Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


 1.Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. //Асарлар тўплами. 7 жилд. - Т.: “Ўзбекистон”


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

2
 1.Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. //Асарлар тўплами. 7 жилд. - Т.: “Ўзбекистон”, 
1999, 134-бет. 


 
 Formal mantiqning asosiy qonunlari (prinsiplari)
Falsafada qonun tushunchasi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy, nisbiy barqaror 
munosabatlarini ifodalaydi. Mantiq ilmida qonun tushunchasi fikrlash elementlari o’rtasidagi ichki, muhim, 
zaruriy aloqadorlikni ifodalaydi. 
Mantiqiy tafakkur ikki turdagi qonunlarga bo’ysunadi. Ular dialektika qonunlari va formal mantiq 
qonunlaridir. Dialektika qonunlari obyektiv olam va bilish jarayoniga xos bo’lgan eng umumiy qonunlar 
bo’lib, dialektik mantiqning o’rganish sohasi hisoblanadi. Formal mantiq qonunlari esa faqat 
tafakkurdagina amal qiladi. Dialektika qonunlari mantiqiy tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida 
olib o’rgansa, formal mantiq qonunlari esa, fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va 
asoslangan bo’lishini e’tiborga olgan holda o’rganadi. 
Formal mantiq qonunlari (yoki tafakkur qonunlari) deyilganda fikrlashga xos muhim, zaruriy 
bog’lanishlar tushuniladi. Tafakkur qonunlari obyektiv voqyelikning inson miyasida uzoq vaqt davomida 
aks etishi natijasida vujudga kelgan va shakllangan. 
Bu qonunlar fikrlashning to’g’ri amalga oshishini ta’minlab turadi. Ular tafakkur shakllari bo’lgan 
tushunchalar, mulohazalar (hukmlar) hamda xulosa chiqarishning shakllanishi va o’zaro aloqalarini 
ifodalaydi. 
Tafakkur qonunlariga amal qilish to’g’ri, tushunarli, aniq, izchil, ziddiyatsiz, asoslangan fikr 
yuritishga imkon beradi. Aniqlik, izchillik, ziddiyatlardan xoli bo’lish va isbotlilik (asoslanganlik) to’g’ri 
tafakkurlashning asosiy belgilaridir. Bular mantiqiy qonunlarning asosini tashkil etuvchi belgilar 
bo’lganligi uchun, ularning har birini alohida-alohida ko’rib chiqamiz. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling