Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet58/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

63




manbalar to’plandi. Dastlabki, mahalliy arxeolog havaskorlar vujudga keldi. Biroq bularning orasida uzuq-yuluq va tasodifiy topilgan materiallar anchagina bo’lib, keng ilmiy asosda umumlashtirilmagan bo’lsada, ahamiyatli edi. Demak, O’rta Osiyo, shu jumladan O’zbekistonda arxeologiya fani quruq yerda emas, balki uning ko’hna ildizlari mavjuddir. O’rta Osiyo, shuningdek O’zbekistonda arxeologiya fanining ilmiy shakllanishi, tashkil topishi asrimiz boshlarida va undan keyingi-yillarda samarali va fidokorona ish olib borish natijasida yaratildi va yanada chuqurlashtirildi. Boshqa fanlar singari arxeologiya fanining yangi taraqqiyot davri 1991-yil mustaqilikka erishilgandan so’ng boshlandi.
XULOSA.
Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g’anoq bo’lsa, nimaiki ularni ozodlik uchun kurashdan chalg’itsa, hammasini qo’llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qilajak barcha intilishlarning payini qirqdilar.
Rossiya imperiyasi o’lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo’lib, tub joy aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yo’lida barcha vositalardan foydalandi. Ming-yillardan beri davom etib, avloddan-avlodga o’tib yashayotgan milliy davlatchilik va qadriyatlarni yo’q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga soldi. «Turkiston o’lkasini boshqarish haqidagi Nizom» o’z mohiyat-e’ tiboriga ko’ra shu maqsadga qaratildi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat bo’ldi:

  1. mahalliy boshqaruv, urf-odat va qonun-qoidalardan milliy davlatchilikning barcha asoslarini tag-tugi bilan yo’qotish;

  2. o’lka turmushiga butkul yot va begona bo’lgan uyezd, uchastka, volost kabi ma’muriy-hududiy birliklarni joriy etish;

v) qishloq yig’ini va volost qurultoyini ta’ sis qilib, sun’iy tarzda qishloq boshqaruvini tashkil qilish;
g) siyosiy tusga ega bo’lmagan barcha ichki boshqaruvda saylov tizimini ta’ sis etish va bu bilan aholi «o’zini-o’zi boshqaruvi»ni shaklan gavdalantirish; d) rus va rusiyzabon aholi nufuzini oshirish, shu maqsadda o’lka shaharlarini «eski va yangi» qismlarga ajratib idora qilish;
j) mahalliy boshqaruvga mirshab-josuslik tusini berib, quyi amaldorlarni itoatkor malaylarga aylantirish;
ye) o’lkani ruslashtirish va yangi «Rus Turkistoni» ni barpo etish.
Bular mustamlaka idorasining barcha bo’g’inlarida o’z ifodasini topdi.
Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati o’zida metropoliya dvoryan- pomeshchiklari va burjuaziyasining iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini yaqqol gavdalantirdi. Bu siyosatning bosh maqsadi o’lkani imperiya sanoatining xom ashyo makoniga aylantirish edi.
Imperiya ikki hukmron sinf manfaatlarini ko’zlab ish tutdi. Agrar siyosatda dvoryanlar talabiga ko’ra Turkiston xalqiga tegishli yerlarni zo’rlik bilan tortib oldi va rus posyolkalarini barpo etdi. Burjuaziyaning talabiga ko’ra esa, qishloqlarda paxta yakkahokimligini o’rnatish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling