Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati 
Mantiqiy kategoriyalarning universal harakterga ega bo’lishi ularni bilishda, ishlab chiqarish 
jarayonlarida, texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish imkoniyatini tug’diradi. Bu esa, 
mantiqdan turli fanlarning konkret masalalarini hal qilishda foydalanishning keng imkoniyatlarini vujudga 
keltiradi.
Fanning tobora rivojlanib borishi, borliqning murakkab qonunlarining kashf etilishi ilmiy bilish 
metodi va mantiq apparatini shunga moslashtirishni, tafakkurning har bir konkret masala xaqida aniq
xatosiz, tez hulosalar bera olishini talab qiladi.
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan mantiq tarmoqlari 
vujudga keldi.
Fan qadriyatlar tizimida o’ziga xos o’ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch – quvvatni 
birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, ta’lim – tarbiya, axloq me’yorlarini vujudga keltiradi, 
ma’naviy barkamol insonni tarbiyalaydi, mamlakatda qudratli ilmiy potensialni yaratishga xizmat qiladi.
Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm fan bilan shug’ullanish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish, borgan 
sari ko’payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda o’zlashtirish, ilmiy masalalarning tuzilishini 
tez bilib olish uchun ham muhim rol o’ynaydi. Mantiqning ilmiy – nazariy ishlar hamda insonning amaliy 
faoliyati uchun bo’lgan ahamiyatini alohida uqtirish bilan birga, chin hulosa chiqarishning hal qiluvchi 
sharti – hayotni chuqur o’rganish, har bir voqyelikdagi hollarni mantiq talablari asosida bilish zarur.
 
Mantiq fanining fikr yuritish madaniyatini o’stirishdagi ahamiyati 
Mantiq inson tafakkuri madaniyatini ko’tarish va insoniyatning uzoq tajribasi natijasida 
takomillashgan tafakkur shakllari, qonunlari va qoidalarini bilish uchun xizmat qiladi. U inson fikrining 
ketma – ket, ziddiyatsiz va asosli bo’lishini ta’minlaydi. Mantiq fani mazmunini chuqurroq o’rganish 
kishilarning o’z tafakkuri va o’zgalar tafakkuri natijalariga tanqidiy qarash xislatlarini rivojlantiradi. 
Tafakkurning bu sifatlari esa insonning turli ilmiy va amaliy faoliyatlari sohasidagi ishi uchun katta 
ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to’g’ri foydalana olish, ta’lim tarbiya jarayonida isbot va raddiyaning 
mantiqiy tomonlarini bilish talabalarda o’z nutqining asosli bo’lishini ta’minlaydi, fikrdagi ziddiyatlarni 
ochishga yordam beradi. 
Mantiqni yaxshi bilish turli ilmiy uchrashuvlar, munozaralar, muhokamalarda muhim ahamiyatga 
ega bo’ladi. Xususan, bunday hollarda fikrlash subyekti haqiqatni aniqlash yoki uning sofligini saqlab 
qolish, asoslash uchun mantiqiy qonun – qoidalarni to’g’ri tadbiq eta bilishi, suxbatdoshining fikridagi 
xatolarni tez topa olishi, o’z fikrini dalilli qilib bayon etishi zarur. Bu esa uning mantiq fanini yaxshi 
bilishiga ko’p jihatdan bog’liqdir. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling