Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet57/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

62




Turkistondagi yodgorliklarga qiziqib qoladi. O’zining havaskorligi va qiziquvchanligi bilan bora-bora Turkistondagi fan ahliga tanila boshlaydi. A.Asqarov 1884-yilda arxeologiyaga oid qazish ishlari o’tkazish maqsadida Turkistonga kelgan professor N.I.Veselovskiyga yoqib qoladi va yordamchi sifatida U bilan birga Buxoroda, Farg’ona vodiysida va boshqa joylarda o’tkazilgan arxeologiyaga oid tadqiqotlarda qatnashadi. U tez fursatda arxeologiya bilimini o’zlashtirib olib, Veselovskiyga shogird tushadi. A.Asqarov arxeologiya sohasida mahalliy xalq orasida etishib chiqqan birdan-bir fan-amaliyotchi, bilimdon kishi sifatida tanildi. U prof. N.I.Veselovskiydan zarur maslahatlar olib turdi. N.I.Veselovskiy Turkistondan ketgandan keyin Akram Asqarov bir necha-yil mustaqil ravishda arxeologiyaga doir tadqiqot ishlari olib bordi. Uning to’plagan boy va qimmatli arxeologik ashyolar to’plami o’sha-yillar davomida nihoyatda samarali va keng ko’lamda ish olib borganligidan dalolat beradi. Akram Polvon Asqarov 1891-yilda vafot etgach, uning boy arxeologiyaga doir ashyolar to’plami Peterburgga olib ketilib, hozir ham Davlat Ermitajida saqlanmoqda.

  1. yil Rus Arxeologik Jamiyati Akram Asqarovni taqdirlagan. Akram Asqarov arxeologiya faniga katta yordam ko’rsatganligi uchun unga berilgan kumush medalga shunday so’zlar bitilgan: «Arxeologiya yutuqlariga hissa qo’shganligi uchun». Mahalliy o’lkashunos haqida quyidagilar gapirilgan: «Asqarov Turkistondagi arxeologik yig’ma materiallar topilishida katta xizmat ko’rsatdi. Boshqa mahalliy vakilllardan farqli ravishda tashabbus ko’rsata oldi».

N.S.Likoshin guvohlik berishicha, A.Asqarov arxeolog darajasiga yaqinroq bo’lgan. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagida kotib vazifasini bajargan. Kolleksiyalar bilan yaqindan tanishib chiqqan.
«Turkestanskiye vedomosti» gazetasining 1892-yil 31-sonida bosilgan professor Zvarniskiyning «Akram Asqarovning arxeologiyaga oid ashyolar to’plami» nomli maqolasida berilgan ma’lumotga ko’ra, ashyolar to’plamida 17 dona oltin pul, 1370 dona kumush pul, 13274 dona mis pul, neolit davriga oid tosh bolg’a, jezdan yasalgan sulug’, jez oyna, jez iskana, jez ketmonlar (motiga) turli joylarda to’plangan sopoldan yasalgan odam haykalchalari, bir bo’lak nefrit, isirg’a, krest (but), boldoq, tumor, mis, sopol idish va shunga o’xshash tarixiy buyumlar bo’lgan. To’g’ri, o’zi to’plagan tarixiy buyumlarning tarixning qaysi davriga oid ekanligini idrok qila olmagan bo’lsada, oddiy bir o’zbekning o’sha vaqtda tarixiy nodir buyumlarning fan uchun to umrining oxirigacha tinmay xizmat qilishi rus sharqshunosligi faoliyatining samarali bo’lib, bu rus sharqshunosligi uchun ham, mahalliy tarixchilik uchun ham yangilik va foydali ish edi. O’rta Osiyo, shu jumladan Qo’qon xonligi, Namangan va Toshkentda yashagan, o’zbek xalqining tarixi, tilini va urf-odatlarini o’rganishda Vladimir Petrovich Nalivkinning (1852-1918) qo’shgan xissasi kattadir. U bu xaqda 40 dan ortiq ilmiy asarlar va maqolalar qoldirgan. U ko’pincha o’z asarlarini Jaxongir to’ra nomi bilan ham yozgan edi.6
Shunday qilib, XX asrning 20-yillariga qadar, olimlar va o’lkashunos havaskorlarning faoliyatlari bilan O’rta Osiyo o’lkasini o’rganishga doir anchagina

62Журакулов M. Археология фанига мукаддима. Самарканд., 2001. 46-бет.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling