Manbashunoslik


 -M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

2 -M A V Z U . V I - V I I I A S R L A R M A N B A L A R I
Darsning mazmuni: VI—VII 
asrlardagi tarixiy voqealar aks etgan so‘g‘diy, 
turkiy va Xitoy m anbalari t o ‘g ‘risida m a ’lum otlar keltiradi.
Reja:
2.1. M uhim siyosiy voqealar.
2.2. Qadimgi T u rk manbalari.
2.3. Xitoy manbalari.
5.4. S o‘g ‘d tilidagi manbalar.
Asosiy tushunchalar: eftaliylar, xeptal, haytal, runiy yozuv, so‘g ‘d 
tili, bitik.
2.1 . Muhim siyosiy voqealar
V - V I asriarda 0 ‘zbekiston tarixi Eftaliylar va Eftaliylar davlati tarixi 
bilan bog‘liqdir. Tarixiy manbalar, shuningdek, arxeologik qazishlar bergan 
m a ’lumotlarga qaraganda Eftaliylar saklar va masagetlarning avlodlaridir.
Eftaliylar juda katta hududda o ‘z hukmronliklarini o ‘matdilar. Ularning 
davlatiga Sharqiy Turkistondan Kaspiy bo ‘ylarigacha bo'lgan yerlar qarar edi. 
Eftaliylar milodning 457-yilida Chag‘aniyon, Toxariston va Badaxshonni 
bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar. Eron shohi sosoniy Fimz (459—484) 
Eftaliylarga qarshi uch bor qo'shin tortti, lekin uning barcha yurishlari 
mag'lubiyat bilan yakunlandi. Buning ustiga Eron Eftaliylaiga o'lpon to'lab 
turishga majbur bo'ldi. Shundan keyin Eftaliylar Marv va Kobulni, oradan 
ko'p vaqt o'tmay, Sharqiy Turkistonni ham bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldilar.
Eftaliylar T u ro n , Eronning sharqiy tumanlari, Afg'oniston, Shimoliy 
Hindiston ham d a Sharqiy Turkiston ustidan hukni yurgizdilar.
563—567-yillari tu rk x o q o n i Istemi (Dizovul) Eron hukmdorlari bilan 
ittifoq tuzib, Eftaliylar davlatiga zarba berdi va ularga qarashli yerlarni 
bo'ysundirishga muvafTaq bo'ldi. Natijada Turk xoqonligi Amudaryo va 
Orol dengizigacha cho'zilgan o'lkalar ustidan o 'z hukmronligini o'rnatdi. 
VI asrning uchinchi choragida turklar Shimoliy Xitoyda joylashgan Chjau 
va Si davlatlarini h a m b o 'y s u n d ird ila r, 576-yili Bosporni (K e rch ) 
egaladilar, 581-yili esa Xersonni qamal qildilar.
VI asr o'rtalariga borib Turk xoqonligi zaminida ilk katta yer egaligi 
m unosabatlari shakllana boshladi. S huning bilan bir q atorda o 'z a ro
urushlar kuchaydi va bundan Suy imperiyasi (581—618) hukmdorlari 
uslalik bilan foydalandilar. Oqibatda Turk xoqonligi ikki qismga - Sharqiy 
va Ci'arbiy turk xoqonligiga bo'linib ketdi.
131


Sharqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda xoqon Shibi davrida (609— 
619) Suy imperiyasi bilan ko ‘p urushdi va o ‘z mustaqilligini saqlab qoldi. 
Xoqon Xelu (620—630) davrida ham bu kurash davom etdi. 0 ‘sha yillari 
turklar Xitoyga 67 marta bostirib kirdilar. Bu davrda soliqlar ko‘paydi, 
mehnatkash xalqning ahvoli og'irlashdi. Xitoy imperatorlari bundan ustalik 
bilan foydalandilar va Sharqiy turk xoqonligi ustidan o 'z hukmroniigini 
o ‘rnatishga m uvaffaq b o 'ld ila r. Lekin k o ‘p o ‘tm a y , tu rk la r Xitoy 
istibdodiga qarshi q o ‘zg‘olon ko'tardilar. Bunga dastlab Eltarish qoon 
(Qutlug' qoon), keyinchalik esa uning maslahatchisi T o ‘nyuquq boshchilik 
qildilar. Natijada 681-yili G ‘arbiy turklar yana mustaqillikni q o ‘lga 
kiritdilar. Xoqon Bilga vafotidan (734) keyin kuchayib ketgan feodal 
kurashlar natijasida G 'a rbiy turk xoqonligi mayda qismlarga b o ‘linib 
ketdi va keyinchalik uning o'rniga Uyg‘ur xoqonligi tashkil topdi.
G ‘arbiy turk xoqonligi harbiy siyosiy jihatdan birm uncha qudratli 
edi. VII asrning o 'r ta la r i d a unga Sharqiy T u rk isto n d a n to Kaspiy 
dengizigacha bo'lgan yerlar qarardi. Uning ijtimoiy-siyosiy to m o n d an
yuksalishida Marv, C horjo‘y, Buxoro, Sam arqand, C hoch, Ispijob kabi 
shaharlarning o ‘sishi va Xitoy, Eron ham da Vizantiya bilan olib borilgan 
savdo-sotiq ham sabab b o ‘ldi. Manbalarda keltirilgan m a ’lumotlarga 
qaraganda, G 'a rb iy turk xoqonligi poytaxti S uyabda h a r yili katta 
yarmarkalar tashkil etilib, unda ko‘pgina xorijiy mamlakatlardan kelgan 
savdogarlar ham qatnashgan.
G 'a rbiy turk xoqonligining xalqi xoqon Shabolo Xilishi hukmronligi 
yillari 10 toifaga bo ‘lingan. Masalan, Chu daryosining o ‘ng tarafida 
istiqomat qiluvchi xalqlar Nushibi (5 toifa), daryoning s o ‘l sohilida 
istiqomat qiluvchilar esa Dulu (5 toifa) deb atalgan. Ko'p o 'tm ay bu 
toifalar o'zlarining mustaqil davlatini tuzib oldilar. Bu o ‘zaro feodal 
kurash ning kuchayishiga olib keldi. Xitoy qo'shinlari bundan foydalanib, 
658-yili G 'a rb iy turk xoqonligi yerlariga bostirib kirdilar, lekin uni 
tam o m a n b o ‘ysundira olmadilar. Xoqon Ashina Xudaydao uni yana 
tiklashga muvaffaq bo'ldi. Biroq, katta yer egaligi, o ‘zaro kurashlar va 
shimoldagi qo'shni xalqlar, xususan qorliqlam ing xurujlari natijasida 
xoqonlik inqirozga yuz tutdi. VIII asrning ikkinchi yarmida hokimiyat 
tam om an qorliqlar qo'liga o'tdi. Ular 766-yiIi Suyabni bosib oldilar va 
uni o'z poytaxtlariga aylantirdilar.
G 'arbiy lurk xoqonligi markazlashmagan davlat bo'lib, 15ga yaqin 
mustaqil hokimliklardan, S o 'g 'd d a yuechji xalqidan chiqqan jabg'u, 
Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg'onada ixshidlar kabilardan tashkil 
topgan edi.
132


Xoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So‘g ‘d, Xorazm, Toxariston, 
F arg 'o n a dehqonchilik, shahar aholisi hunarm andchilik va savdo-sotiq 
bilan, uning to g ‘li va c h o ‘l tum anlarida istiqomat qiluvchi katta qismi 
esa chorvachilik bilan shug‘ullangan.
Arablar istilosi arafasida 0 ‘zbekiston m ayda-m ayda davlatlardan iborat 
edi. Sharq va xitoy tillarida yozilgan m anbalar m a ’lumotlariga qaraganda
VIII asr boshlarida yurtimizda 15 yaqin mustaqil davlatlarbo‘lib, bularning 
e n g k attasi X o r a z m , S o ‘g ‘d, B u x o ro , C h a g ‘o n i y o n , T o x a r is t o n , 
Ustrushona, C hoch va Farg‘ona hisoblangan. Ularning podshohlari jabg‘u 
(knyaz), xudot, ixshid va ispahbed deb atalardi.
A ra b la r 0 ‘zbe k isto n h u d u d ig a 6 7 4 -y ild a n b o sh lab bostirib kira 
boshladilar. Bosqinchi q o ‘shinlarga xalifalikning Xurosondagi noibi 
Ubaydulloh ibn Ziyod boshchilik qilar edi. 0 ‘shanda ular Poykent va 
Buxoro shaharlari h am d a ularning tevarak-atrofidagi tum anlarni talon- 
taroj qildilar va katta o ‘lja (1 m in dirham pul, 4000 asir va boshqalar) 
bilan qaytdilar. Bundan keyin ham arablar 0 ‘zbekiston ustiga ko'p marta 
talonchilik yurishlarini uyushtirdilar.
705-yildan boshlab arablarning 0 ‘zbekiston ustiga istilochilik yurishlari 
kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi yangi noibi Qutayba ibn Muslim 
(715-yili hozirgi Andijon viloyatining Jalo lq u d u q tu m a n id a , hozirgi 
Shurunch mozor, aslida Qilich m ozor tem ir yo ‘l bekati yonida oldirilgan) 
boshchilik qildi.
Arab q o ‘shini 706-yili Omul (C h o rjo ‘y), Z a m m (Karki), Buxoro 
h a m d a P oykent sh a h a rla rin i, 709-yili esa B uxoroning m u sta h k a m
qa l’alaridan Shofurkon (Vardanza)ni, 710-yili esa Kesh va Nasafni zabt 
etdi. Buxoro, S o ‘g ‘d, Vardanza va F arg 'o n a hukmdorlari turklar bilan 
qo'shilib arab istilochilariga qarshi ittifoq tuzishga harakat qildilar, lekin 
o 'z aro kelishmovchiliklar va ixtiloflar ittifoqning mustahkamlanishiga 
yo ‘l bermadi. Qutayba bundan ustalik bilan foydnlandi va ular bilan 
birma-bir kurashda g ‘alaba qozondi.
712-yili Qutayba o ‘zaro ichki kurashlardan foydalanib, xiyonatkorona 
tarzda Xorazmni ham bo'ysundirdi. S am arqand podshohi G 'u r a k (710— 
737) bilan tuzilgan bitim shartlariga binoan Sam arqand va So'g'diyona 
xalqi arablarga h ar yili 2 million 200 ming dirham miqdorida o'lpon 
t o ‘lash va arab qo'shiniga 100 ming kishi t o ‘plab berishga majbur etildi. 
713—7 15-yillari Qutayba Choch (Toshkent) ham da Farg'ona viloyatlarini, 
shuningdek Yettisuv va Koshg‘argacha b o ‘lgan yerlarni bosib oldi.
Arab istilosi 0 ‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotiga 
katta zarar yetkazdi, ko'plab katta va boy shaharlarning kuli ko‘kka
133


sovurildi, ming-minglab kishilaming “yostig‘i quridi” , Marv, Buxoro, 
Sam arqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda k o ‘p noyob 
asarlar yo ‘q qilindi.
Arab istilochilari mahalliy xalqlarni h am m ajburan islom diniga 
kiritdilar, mehnatkashlar zimmasiga og‘ir soliqlar va jarim alar — xiroj, 
jizya, zakot yuklatildi, aholining yarim mulki arab q o ‘shini foydasiga 
musodara qilindi.
0 ‘zbekiston xalqlari arab istilochilari zulmiga qarshi bir necha bor 
q o 'z g 'o lo n ko'tardilar. V III asrning o 'rta la rid a b o 'lg a n Is’hoq turk 
q o ‘zg‘oloni, 769—776-yillarda butun M ovarounnahrni larzaga solgan 
M uqanna (783-yili o ‘ldirilgan) boshchiligida b o ‘lib o'tgan q o ‘zg‘olon, 
806-yili Rafi’ ibn Lays boshchiligida S o‘g ‘dda bo'lib o'tgan dehqonlar 
qo'zg'oloni shular jumlasidandir.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va m adaniy 
taraqqiyotidagi katta tafovut, ularning etnik jihatdan bir xil emasligi, 
ular o'rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning zaifligi, ayniqsa, yer- 
suv va boylikning tobora mahalliy boshliqlar qo'lida to 'p lan a borishi va 
nihoyat, mahalliy aholi va bosqinchilar o'rtasidagi ziddiyatlarning tobora 
kuchayib borishi xalq harakatlari va o'zaro kurashni kuchaytirib yubordi. 
Bu hoi, o'z navbatida, arab xalifaligining inqirozini tezlashtirdi. IX asrning 
birinchi choragida uning zaminida mustaqil mahalliy davlatlar paydo 
bo'ldi. Masalan, Misrda Tuluniylar (868), Tabaristonda Aliylar (864), 
Xurosonda Tohiriylar (821), Seistonda Safforiylar (867) va nihoyat, 
Movarounnahrda Somoniylar (819) hokimiyat tepasiga keldilar. Boshqa 
o'lkalarda ham shunday ahvol yuz berdi. Qisqasi, 935-yildan boshlab 
Abbosiylar xalifalikda o 'z siyosiy mavqelarini tam om an yo'q otdilar va 
nomigagina xalifa bo'lib qoldilar.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling