Maqsudov asliddin murodovich turkistonda rus sharqshunosligi va arxeologiyasi tarixi


Download 0.54 Mb.
bet60/64
Sana28.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1236690
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Turkistonda arxeologiya xavaskorlari

65




boshlab beradi. Arxeologlar dastlab «geografiya jamiyati» tarkibida ish boshlagan bo’lsalar, 1895-yilda Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi tashkil etilishi bilan mustaqil faoliyat olib bora boshladilar. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ilk ilmiy ahamiyatga ega bo’lishiga qaramasdan arxeologiya fanining rivojlanishida munosib hissa qo’shishdi.
O’rta Osiyoning inqilobga qadar arxeologik jihatdan o’rganilishini shartli uch bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqich — O’rta Osiyonnng Rossiyaga bosib olinishigacha bo’lgan davr. Bu davrda o’lka haqidagi tarixiy manbalar to’plandi, ayrim xonliklarning tarixi yozildi. L.I.Richkovning XVII asrning ikkinchi yarmiga taalluqli «Orenburg tarixi», «Orenburg topografiyasi» asari shular jumlasidandir. XIX asrning 20- yillariga kelib, O.I.Senkovskiy Buxoro xonligi tarixi buyicha dastlabki manba bo’lgan P.S.Savelyevning «Muqimxontarixi»ni qayta ishladi va tarjima qildi. O’rta Osiyoning o’tmish tarixini o’rganishda P.S.Savelyev, V.V.Grigoryev, A.Middendorf, P.I.Lerx, V.V.Vel’yaminov-Zernov, I.Berezin kabilar anchagina ishlarni bajarganlar.
1819-yili kapitan N.N.Muravyev boshchiligida O’rta Osiyoga dastlabki arxeologik razvedka ekspedisiyasi uyushtirildi. Ekspedisiya Turkmaniston va Xiva tumanlariga jo’natilgan edi. U harbiy xarakterdagi ekspedisiya bo’lsa-da, birmuncha qimmatli kuzatuvlar olib bordi, ko’pgina yodgorliklarni ro’yxatga oldi, turli turmush buyumlarini to’pladi. Keyinchalik N.N.Muravyevning kundalik daftari fransuz va nemis tillariga tarjima qilindi. Unda Xiva xonligi haqida muhim ma’lumotlar to’plangan edi. O’rta Osiyoda ibtidoiy kishilar yashaganligi haqida rus olimlari birinchi bo’lib fikr bildirgan edilar. Jumladan, A.S.Uvarovning uqtirishicha, agar Yevropa qit’asida mamont davrida ibtidoiy odamlar yashaganligi aniqlangan ekan, demak, bu jarayon O’rta Osiyoda ham bo’lgan. Bu vaqtda hali O’rta Osiyoda arxeologlar yo’ q edi. Turli kasbdagi kishilar tomonidan to’plangan bu ma’lumotlar hozir ham muzey fondlarida saqlanadi. Muzey materiallarining guvohlik berishicha, XIX asrning o’rtalariga kelib, O’rta Osiyonnng tosh asri haqida birinchi ma’lumotlar to’plana borgan. Masalan, A.A.Spisinning ma’lumotlariga ko’ra, Qirg’izistonda 1850-yilning yozida qadimgi mozorlar ochib ko’rilganda, toshdan yasalgan 4 ta kamon o’qi topilgan. Shu-yili S.I.Gulyayev qadimgi tog’ konlarida ibtidoiy qurollarning yotganligini kuzatadi. U shunday tosh bolg’alarning Qoraqolin okrugidan ham topilganligi haqida xabar beradi. Doktor A.Shrenko 1855-yili tosh bolg’alar topib, antropologiya va etnografiya muzeyiga topshirgani haqida ma’lumot beradi. A.Gebel topilmalari ham diqqatga sazovordir. U 1864-yili (hozirgi Fedchenko bo’g’ ozi) Mang’ishloq yarim oroli territoriyasidan bir necha tosh paraqalari hamda o’zaklarini topgan va ularni Peterburgdagi antropologiya va etnografiya muzeyiga sovg’a qilgan. Bu dalillar O’rta Osiyo hududida ibtidoiy davrning boshdan kechirilganligi haqidagi ilk ma’lumotlar edi.
O’rta Osiyoni arxeologik jihatdan o’rganishning ikkinchi bosqichi uning Rossiyaga bosib olinishidan boshlandi. Bu davrda rus madaniyatining ijobiy ta’ siri, olimlarning hamkorligi O’rta Osiyo tarixini arxeologik jihatdan o’rganishda



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling