Manbashunoslik
.4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar
Download 6.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Manbashunoslik. Madraimov A
2 .4 . S o ‘g ‘d tilidagi manbalar
S o ‘g ‘d tilidagi m anbalar, asosan IV — X asrlaiga oid bo'lib, turli mazmundagi huquqiy hujjatlar — ahdnomalar, nikoh haqidagi shartnomalar, oldi-sotti hujjatlari, tilxatlar, So'g'd, Shosh, Turk va Fatg‘o n a hukmdorlari o'rtasidagi yozishmalar, xo'jalikning kundalik faoliyatiga oid hujjatlar, masalan, harajatlar yozilgan huijat ham da farmonlardan iborat. Bu hujjatlar S o ‘g ‘diyonaning o'z idan, Mug' qal’adan, S am arqandda Afrosiyobdan, Qirg'iziston va Sharqiy Turkistonda topilgan. Bular orasida M u g ‘ qal’a xarobalaridan 1932-yili topilgan hujjatlar alohida aham iyatga ega. Hujjatlar bahorda Tojikistonning Varzim inor (hozirgi Z a h m a to b o d ) tu m a n ig a qarashli Xayrobod qishlo g 'id a shu tum anning sobiq birinchi rahbari A.Po'lotiy tom onidan ochilgan. Hujjatlar jami 79 ta bo'lib, bulardan 74 tasi so'g'd, 1 dona arab, 3 tasi xitoy va yana biri turk tilidadir. Ular turli materiallarga - charm ga, taxtaga va qog'ozga yozilgan. Hujjatlar so'g'd dehqoni, katta yer egasi, podshohi D e v a s h tic h ( 7 0 8 —722) va yirik m a n s a b d o r la r — f r a m a n d a r n i n g , shuningdek, Xoxsar ham da Kshtut dehqonlarining shaxsiy arxiviga tegishli bo'lib, S o 'g 'd n in g VIII asrning birinchi choragidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini o'rganishda m uhim manba rolini o'ynaydi. M ug' q a l’asidan topilgan hujjatlar A .A .F re ym a n, A. V.Vasilyev, I . Y u .K ra c h k o v s k iy , M .N .B o g o l y u b o v , V .A .Livshits, M . I s ’h o q o v , O ' . N . Mansurov ham da O .I.Sm irnovalar tarafidan c h u q u r o'rganilgan. M ug' q a l’asi hujjatlarining topilishi tarixi va ular haqidagi dasllabki m a ’lumotlar 1934-yili maxsus to'plam shaklida (“С огдийский с б о р н и к ” . JL, 1934) e ’lon qilindi. Ayrim hujjatlarning tarjimasi I.Yu.Krachkovskiy va A.A.Freyman t o m o n id a n 30-yillarida c ’lon qilindi. Huquqiy Inijjatlar va maktublar tarjimasi, za ru r izoh va tadqiqotlar bilan (С о г д и й ск и е 139 д окументы с горы Муг. Ч тение, перевод, ком м ен тари й . Вып. II. 1962.) V.A. Lifshits tom onida n chop qilindi. 1961 va 1965-yillari 0 ‘zbe kiston F a n la r aka d em iy asi T arix va arxeologiya instituti xodimlari ilmiy safar c h o g ‘ida S a m a rq a n d n in g Afrosiyobida V—VI asrlarga oid saroy xarobalarini ochdilar. Saroy mehm onxonasining devorlari turli mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan b o ‘lib, ular orasida oq kiyim kiygan Chag'oniyon elchisining surati ham bor. Uning etagiga s o 'g ‘d tilida o ‘n olti satrdan iborat ishonch yorlig‘i yozib q o ‘yilgan edi. Bu yozuvlar VII a s r o ‘rta!aridagi xalqaro munosabatlar tarixini o'rganishda m uhim ahamiyat kasb etadi. S am arqandda topilgan yozuvlar IX asrga oid uch tilda — s o ‘g ‘d, qadimgi turk va xitoy tilida yozilgan turk xoqonining qabr toshidagi bitikdir. Bunday hujjatlar s o ‘g ‘diylarning Q ozog‘iston, Q irg‘iziston ham d a Sharqiy Turkistondagi savdo koloniyalaridan ham topilgan. Bular orasida, ayniqsa A.Steyn (1862—1943) tarafidan 1907-yili D unxuan (Xitoyning G ansu viloyatida) va Turfonda (Sharqiy Turkiston) topilgan hujjatlar, Talas daryosining o ‘ng sohilida, hozirgi Talas shahridan 7 km shimolda joydashgan Qulonsoy ham da Teraksoy daralarida qoya toshlarga o'yib bitilgan yozuvdar alohida e ’tiborga molik. Bu yozuvlar IV—XI asriarda So‘g‘d koloniyalarining ijtimoiy ahvoli haqida, ayniqsa O 'r ta Osiyo va U z o q S h a rq m a m la k a tl a r i o ‘rtasidagi savdo a l o q a la r i va b u n d a so‘g‘diylarning roli haqida qimmatli m a ’lumot beradi. Dunxuan va Xo'tan hujjatlari A.Steyn, Talasdan topilgan yozuvlar e s a V.A. K a l l a u r , M . E. M a s s o n , D . F . V i n n i k , A . A . A s a n a l i y e v , K.Ashiraliyev, U .Jum ag‘ulovlar tom onidan o'rganilgan. Mamlakatimiz tarixi, xususan unda yashagan qadimiy xalqlar tarixini o ‘rganishda, so‘g ‘d tilida yozilgan “ Xalqlar ro‘yxati” deb atalgan bir hujjat (VIII asr) o ‘ta muhimdir. U nda 0 ‘rta Osiyoda yashagan 21 xalq va elatning nomi keltirilgan.* Download 6.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling