Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Formal va dialektik mantiq fanlari


Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana20.11.2023
Hajmi0,53 Mb.
#1788504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Formal va dialektik mantiq fanlari 
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning 
birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar 
sifatida o’rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib 
o’rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil 
holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal 
mantiq esa nisbiy turg’unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal 
qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan. 
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga 
ko’tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo’lmay, balki ular o’rtasidagi qarama – qarshilik taraqqiyotni 
ta’minlaydi, deb ko’rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. 
Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy 
qismi sifatida mavjud bo’lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir. 
Matematik mantiq fani 
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida o’rganadi. 
Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning 
matematikaning o’zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning 
barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo’lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va 
shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo’lmaydi. Shunga qaramasdan matematik 
usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo’lib takomillashmoqda. 
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish bo’lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko’zga tashlanadi. 
XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa 
tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnis har xil masalalarni yechishga imkon 
beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib rivojlana 
boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poreskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, Furye, Morgan, 
Shryoder kabilar o’zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda 
matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko’p halq 
xo’jaligi sohalarida qo’llanilmoqda.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling