Qadrli maqola tinglovchilar: Mening ismim Bekzod hozirda TATU Samarqand filiali TT -101-1 kurs talabasiman. Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning ellik foizi gastrit (oshqozon shilliq pardalarining yallig‘lanishi), shaharliklarning to‘qson foizi esa me’da-ichak muammolaridan aziyat chekisharkan. Ekspertlar fikricha, bunga ko‘p hollarda oshqozonni sog‘lom tutishga doir oddiy qoidalarga rioya etmasligimiz sabab bo‘larkan. Xo‘sh, bu qoidalar nimadan iborat? Professor O.Drapkina bu qoidalarni beshtaga ajratib tahlil etadi.
Birinchi qoida. Nonushta. Me’da-ichak yo‘lini hamisha sog‘lom saqlashning ilk sharti to‘yimli nonushtadir. Turli yormalar va bug‘doy non har kungi to‘g‘ri nonushtaning asosi hisoblanadi. Bunga bir bo‘lak qaynab pishgan go‘sht yoki pishloq qo‘shsangiz yanada yaxshi. 25 yoshdan so‘ng sariyog‘ yeyishning hojati yo‘q, biroq ayollar oz-ozdan sariyog‘ iste’mol qilishsa, terini yosh tutish uchun A darmondoriga ega bo‘lishadi.
Garchi, ko‘pchilik qahvani zararli hisoblasa-da, uning tarkibida sirka va olma kislotalari, mineral moddalar mavjud. Me’dani ertalabdan yaxshi harakatlantirish uchun sut yoki yog‘siz qaymoq qo‘shilgan bir piyola qahva ichgan ma’qul. Qahvaning eritiladigani ham, talqoni ham bo‘laveradi. Faqat eritiladigan qahvada kofein kamroq. Fin olimlari tadqiqotida kuniga uch piyola (kofein miqdori 300 mg.gacha)dan oshirmay qahva ichib turish infarktning oldini olishi aniqlangan. Mabodo ertalab nonushtaga ishtahangiz bo‘lmasa, tunda ovqatlanishni to‘xtating, shunda, albatta, ertalabki nonushtani odat qilasiz. Nonushtadan so‘ng, albatta, kunduz soat 12 da tamaddi qilib oling. G‘arbda lanchga odatlanishgan, biz uchun esa eng yaxshisi biror meva iste’mol qilishdir. Shunga odatlansangiz, tushlik vaqti soat 14.00 ga to‘g‘ri keladi. Har kuni tushlikda, albatta, biror suyuq ovqat iching. Karam sho‘rva juda foydali, u go‘shtsiz bo‘lsa, yanada yaxshi. Lavlagi ham ajoyib ne’mat bo‘lib, u saratonni qo‘zg‘atuvchilarga qiron keltirishi bilan ajralib turadi. Tushlikda, albatta, lavlagi yeng.
So‘nggi taomni 19.00dan kechga qoldirmang. Qiyin bo‘lsa ham shunga odatlanish shart. Shunda uyqu ravon bo‘ladi. Agar ozmoqchi bo‘lsangiz, kuniga sakkiz mahal, har safar bir piyolacha miqdorida, tamaddi qiling. Sog‘lom odam kuniga ikki litrcha suyuqlik ichishi zarur.
Ikkinchi qoida. Piyoda yurish. Me’da-ichak yo‘li me’yorida ishlashi uchun jismoniy faol bo‘lishning ahamiyati katta. Qimmatbaho fitnes zarur emas. Eng qulayi soatiga besh kilometr tezlikda kuniga bir soatdan piyoda yurishdir. Yaxshisi bu mashg‘ulotni uyqudan oldingi sayr sifatida amalga oshirsangiz, har jihatdan sog‘lom bo‘lasiz.
Uchinchi qoida. Tibbiy nazoratdan o‘tish. Me’da-ichak yo‘li yaxshi ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun poliklinikaga borib, eng oddiy ko‘riklardan o‘tib turing. Avvalo, qondagi qand miqdorini aniqlating. Agar u yuqori bo‘lsa, bu qandli diabet xastaligi belgisi bo‘ladi. So‘ng xolesterin miqdoriga ahamiyat bering. 25 yoshdan so‘ng har bir kishi o‘zining xolester darajasini bilib yurishi kerak. Agar qoningizda 5 mmol/l. xolesterin bo‘lsa, bu — zarur me’yor hisoblanadi. Agar yurak yetishmovchiligi, gipertoniya (qon bosimi), o‘t pufagida tosh hosil bo‘lgan bo‘lsa, xolesterin miqdori 4,5 mmol/l.ni ko‘rsatadi.
Qirq yoshdan oshgan har bir kishi bir marta to‘g‘ri ichakni hamda me’dani tekshirtirishi — kolonoskopiya va gastroskopiya namunalarini oldirishi shart.
|