Mansur Xalloj ta`limoti


Download 67.78 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi67.78 Kb.
#1020466
1   2   3   4
Bog'liq
Mansur Xalloj ta`limoti

.

  • Bobosi Muhammad ismli bir majusiy bo`lgan ekan. Hallojning bolaligi Boyzoda kechadi. Mansur Halloj Qur’oni Karimni o`n ikki yoshida to`la xatm qiladi (yod oladi). Ahli sunna val jamoa tarkibidagi ( Hanafiya, Shofe’iya, Hanbaliya, Molikiya) to`rt mazhabda o`z azimati bilan amal qiladi (bu mazhablarga xohlaganiga amal qilish faqat ijtihodchilarga-dindagi komil olimlargagina ruxsat beriladi). Mansur Halloj hayoti davomida ko`plab shayxlarga murid bo`lgan. Sahl ibn Abdullo Tustariy, Abu Abdullo ibn Umar ibn Usmon Makkiy, Junayd Bag`dodiy singari shayxlar shular jumlasidandir. O`n sakkiz yoshida Tustarga kelib, ikki yil Abdullo Tustariyning qo`lida ta’lim olgan. Usmon Makkiy xizmatida sakkiz yil tahsil ko`rgan. Basra, Bag`dod, Iroq kabi shaharlarga borib ilm o`rgangan. Bag`dodda Shibliy ,Junayd Bag`dodiylar bilan hamsuhbat bo`lgan.
  • Ko`rinadiki, Mansur Halloj hayoti davomida bir qancha shaharlarga borib ilm o`rgangan hamda kamolotga , komillikka erishish yo`llari, sir-u asrorlarini mukammal egallagan. Shu davrlar mobaynida tasavvuf bosqichlarini bir-bir bosib o`tadi. U Tustar, Bag`dod, Basra, Makka, Ahvoz, Sind, Mo`lton, Kashmir, Xuroson va Movarounnahrning ko`p shaharlari, Buxoroda ham bo`lib, u yerdagi madrasalarda ma’vizalar (ma’ruza) qilgan. Ammo uni sanoqli shayxlardan tashqari hech kim tushunmaydi.

.

  • Taxminan o`n ikki yoshda ekan, Mansur Bayzodagi mashhur bir darvesh bilan uchrashadi. Qisqa fursatli suhbatda darvesh uning ko`nglida unutilmas taassurot paydo etadi. Undan eshitgani rivoyat esa Mansurning xotirasiga muhrlanib qolgan edi.
  • Yosh bir yigit Qur’on qiroatida zo`r mahorat kasb etibdi. Buni eshitgan bir shayx o`sha yigitni axtarib topibdi.
  • Menga xabar yetdikim, sen tunlaringni ham Qur’oni Karim oyatlarini tilovat qilish bilan o`tkazar emishsan. Shundaymi?
  • Ha, xuddi shunday,- debdi o`spirin.
  • Shayx aytibdi:
  • O`g`lim, bugun tunda meni tasavvuringda hozir tut va namozda Qur’onni menga o`qiyotganday o`qigil!
  • Albatta, yigit rozilik bildiribdi. Ertasi kuni Shayx yana yigitning huzuriga kelibdi.
  • Xo`sh , mening aytganimni qildingmi?- deb so`rabdi u.

Download 67.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling