Mantiqiy amallar
–misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A EMAS)” mulohazaning qiymatini aniqlang. Yechish
Download 80.86 Kb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy amallar - Vikipediya
1–misol. A mulohaza rost qiymat qabul qilsa, “A va (A EMAS)” mulohazaning
qiymatini aniqlang. Yechish. A rost qiymat qabul qilganligi uchun (A EMAS) yolgʻon qiymatga ega boʻladi. U holda rost va yolgʻon qiymatlarning koʻpaytmasidan (“VA” amali) yolgʻon natijaga ega boʻlamiz. Shunday qilib, javob “yolgʻon” ekan. 2–misol. A va B mulohazalar rost qiymat qabul qilganda A Λ B V A mulohazaning qiymatini aniqlang. Yechish. I usul. A va B mulohazalar rost qiymatli boʻlganligi uchun A Ù B amal rost qiymat qabul qiladi. U holda jadvalga koʻra ikkita rost qiymatni mantiqiy qoʻshishdan rost qiymat hosil boʻladi. Javob: rost. II usul. 1 · 1 + 1 = 1 + 1 = 1. Javob: rost. 3–misol. (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifodaning qiymatini D = 3,2 va E = –2,4, A = “rost” va B = “rost” bo’lganda hisoblang. Yechish. I usul. (–2,4 >3,2) munosabat notoʻgʻri boʻlganligidan bu mulohaza “yolgʻon” boʻladi. Demak, A mulohazaning qiymati “rost” bo’lsa ham (Е > D) Λ A mulohaza qiymati “yolgʻon” bo’ladi. B mulohazaning qiymati “rost”, shuning uchun ᒣB mulohaza “yolgʻon” qiymatli boʻladi. U holda (Е > D) Λ A Λ ᒣB mantiqiy ifoda “yolgʻon” qiymat qabul qiladi. Javob: yolgʻon. II usul. (–2,4 > 3,2) · 1 · 0 = 0 · 0 = 0. Javob: yolgʻon. 4-masala. D V ᒣB Λ A mantiqiy ifodaga mos rostlik jadvalini tuzing. Yechish. Avval jadvalning birinchi uch ustuniga A, B, D mulohazaning qabul qilishi mumkin bo’lgan qiymatlarini yozib olamiz (7-sinfdagi ovoz berish natijalari jadvalini eslang). So’ng bajarilish tartibiga asosan amallarni yozib boramiz: A B D ᒣ B ᒣ B Λ A D V ᒣB Λ A 1 1 1 0 0 1 1 1 0 0 0 0 1 0 1 1 1 1 1 0 0 1 1 1 0 1 1 0 0 1 0 1 0 0 0 0 0 0 1 1 0 1 0 0 0 1 0 0 Mantiqiy amallar mantiq ilmida ham algoritmik tafakkurni rivojlantirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Masalan, quyidagi masalani qaraylik. Download 80.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling