Maqomlar (o’n ikki maqom)
Operaning qisqacha mazmuni
Download 356.07 Kb. Pdf ko'rish
|
УМА
Operaning qisqacha mazmuni. Badavlat Ulug‘ Xo‘ja uyida uning quli
bo‘lgan go‘zal ashulachi Dilorom voyaga yetadi. Dilorom ajoyib rassom Monini sevib qoladi. Moni o‘z sevgilisini Ulug‘ Xo‘jadan sotib olishga va unga uylanishga ahd qiladi. Lekin go‘zal Diloromni shoh Bahromni ko‘rib unga maxliyo bo‘ladi va katta sovg‘alar evaziga Diloromni Ulug‘ Xo‘jadan o‘ziga sotib oladi. Moni Diloromni juda ko‘p qidiradi va oxiri Baxromshoh dargohida topadi. Lekin Baxromshoh Monini zindonga tashlab Diloromni o‘z qasriga qamab qo‘yadi. Fursantdan foydalanmoqchi bo‘lgan Baxromshohning vaziri Ardasher Dilorom qo‘liga zahar berib Baxromshohni o‘ldirishni buyuradi. Baxromshoh saroyida katta bazm o‘tadi. Bazmda yetti go‘zal qatnashib har biri o‘zining san’atini namoyish etadi. Dilorom ham o‘zining sevgi haqidagi mungli qo‘shig‘ini kuylaydi. Ardasher bergan zaharni Dilorom o‘zi ichmoqchi bo‘lib turganda Ardasher uni qo‘lidagi qadahni olib Baxromshohga uzatadi, lekin shoh bu qadahni go‘zallardan biriga beradi. Go‘zal uni ichib o‘ladi. Baxromshoh bu voqeadan achchiqlanib Monini osishga va Diloromni cho‘li-biyobonga olib borib tashlashga buyuradi. Cho‘lda bo‘ron ko‘tariladi. Dilorom o‘z sevgilisi Monini chaqiradi. Diloromni oxtarib yurgan Moni yetib keladi va sevishganlar bir-birlari bilan uchrashadilar. Dilorom Monining qo‘lida jon beradi.
Kompozitor M.Ashrafiy operani ijod qilishda xalq kuy va qo‘shiqlaridan mohirlik bilan foydalangan. Yetti go‘zal qiyofasida tojik, eron, hind va arab kuylarini ishlatib go‘zallar obrazlarini yana ham boyitgan.
Moni ariyasini ijod qilishda xalq kuyi bo‘lmish «Karimqul-begi»ni ishlatgan. Monining boshqa ariyasida «Navo» maqomidan «Saroxbori navo» ni ustalik bilan qayta moslashtirilgan. Dilorom ariyalari ham ashulachi qimyofasini ifodalashda yoqimli va kuychan musiqalar bilan shu obraz ochib tashlangan. Baxromshoh, Ulug‘ Xo‘ja obrazlarini aks ettirishda ham kompozitor o‘sha shaxslarga xos kuylarni bastalagan. Shoh saroyidagi bazmlarda ijro etilgan musiqalar ham o‘zining tantanavorligi, quvnoqligi va o‘ynoqiligi bilan tinglovchilarning diqqati-e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
Faqatgina O‘zbekistonda emas balki butun O‘rta Osiyoda birinchilardan bo‘lib komik opera janrida asar yaratish kompozitor Salamon Yudakovga muyassar bo‘ldi. U kishi Hamza qalamiga mansub «Maysaraning ishi» komik operasini yaratadi.
Download 356.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling