yillar) 
L unm in (hozirgi Shensi viloyati) shahrida saroy tarixchisi Sim a Txan 
oilasida tu g ‘ilgan, m amlakat b o ‘ylab k o ‘p sayohat qilgan, otasi vafot 
etgandan keyin (m iloddan awalgi 108-yili) uning o ‘miga saroy tarixchisi 
sifatida qabul qilingan. Miloddan awalgi 98-yili imperatorga qarshi chiqib, 
sarkarda Li Linni him oya qilgani uchun qattiq jazoga tortilib, saroydan 
quvib yuborilgan. Lekin, u ruhiy tushkunlikka tushib qolmadi va bo'lajak 
tarixiy kitobi ustidagi ishni davom ettirdi. K o‘p vaqt o ‘tm ay, Sim a Syan 
yana saroyga taklif etildi va im perator Bosh mahkamasi boshlig'i etib 
tayinlanadi, kitobini yozib tam om lashga sharoit yaratib beriladi.
U ning “ Shi S zi” nomli asarida Xitoyning qadim zam onlardan to 
miloddan awalgi I asr boshlariga qadar o'tgan tarixi bayon etilgan. Asarda 
O'z bekiston, uning 123-bobida xususan F arg 'o n a va uning qadimiy xalqi 
hayoti haqidagi qimmatli m a ’lum otlar mavjud.
“ Shi Szi” ning to'la matni olti jild qilib 1959-yili Pekinda e ’lon etilgan. 
Rus tiliga tarjim a etilib (I.Ya.Bichurin, L.S.Vasilyev, L.S.Perelomov, 
Yu.L.Krol va boshqalar), 1972, 1975, 1984, 1986-yillari chop etilgan. 
E.Shavann (1865—1905) tom onidan fransuz tiliga taijim a qilinib, 1895— 
1918-yillari 5 jildda bosm adan chiqqan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling