Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Mantiq fanining yo’nalishlari


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Mantiq fanining yo’nalishlari 
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq 
fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o’rganishni o’zidan soqit qiladi. U fikrlashning 
mantiqiy tuzilishini, shaklini o’rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli qonunlarga asoslanadi va 
ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida ifoda etish mumkin. Masalan, 
«Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug’ullanadilar», «Hamma kapalaklar hasharotdir» degan 
fikrlarning mazmuni turlicha bo’lsada, ularning tuzilishi, shakli bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma 
S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari 
sinonim tushunchalar bo’lib,unda muloxazalar ikki qiymatli, ya’ni chin yoki xato bo’ladi. 


Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig’i turli yo’nalishlardan iborat bo’lib, ular 
birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi. 
Ko’p ma’noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig’ining bir tarmog’i bo’lib, fikrlashni «chin», 
«xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar umumiy formal 
mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo’lsa, ko’p ma’noli mantiqda mulohazalar uch va 
undan ortiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq «ko’p ma’noli mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng 
oddiy sistema uch ma’nolidir. Masalan, Siz “inson huquqlari deklarasiyasi”ni bilasizmi? -degan savolga 
“ha”, “yo’q”, “ozgina bilaman ” kabi javoblarni olish mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e’tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – Hozirgi zamon 
noklassik mantig’i tarmog’i bo’lib, matematik intuisiya prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu prinsiplar XX asr 
olimlari L. E. Brauer va A. Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, nemis olimi Kantor ishlab 
chikqan to’plam nazariyasi bir necha hal qilib bo’lmaydigan paradokslarga uchragandan so’ng, bu krizisdan 
qutilish uchun logisizm, formalizm, konstruktivizm, intuisionizm kabi oqimlar paydo bo’ladi. Bular bunday 
ziddiyatni formal mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar. 
Klassik mantiqqa asoslangan matematikada XA (x) ifoda quyidagicha o’qiladi: «Hamma X A 
xossasiga ega». Klassik mantikqa ko’ra, agar bu ifodalar arifmetika aksiomalariga mos kelsa, to’g’ri (chin) 
deb qabul qilinadi. Matematika uchta musbat sonlarning bir butuni h dan tuzilgan, uni
A (h)ning tashkil topish usuli qiziqtirmaydi. Intuitiv mantiqda bu sonning tuzilish usuli ma’lum 
bo’lgandagina AxA (X) ifodasi chin (to’g’ri) hisoblanadi. A ning to’g’riligidan (chinligidan) V ning 
to’g’riligini bevosita keltirib chiqarish metodi ishlab chiqilgandagina, implikasiya (a  v) chin (to’g’ri) 
hisoblanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling