To‘rtinchi qoida. Chekmaslik. Shu narsa aniqlanganki, pankreatitlar (me’da osti bezining yallig‘lanishi), me’da xastaliklari, oshqozon osti bezi, jigar va oshqozon saratonlariga, asosan, chekish sabab bo‘ladi. Alkogol masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, ayrimlar me’yorida qizil musallas ichib yurishni foydali hisoblashadi. Biroq me’yorni hamma ham saqlay olmaydi. Agar me’yorni saqlay olishingizga ishonchingiz bo‘lmasa, o‘zingizni tashvishga qo‘ymang: me’yor ozgina buzilganda ham oshqozon osti bezi, jigar va boshqa a’zolar uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Shu sababli, umuman, ichmaganingiz ma’qul.
Bolalik odatlari. Biror-bir taomga odatlanish bolalik davridanoq shakllanadi. Agar bolani go‘dakligidan sabzi yeyishga o‘rgatsangiz, u katta bo‘lganda ham bulochkani xushlamaydigan bo‘ladi. Bolani rag‘batlantirish uchun u yoki bu taomdan, aytaylik, konfetlardan foydalanmaslik kerak. Oilada ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, ayniqsa, hammaning bir dasturxon atrofida bir paytda ovqatlanishida hikmat ko‘p. Agar dasturxonda hamma narsa mo‘l-ko‘l bo‘lsa, odam faqat eng kerakligini olishga odatlanadi.
Beshinchi qoida. “Disbakterioz” davolamaydi. Reklamalarga mahliyo bo‘lmang. Ayniqsa, ovqat hazmiga yordam beradigan hapdorilardan ichib, disbakteriozdan xalos bo‘lishga chaqiruvchi reklamalarga ishonib chuv tushmang. Amalda “disbakterioz” degan tibbiy atama umuman mavjud emas. Faqat ortiqcha bakteriyalarning yig‘ilib qolish sindromi bor xolos, biroq u har kimda har xil sababga ko‘ra kelib chiqadi. Shunday ekan, bu sabab aniq bo‘lmay turib, qandaydir mavhum disbakteriozni davolash — bu chumchuqqa to‘pdan o‘t ochganday gap.
Ayrimlar profilaktika uchun ham hapdori ichishni ma’qul ko‘radi, ya’ni, masalan, alkogolli ichimliklar zararidan jigarni himoyalash uchun essentsialli fosfoliped preparatlarini qabul qilishadi. Bu preparatlarga nisbatan e’tiroz bo‘lmasa-da, bir paytning o‘zida ham alkogol ichib a’zolarni zaharlash va ayni chog‘da hapdori qabul qilib himoyalanishda biror mantiq bormi? Undan ko‘ra, o‘sha alkogolning o‘zidan voz kechib qo‘ya qolgan ming chandon afzaldir. Negaki, hamma narsada — ovqatlanishda ham, hapdorilarni qabul qilishda ham me’yor bo‘lishi kerak.
Uzoq va sog‘lom umr ko‘ruvchilar ana shu oltin me’yorni saqlay oluvchilardir.
|
TATU Samarqand filiali TT yo’nalishi
1 –bosqich 101-guruh talabasi Ismatov Bekzodning
“Sog`lik uchun eng muhimi - meyorni saqlash” mavzusidagi maqolasiga
Taqriz
Odam sog’lig’i jamiyatimizda dolzarb mavzu bo’lib kelinadi.Insonlar uchun juda foydali besh usulnni ko’rsatib o’tilgan.
Yuqoridagi maqolaga amal qilish maqsadida Ismatov Bekzod “Sog`lik uchun eng muhimi - meyorni saqlash” mavzusida so’g’lik uchun qanday kurashish va saqlash kerak ekanligini tajribali prafessorlardan o’rgangan.
Talaba. Maqola ishi foydali besh usul xulosa va adabiyotlardan iborat.Yuqoridagilarni inobatga olib men “Sog`lik uchun eng muhimi - meyorni saqlash” mavzusidagi maqolasi foydali ekanligini tasdiqlayman.
Taqrizchi:
TATU Samarqand filiali B.Ismatov
o’qituvchisi
(м.ў)
Do'stlaringiz bilan baham: |