Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Mantiq fani va ilmiy bilish metodologiyasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Mantiq fani va ilmiy bilish metodologiyasi 
Mantiq bilish, to’g’ri fikrlash metodlarini o’rganuvchi fandir. Ilmiy bilish jarayonida metod 
muammosi qadimgi davr falsafasida qo’yilgan.Xususan, Sokrat mayevtika usulini, Demokrit “Kanon”larda 
(kanon-mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan. 
Aristotel “Organon”ida (organon-bilish quroli) fikrni mantiqan to’g’ri qurish va chin bilim hosil qilish 
vositalarini tadqiq etgan. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi?, degan savol mantiqda keng 
muhokama qilingan. 
Yangi davrda F. Bekon birinchilardan bo’lib metod muammosini mantiq fani doirasida taxlil qilgan. 
R. Dekart va I. Kantlar ham bu masalaga alohida e’tibor qaratganlar. Gegel metodologiya rivojiga muhim 
xissa qo’shdi. Albatta, ilmiy bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot obyektiga ega ekan, o’zining 
maxsus tadqiqot usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga N.Bor qo’shimcha qilish prinsipini 
kiritgan. 
Ba’zi bir fanlar tadqiqot obyektlari bo’yicha bir – biriga yaqin bo’lgani uchun, ularning 
tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir – biriga yaqindir. Xususan, bilishda xususiylik va umumiylik 


vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. Ko’pchilik fanlarda qo’llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. 
Umumiy usul qo’llanilishi doirasiga ko’ra umumiy bo’lgani bilan o’z maxsus vazifasiga ega. Bunga misol 
qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo’lishining analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish 
kabi usullarini, shuningdek induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirishni ko’rsatish mumkin. 
Bular bilishning umummantiqiy metodlari bo’lib hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng umumiy 
metod vazifasini bajaradi. 
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari mavjud 
bo’lib, ular o’zaro bir – biriga bog’liq.
Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning extiyojlari taqozasi bilan 
yuzaga kelgan bo’lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to’g’ri obyektiv talqin 
etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish faoliyatining 
takomillashgan shakllari va usullari, tartib qoidalari, mantig’i va tuzilmalari fanda yangi – yangi yutuqlarni 
qo’lga kiritish imkonini yaratmoqda. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling