Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/25
Sana20.11.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1788504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5215447146232288376

Mantiq fanining predmeti 
Formal mantiq to’g’ri tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganuvchi fan sifatida 
Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog’lanish va aloqalar, tartib va izchillik, 
tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o’rtasidagi mantiqiy bog’lanishlarni 
ifodalaydi. Tafakkur voqyelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni 
tushuncha, hukm va hulosa chiqarish hamda ular o’rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy 
qonun – qoidalarni vujudga keltiradiki, to’g’ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan holi fikrlash ana shu qonun – 


qoidalarga amal qilishni taqoza etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlashga 
yoki rad etishga, ularning to’g’riligi yoki xatoligini tasdiqlashga yoki inkor etishga xizmat qiladi.
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika fanlari 
ham o’z predmeti nuqtai nazaridan o’rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin. Tushuncha va hukmlarning 
ifodalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har 
biri tafakkurga o’z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib beradi. Hozirgi kunda mantiq 
ilmining o’zining ham turli yo’nalishlari,tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun 
– qoidalar bilan qurollantiradigan, uni to’g’ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog’i 
formal mantiq bo’lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai 
nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi. 
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini 
o’rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish 
ko’rish ko’nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy 
tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o’ynaydi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling