O`tilgan mavzularni takrorlash uchun
SAVOLLAR
Maqom atamasi qaysi tildan olingan va qanday ma`nolarni anglatadi?
Javob: Maqom atamasi Arab tilidan olingan bo`lib “joy”, “o`rin”, “makon” degan ma`nolarini bildiradi.
Shashmaqomdan oldin Sharqda qaysi maqom bo`lgan?
Javob: Shashmaqomdan oldin Sharqda O`n ikki maqom bo`lgan.
Shashmaqom asosan qayerda shakllangan?
Javob: Shashmaqom asosan Saroyda shakllangan.
Shashmaqom nechta maqomdan iborat va ular qaysilar.
Javob: Shashmaqom jami 6 maqomdandan iborat. Bular: Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq.
O`zbek milliy maqom san`ati qaysi maqom yo`llarini o`z ichiga oladi?
Javob: O`zbek milliy maqom san`ati Buxoro Shashmaqomi, Xoraxm maqomlari, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llarini o`z ichiga oladi.
Shashmaqomni birinchi bo`lib kim zamonaviy nota yozuviga tushirgan?
Javob: Shashmaqomni birinchi bo`lib Viktor Uspenskiy notaga tushirgan.
Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushurish ishlari nechan yildan boshlangan?
Javob: Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushurish ishlari 1921- yildan boshlangan.
Shashmaqom kimning tashabbusi ostida birinchi marta nota yozuviga tushurildi?
Javob: Shashmaqom ma`rifatparvar olim, yirik davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat tashabbusi ostida birinchi marta zamonaviy nota yozuviga tushurildi.
Uspenskiy Shashmaqomni kimlarning ijrosidan yozib oldi?
Javob: Uspenskiy Shashmaqomni Amir saroyida xizmat qilgan Buxoro maqom bilimdonlari - hofiz Ota Jaloliddin Nosirov va mashhur tanburchi Ota G`iyos Abdug`anilar ijrosida yozib oldi.
Birinchi Shashmaqom nota yozuvi qaysi sarlavha ostida nashrdan chiqarilgan?
Javob: Birinchi Shashmaqom nota yozuvi “Шестъ музыкалъных поем” sarlavhasi ostida 1924- yilda nashrdan chiqarilgan.
Uspenskiydan tashqari yana kimlar Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushirgan?
Javob: Uspenskiydan tashqari Yunus Rajabiy va Tosjikistonlik mashhur musiqashunos olimlar Shashmaqomni zamonaviy nota yozuviga tushirgan.
Akademik Yunus Rajabiy ilk marotaba o`zinining qaysi kitobida Shashmaqom nota yozuvini nashr ettirdi?
Javob: Yunus Rajabiy ilk marotaba o`zinining “O`zbek xalq muzikasi” nomli kitobining 5- tomida Shashmaqom nota yozuvini nashr ettirdi.
Shashmaqom jami nechta kuy va ashulalardan iborat?
Javob: Shashmaqom jami 250 dan ortiq kuy va ashula yo`llarini o`z ichiga oladi.
Shashmaqom nechta bo`limga bo`linadi va ular qaysilar?
Javob: Shashmaqom ikki bo`limga bo`linadi. Ular: Mushkilot va Nasr bo`limlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |