Manbashunoslik


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760274
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

1.3.5. Kvint Kurtsiy Ruf
Kvint Kurtsiy R u f (milodning 1 asri) — mashhur Rim tarixchisi, Iskandar 
Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan harbiy 
yurishlari haqida 10 kitobdan iborat “ Buyuk Iskandar tarixi” nomli asar 
yozib qoldirgan. M uallif P tolom ey Lag va Iskandar Z ulqarnaynning 
safdoshlari Onesikrit va Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan.
Kvint Kurtsiy Rufning asarida 0 ‘zbekiston h u dudining Iskandar 
Zulqarnayn q o ‘shinlari to m o n id a n istilo qilinishi, xalqlarning chet el 
bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitam en boshliq q o ‘zg‘olon 
keng yoritib berilgan.
“ Buyuk Iskandar tarixi” 1841 -yili Myuttsel, 1867-yili T.NyoIdeke va 
1885-yili Fogel t o m o n i d a n n a s h r etilgan. R u sc h a yangi tarjim asi 
V.S.Sokolov tahriri ostida chop etilgan (М ., 1963).
1.3.6. Gay Pliniy Sckund
G ay Pliniy Sekund (24—79) — rimlik m ashhur yozuvchi, tarixshunos 
olim va davlat arbobi, 79-yili m ashhur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi 
natijasida yuz bergan um um xalq fojiasi vaqtida halok b o ‘lgan.
G a y P li n i y S e k u n d — s e r m a h s u l o l i m , 20 k i t o b d a n i b o r a t
“G erm anlarning urushlari” , ikki jilddan iborat “ Pom poniy Sekundning 
hayoti” va 37 kitobdan iborat “ Oddiy tarix” nomli asarlar yozib qoldirgani 
m a ’lum.
127


Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bo'ylari mamlakatlarining 
bosib olinishi tarixidan bahs yurituvchi “ Germ anlarning urushlari” nomli 
asari bizning davrimizgacha yetib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning 
(taxminan 56—117) “ S olnom alar” (imperator Oktavian Avgust vafotidan 
(milodning 14-yili) N eronning halok bo'lishigacha (milodning 68-yili) 
bo'lib o'tgan voqealami o'z ichiga oladi) hamda “G ermaniya” (unda german 
va boshqa qabilalaming tarixi bayon etilgan) nomli asarlari uchun birinchi 
m anba bo'lgan.
“ Pomponiyning hayoti”da Pliniy sobiq boshlig'i Pomponiy Sekundning 
h a y o ti va fa o liy a ti h a q i d a h ik o y a q iladi. Bu a s a r h a m b i z n i n g
zam onam izgacha yetib kelmagan.
“ Oddiy tarix” G ay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda 
antik dunyo tarixi, iqtisodiy ahvoli ham da madaniyati bayon etilgan. 
U n d a muallifning o 'z m anbalariga jiddiy va tanqidiy m u n o sa b a td a
bo'lmaganligi, ayrim dalil va voqealarni buzib ko'rsatilganligi sezilib turadi. 
Bu kitob antik dunyo tarixi bo'y icha keng m a ’lumot beruvchi qomusiy 
asar sifatida e ’tiborga sazovordir.
“ Oddiy tarix”da O'zbekistonning ham qadimiy tarixi, unda yashagan 
xalqlar, masalan, skiflar, Oks — Amudaryo, Yaksart — Sirdaryo va skifcha 
joy nomlari, tabiiy boyliklari, Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida 
qimmatli m a ’lum otlar bor.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling