(2-rasm) Oila rasmi testi natijalari foiz ko‘rsatkichida
Tarbiyachi va ota-onalar bilan hamkorlik ishlari qay darajada ekanligini aniqlash uchun ota-onalar bilan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilindi. So‘rovnomada jami 50 nafar ota-ona ishtirok etishdi. So‘rovnoma naijalariga ko‘ra respondentlarimizdan 32 nafari (64%) doimiy hamkorlik qilishlarini, 15nafari (30%) vaqtlari bo‘lganda hamkorlik qilishlarini, 3nafar (6%) respondentimiz hamkorlik uchun umuman vaqtlari yo‘qligini aytib o‘tishdi. Bu so‘rovnoma natijalariga asoslanib ota-onalar bilan hamkorlik ishlari o‘rta darajada degan xulosaga keldik. (3-rasm)
3-rasm) Ota-onalar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari foiz ko‘rsatkichlarida
Tarbiyachilar guruhidagi bolalarni ruhiyatidan holatlarini qay darajad kuzatishlarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilindi. So‘rovnomadagi savollar asosan bola ruhiyatiga bog‘liq savollardan iborat bo‘lib natijalar quyidagicha bo‘ldi. 18 nafar tarbiyachidan 16 nafari (89%) gurihidagi bolalarning ruhiy holati ularni doimo qiziqtirishini va doimo kuzatuv ishlarini olib borishini aytishgan, 2 nafari (11%) guruhdagi bolalarni ruhiy holatini kerak paydagina ya’niy, ota-onaning iltimosiga ko‘ra kuzatishlarini ta’kidlab o‘tishgan kuzatishlarini bildirishgan. So‘rovnoma natijalariga asoslanib tarbiyachilar bilan bolaning rivojlanish jarayonidagi yosh bosqichlaridagi ruhiy holati va undagi o‘zgarishlar haqida muassasa psixologi tomonidan ma’ruza tashkillanib o‘tkazildi. Ma’ruza mashg‘uloti davomida tushuntirishlar olib borildi va tarbiyachilar uchun tavsiyalar berildi. (4-rasm)
(4-rasm) Tarbiyachilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari foiz ko‘rsatkichlarida.
Bugungi kundagi MMT larda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ish uslublaridan bolajonlar qay darajada mamnun ekanligin aniqlash maqsadida 1 oy davomida kuzatuv ishlarini olib bordik. Kuzatuv ishlari 6 ta guruhda olib borildi. Kuzatu jarayonida har bir guruh tarbiyachilari faoliyati davomida bolalar bilan ishlashi, ularga berayotgan ta’lim va trabiyasi, odobi va axloqiy tomonlari o‘rganildi. Qaysi uslub orqali guruhni boshqarilishi kuzatildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra 5ta guruh (83%) tarbiyachilari o‘z guruhini “Demokratik” uslubdan foydalanib boshqarishini, 1ta guruh (17%) tarbiyachisi esa, “Liberal” uslubdan foydalanib guruhni boshqarishi aniqlandi. “Avtoritar” uslubdan foydalanib guruhni boshqaruvchi tarbiyachi kuzatilmadi. Tarbiyachilarga boshqaruv uslublari haqida ma’lumot berildi afzalliklari va kamchiliklari tushuntirib o‘tildi. Qaysi uslubda boshqarish ta’lim jarayoniga ijobiy ta’sir etishi haqidagi fikrlar bildirildi. (5-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |