Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi
Download 0.54 Mb.
|
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari
67
ko’rsatdi. Turli mutaxassislikdagi olim va havaskor o’lkashunoslar tomonidan ibtidoiy davr haqida ancha-muncha ma’lumotlar to’plashga erishildi. Shulardan A.I.Pavlovning kuzatishlari qiziqarlidir. U 1901-yilda hozirgi Bo’zsuv kanali va Toshkent yaqinidagi Qoraqamish zonasidan paleolit odamlarining qurol- aslahalarini yig’ib olgan va keyinchalik uni Moskvadagi geologiya-qidiruv institutiga taqdim etgan. Keyinchalik bu yerlarda qazish ishlari olib borilib, ibtidoiy kishilarning qarorgohi bo’lganligi aniqlandi. 1892-yilda geolog Shmidt Qirg’izistonning Issiqko’l atrofidan, Qoysara stansiyasi yaqinidan bir necha chaqmoqtosh qurol-aslahalar topadi. Hozir bu kolleksiya Davlat Ermitajida(Leningrad) saqlanmoqda. Shunday qilib, Turkistonning qadimiy tarixini o’rganishga bo’lgan qiziqish asta-sekin orta bordi. Bu borada THAT a’ zolarining bajargan ishlari diqqatga sazo- vordir. Jumladan, 1893-yili N.P.Ostroumov Keles daryosining o’ng qirg’ og’idagi Qoratepa makoni (poseleniye)ni qazish paytida chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qini topgan edi. 1902-yilda I.P.Poslavskiy P.G.Xludov tomonidan ro’yxatga olingan Soymalitosh qoya toshlari ustiga solingan ibtidoiy davr san’at namunalarini qayta o’rganish dasturini ilgari surgan edi. Ibtidoiy davr haqidagi masalalar THAT yig’ilishlarida muhokama qilingan. To’garak a’ zolari o’z faoliyatlari haqida axborotlar berib turgan. Masalan, 1906-yil 11-dekabrda bo’lib o’tgan to’garak yig’iliishda I.P.Poslavskiyning hisoboti eshitilgan. U turli kishilar tomonidan topilgan ibtidoiy qurollar haqida, jumladan, To’rg’ay oblasti, Beshariq rayoni, Qoratov va boshqa joylardagi topilmalar haqida ma’lumot bergan. Ko’pgina olimlar turli topilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar. P.Tolmachev ham 1907-yilda Akmalinsk oblastidan yig’ib olgan tosh ashyoviy topilmalarini etnografiya muzeyiga tuhfa qilgan. M.M.Berezovskiy va N.Andrusovlarning turli joylardan to’plab antropologiya va etnografiya muzeyiga topshirgan tosh buyumlar kolleksiyalari ham qiziqarlidir. Kolleksiyada turli ibtidoiy qurollar mavjud. To’garak a’ zolari qoya toshlarga solingan ibtidoiy davr suratlari haqida ham ma’lumotlar to’plaganlar. Bulardan tashqari, 1902-yilda Amudaryo harbiy chegara xizmatchisi A.P.Yarchinskiy qadimgi Ayrtom xarobalari yaqinidan tosh pichoq topgan. 1904-yilda R.Pomepelli va G.Shmidtlar Ashxobod yaqinidagi Anav tepaliklarini qazib, ibtidoiy davrga oid ko’pgina materiallarni qo’lga kiritgan edi. 1905-yilda qadimgi Go’yarqal’a atrofidan ham tosh buyumlar topilgan edi. Bu yodgorliklar sovet olimlari tomonidan tadqiq qilinmoqda. Biz yuqorida ibtidoiy arxeologiya haqida ayrim ma’lumotlar keltirdik, xolos. Topilmalar turli kasb egalari tomonidan to’planib aslida tasodifiy xarakterga ega edi va ularga haqqoniy ilmiy baho berilmagan edi. Ammo ularning fan uchun ahamiyati katta. Chunki bu topilmalar O’rta Osiyoning ibtidoiy tarixini inqilobga qadar o’rganishga harakat qilinganligi, Turkistonda arxeologiya fani quruq joyda tashkil topmaganligi haqida guvohlik beradi. Bu topilmalarning keyinchalik rejali, sistemali o’rganilishi asosida Turkistonda arxeologiya fani tashkil topdi va u yuksak taraqqiyot pog’ onasiga ko’tarildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling