Mansur Xalloj ta`limoti


Download 67.78 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi67.78 Kb.
#1020466
1   2   3   4
Bog'liq
Mansur Xalloj ta`limoti

.

  • Ha , qildim. Biroq Qur’onning yarmini qiroat aylashga ham kuchim yetmadi. Negadir meni boshqacha holat ta’qib eta boshladi,- debdi qori yigit.
  • O`g`lim, unday bo`lsa, Qur’onni shaxsan hazrati Payg`ambarimizdan tinglagan as’hobdan qaysi birlarinidir ko`z o`ngingga keltirib, unga o`qigil. Ammo ehtiyot bo`l, ular Qur’on o`qishingni eshiturlar. Tilovatda oyog`ing kuymasin.
  • Inshoolloh, xuddi shunday qilurmen, ustoz.
  • Shayx ertasiga yigitni yana so`roqlab kelganda, savol- so`roqni kutmasdan u debdi:
  • Ustoz, butun tun mobaynida Qur’onning to`rtdan birini qiroat qilishga ham kuch-madorim yetmadi.
  • Unda, -debdi Shayx,- bu kecha Qur’onni xayolan hazrati Payg`ambarning o`zlariga o`qigil.
  • Boz oqshom kechib, subh kelibdi. Ular uchrashishibdi. Yigit Shayxga endi Qur’onning bir juz’idan ortig`iga kuch topmaganini aytibdi. Shayx undan buning sababini so`raganida aniq javob bera olmabdi. Shayx yana topshiriq beribdi:
  • Bu kecha yaxshilab tayyorgarlik ko`rgil. Qur’onni xuddi Jabroil qoshida o`qiyotganday o`qigil!

.

  • Yigit obdon hozirlik ko`ribdi. Biroq qancha urinmasin, bor-yo`g`i bir necha oyatni o`qishdan nariga o`ta olmabdi. Buni eshitgan Shayx navbatdagi ko`rsatmani beribdi:
  • Bolam, tun kirishi bilan Ollohga tavba-tazarru etgil. Va bilki, Uning huzurida bo`lursen. Uning kalomini O`ziga o`qursen. Bag`oyat tadbirli bo`l. Zero, Qur’on o`qishdan maqsad ma’no va mohiyatga sho`ng`imoqdir…
  • Yana bir tun o`tibdi. Ertasi kuni yigitning holini bilish uchun Shayx boshqa birovni jo`natibdi. U kelib ko`rsaki, yigit xastalanganmish. Oradan bir kun o`tkazib Shayx uni ko`rgani kelganida ko`zlaridan yoshlar oqizib yigit shunday so`zlarni aytgan ekan:
  • Ustoz, Olloh sizga ko`pdan-ko`p xayr-u ehson ato qilsin. O`tgan kecha men o`zimning bir yolg`onchi ekanligimni bildim. Shu vaqtga qadar yanglish va yolg`ondan Qur’on tilovat qilib yurganimni angladim. Haq huzurida Qur’on tilovat qilayotganimni tasavvur etarkanman, behad g`arib bir holga tushdim… Hatto “Iyyaka na’budu” deyishdan uyaldim. Chunki U mening so`zimda yolg`on borligini bilardi

Download 67.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling