Maqomlar (o’n ikki maqom)


Operaning  qisqacha  mazmuni


Download 356.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana09.01.2022
Hajmi356.07 Kb.
#266125
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
УМА

Operaning  qisqacha  mazmuni.  Layli  ismli  arab  qabila  boshlig‘ining  qizi 

Qays  nomli  yigitni  sevadi.  Layli  Qaysning  ishqiy  she’rlariga,  xotin-qizlarni 

e’zozlaydigan asarlariga mahliyo bo‘lgan edi. Lekin shariat qoidalariga ko‘ra Qays 

islom  diniga  xiyonat  qilgan,  chunki  ayollarni  erkaklar  bilan  tenglashtirgan. 

Ruhoniylar  Qaysni-Majnun,  ya’ni  devona  deb  kamsitishadilar.  Odamlarning 

diqqatiga tushib qolgan Qays Layli bilan bo‘lgan muxabbatini oxirigacha yetishiga 

ishonch hosil qilmagach dashtu-saxrolarga yovvoiy hayvonlar orasiga chiqib ketadi. 

Layli  esa  otasining  ixtiyori  bilan  badavlat  kishi  Ibn-Salomga  turmushga  chiqishi 

kerak bo‘lganda sevgan yigiti Qaysni qumsab o‘ladi. Uning qabri ustida Qays ham 

jon  beradi.  Ular  motamlarini  faqat  yaqin  qovmu-qarindoshlari  tutadilar.  Ikki 

sevishgan  qabrida  ikkita  qizil  gul  o‘nib  chiqadikim,  bu-o‘lmas  sevgi  va  hamisha 

yoshlik timsoli edi.  

 

«Layli  va  Majnun»  operasida  obrazlar  ariyalarida  o‘zbek  musiqa  merosi-



maqomlar, xalq kuy va qo‘shiqlari asos bo‘lib unda «Iroq», «Segoh», «Ushshoq», 

«Chorzarb», «Chorgoh», «Bayot», «Chapandozi gulyor»-lar ishlatilgan.  

 

40-50 yillar davomida Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatri 



sahnasida bir necha opera asarlari sahnalashtiriladi. Uning repertuaridan rus va chet 

el  opera  va  balet  asarlari  o‘rin  olib  shular  qatoriga  qardosh  xalqlar 

kompozitorlarining  asarlari  ham  teatr  sahnasidan  joy  oladilar.  D.Kabalevskiyning 

«Taras  oilasi»,  T.Xrennnkovning  «Bo‘ronda»,  G.Mayborodaning  «Arsenal»  va 

A.Kozlovskiyning O‘zbekistonda ijod qilgan «Ulug‘bek» operalari shular jumlasiga 

kiradi.  Lekin  ko‘zga  tashlangan  muammolardan  eng  asosisi  bu  milliy  o‘zbek 

operalarini ijod qilish va ularni sahnalashtirishdan iborat edi. Shuning uchun ham 



1947-1967  yillar  davomida  bir  necha  o‘zbek  milliy  operalari  ijod  qilinib  teatr 

sahnasida  qo‘yildi.  Oldingi  yillar  sahnalashtirilgan  operalar:  S.Vasilenko  va 

M.Ashrafiylarning  «Ulug‘  kanal»,  R.Gliyer  va  T.Sodiqovlarning  «Gulsara», 

T.Jalilov va B.Brovsinlarning «Toxir va Zuxro», G.Mushel va V.Uspenskiylarning 

«Farxod  va  Shirin»  operalari  bilan  bir  qatorda  Yangi  ijod  qilingan  o‘zbek  milliy 

operalari ham asta-sekin musiqa san’atining opera janrida ijod qilinib sahna yuzini 

ko‘radi.  Bular-M.Ashrafiyning  «Dilorom»,  T.Sodiqov,  B.Zeydman,  Yu.Rajabiy, 

D.Zokirovlarning «Zaynab va Omon», S.Boboyevning «Hamza», M.Yusupovning 

«Xorazm  qo‘shig‘i»,  M.Ashrafiyning  «Shoir  qalbi»,  R.Hamroyevni  «Zulmatdan 

ziyo» asarlardir.  

 

Yuqorida  nomlangan  asarlar  orasida  A.Navoiyning  «Sa’bai  sayyor» 



poemasidan  «Dilorom»  operasi  dramaturglar  K.Yashin  va  Mumtoz 

Muhammedovlar  bilan  kompozitor  M.Ashrafiyning  o‘zbek  klassik  adabiyotidan 

zamonaviy asar yaratishda qilgan xizmatlari o‘zbek musiqa madaniyatida alohida 

o‘rinni egalladi.  

 

To‘rt parda va yetti ko‘rinishdan iborat «Dilorom» operasi A.Navoiy nomli 



Davlat opera va balet teatri sahnasida qo‘yiladi. Voqealar shoh va amaldorlarning 

xalqqa nisbatan shavqatsizligi va zulmdan xalq norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘tarilishi, 

Diloromni kuch ishlatib olmoqchi bo‘lgan shoh Baxrom va uning sheriklariga qarshi 

ko‘tarilgan kurash fonida yuz beradi. Dilorom shavqatsiz shohga bo‘ysunmaydi va 

o‘z hayotini qurbon qilib nomus va muhabbatini saqlab qoladi.  

 


Download 356.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling