Maqsudov ilhomjon, joraev jomurod yangiboevich, amirov shavkat qo ziboevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari.
- Sutdor sigirlarni baholash va tanlash.
- Sigirlarni sutining tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdoriga qarab baholash.
3.4.2.-rasm. Qizil cho‘l zotli sigir. Bushuyev zoti. Ushbu zotli qoramollar Mirzacho„lda mahalliy zebusimon qoramollarni dastlab Golland zotli keyinchalik Shvis zotli qoramollar bilan chatishtirish natijasida iqlim sharoitga moslashgan zot yaratilgan. Bu zotga mansub qoramollar suvsar tusda bo„lib, ularning tana tuzilishi mustahkam, ko„proq sut yo„nalishidagi qoramollar tana tuzilishini eslatadi. 3.4.3.-rasm. Bushuyev zotli sigir. 143 Sigirlarning vazni 400-450kg, buqalarning vazni 700-800kg bo„lib, buzoqlari 25-30 kg tug„iladi. Buqalari jadal o„stirilganda 800-900gramm kunlik semirishga erishadi. Yosh qoramollar 18 oyligida jadal o„stirilib bo„rdoqilanganda 400-450kg vaznga ega bo„ladi. Sigirlar sut mahsuldorligi 2500-3000 kg, sutning yog„lilik darajasi 3,8% tashkil qiladi. Bushuyev zotli qoramollar asosan Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida urchitilmoqda. Bushuyev zotli qoramollarni hozirgi kunda Golland zotli qoramollar bilan chatishtirish asosida takomillashtirilmoqda. Shvis zoti. Jahonning eng qadim zotlaridan biri bo„lib hisoblanadi. Shveysariyada mahalliy qoramollarni yaxshilash natijasida keltirib chiqarilgan. Shvis zotli qoramollar sut-go„sht yo„nalishida bo„lib, yuqori sut mahsuldorligiga ega, bundan tashqari turli iqlim sharoitlariga yaxshi moslashadi. Bu zotli qoramollar O‟zbekitonda sut-go„sht yo„nalishidagi xiliga ega. Hayvonlar mustahkam mutanosib, tana tuzilishiga ega va qo„ngir tusda bo„ladi. 3.4.4.-rasm. Shvis zotli sigir. Sigirlarning o„rtacha tirik vazni 500-550kg, buqalarning vazni 800-950kg bo„ladi. Buzoqlari 35-38kg tug„ilib, yaxshi o„stirilgan 18 oyligida 400-450 kg ga yetadi. O‟rtacha 900-1100 g semirishi mumkin. Sigirlar sut mahsuldorligi mamlakatimizda 3000-3500 kg, sutning yog„lilik darajasi 3,7-3,8% bo„ladi. Shvis zotli qoramollar respublikamizning tog„ va tog„ yonbag„ri hududlarida 144 rejali bo„lib hisoblanadi. Shvis zotli qoramollar hozirgi kunda Amerika va Avstriya shvis qoramollari bilan takomillashtirilmoqda. Qozoqi oqbosh zoti. Bu zot Qozog„iston va Rossiyaning janubiy sharqiy hududlarida keltirib chiqarilgan. Quyi Volga hududi va Qozog„istonda go„shtdor qoramolchilikni rivojlantirish maqsadida qozoq va qalmiq mahalliy qoramollari gereford zotli mollar bilan chatishtirilgan bu ish II va III bo„g„ingacha davom ettirilib,olingan duragaylar o„z ichida urchitilgan. Ushbu zot gereford zotining go„sht sifatlarini mahalliy mollarning chidamligi, sharoitga moslashganligini o„zida mujassamlashtirgan. Ushbu zot qoramollarining shakllanishida tanlash, juftlash ishlarini yo„lga qo„yish, hamda oziqlantirish va saqlash sharoitlarini keskin yaxshilash natijasida erishilgan. Podalarda buzoqlar to„liq sigirni emib, hayvonlar yoz paytida yaylovlarda, qishda esa og„illarda saqlanib asosan dag„al va kam miqdorda silos va yem bilan oziqlantirilgan. Bu zotning sut-go„sht tipidagi sigirlari sog„ilib, buzoqlariga qo„ldan sut ichiriladi. Bu zotli qoramollar yaylov sharoitiga yaxshi moslashgan, tez semiradi, issiq va sovuqqa chidamli. Tana tuzilishi va tusi bo„yicha gereford zotli qoramollarni eslatadi.Bu qoramollar jussasi juda katta bo„lmasdan (yag„rin balandligi 123-125 sm) gavdasining chuqurligi 70-73 sm va kengligi 42-45 sm, tanasi uncha uzun emas ( tananing qiya uzunligi 150-155 sm), suyagi yengil va qattiq (pocha aylanasi 18-19 sm) tanasi yaxshi to„lishgan, keng, mushaklari yaxshi rivojlangan, Qish paytiga kelib ular uzun jun bilan qoplanadi. 3.4.5.-rasm. Qozoqi oqbosh zotli buqa. Buzoqlari tug„ilganda 27-30 kg vaznga ega bo„lib, 8 oyligida sigirdan ajratish paytida 220-240 kg tosh bosadi. Sigirlari 500-550 kg, buqalari 800-900 kg, ba‟zi 145 sigirlar 780 kg, buqalar esa 1100 kg gacha yetadi. Yaylov sharoitida yosh qoramollar 800-900 g o„rtacha kunlik o„sishga erishadi. Yosh novvoslarni jadal boqib, burdoqilaganda 1,5 yoshda 540 kg vaznga erishish mumkin. Sigirlar yaylovda bo„rdoqilangandan keyin 52-58 % so„yim chiqimiga ega bo„lib, bo„rdoqilangan bichmalarda esa 63-67 % ga yetadi. Sigirlar sut mahsuldorligi go„sht-sut tipida 1800-2500 kg bo„lib, yog„liligi 3,8- 4,0% ni tashkil qiladi. Bu zotli qoramollar O‟zbekiston uchun rejali zot bo„lib sof holda va chatishtirishda qo„llaniladi. O‟zbekiston tog„, tog„ yonbag„rlari cho„l yaylovlari mavjud ho„jaliklarda urchitish mumkin, hamda sut yo„nalishidagi sigirlar bilan chatishtirilib duragaylar go„sht uchun boqilsa bo„ladi. Baxmal tumanining naslchilik fermer xo„jaligida kerakli miqdorda naslli hayvonlar o„stirilmoqda. Aberdin anguss zoti. Ushbu zot qishloq xo„jaligi uchun juda qulay bo„lgan Shotlandiyaning shimoliy-sharqiy hududlarida keltirib chiqarilgan. Bu zotning asosi bo„lib mahalliy shoxsiz (to„qol) qoramollar hisoblanadi. Zot yaratish ishlari XYIII asrda boshlanib, yaqin qarindosh urchitishni qo„llash natijasida tez yetiluvchan, go„shtdor, to„qol, qora tusdagi hayvonlar guruhi yaratilgan. 3.4.6.-rasm. Aberdin anguss zotli sigir. Aberdin anguss zotli qoramollar O‟zbekistonning tog„ va tog„ yonbag„ri hududlariga mos keladi. Buzoqlarining tirik vazni 24-27 kg, sutdan chiqish paytida 190-210 kg sigirlari 146 450-550 kg ba‟zilari 600 kg, buqalari 750-850 kg. Go„sht sifati yaxshi rivojlangan, go„shti nozik tolali marmar hisoblanadi, Go„sht chiqimi 65-70% ni tashkil qiladi. Bu zotli qoramollar O‟zbekistonning Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba‟zi fermer xo„jaliklarida sof holda va mahalliy qoramollarni yaxshilashda ishlatilmoqda. Bu zot buqalari sut yo„nalishidagi qoramollar sigirlari bilan chatishtirilib olingan duragaylarini go„shtga o„stirishda keng foydalanish mumkin. Santa-gertruda zoti. Bu zot AQSh ning Texas shtatida shortgorn sigirlarini zebu buqalari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan eng yaxshi hayvonlar shortgorn bo„yicha 5/8 va zebu bo„yicha 3/8 hisoblanadi. Bu ish 1910 yilda boshlanib 1940 yilda yakunlangan. Hayvonlar juda chidamli quruq iqlimda chiqarilgani uchun issiqqa chidamli, yashash sharoitiga o„ta talabchan emas, qon so„ruvchi hasharotlarga chidamli. Ular dag„al poyali o„tlarni yeyish qobiliyatini alohida ta‟kidlab o„tish kerak ( qamish va dag„al poyali oziqalar). Hayvonlar qizil tusli bo„lib, u har xil kuchda bo„ladi, ba‟zi paytlarda hayvonlar qornining ost qismi oq rangda bo„lishi mumkin. 3.4.7.-rasm. Santa – gertruda zotli sigir. Buzoqlar tug„ilganda 29-30 kg bo„lib 8 oyligida 220-240 kg, 1,5 yoshida 400 kg ga yetadi. Sigirlarining vazni 560-620 kg, ba‟zilari 780 kg bo„ladi, buqalari 830- 1180 kg tosh bosadi. Santa-gertruda qoramollarining go„sht sifati yaxshi rivojlangan. Buqachalar jadal boqilganda 12 oyligigacha kuniga 1000-1200 g semiradi. So„yim chiqimi 60-66% ni tashkil qiladi. Sut mahsuldorligi past, kunlik sog„im 5-10 kg, sutining yog„liligi 3,6% bo„ladi. O‟zbekistonda ushbu zotni urchitishda, uning nasldor podalarini tashkil qilishda professor U.N.Nosirovning katta xizmatlari bor. 147 Hozirgi kunda ushbu zotga mansub qoramollar Baxmal tumanining fermer xo„jaliklarida urchitilmoqda. Bu zotli qoramollarni O‟zbekistonning dag„al poyali o„tlar serob yaylov hududlarida keng miqyosda urchitish arzon qoramol go„shti ishlab chiqarishni ko„paytirishni ta‟minlaydi. III.5. Qoramolchilikda naslchilik ishlari. Naslchilik ishlarining ahamiyati va vazifalari qishloq xo„jaligida hayvonlar ishlab chiqarish vositasi sifatida xizmat qiladi, shuning uchun uning sifati samaradorlik omili bo„lib hisoblanadi. Qishloq xo„jalik hayvonlari takomillashtirish, ulardan oliniadigan mahsulot miqdorini ko„paytirish va sifatini yaxshilashning asosi bo„ladi..Nasldor hayvonlar to„g„ri oziqlantirilib, saqlanganda yuqori mahsulot berish imkoniyatiga ega. Ko„pchilik hollarda qoramollar mahsuldorligining pastligi faqatgina oziqalar miqdori va sifatining talab darajasida bo„lmasligi, ikkinchidan esa ularniig nasl sifatlarining pastligi bilan bog„liqdir. Ayniqsa ko„pchilik zotli hayvonlarning mahalliy sharoitlarga to„liq mos kelmasligi, qabul qilingan ishlab chiqarish jarayonlari talablariga javob bermasligi bilan izohlash mumkin. Sutchilik qoramolchiligida naslchilik ishlariniig asosiy yo„nalishi sigirlar sut mahsuldorligini oshirish, sut tarkibini yaxshilash va ularning texnologik ko„rsatkichlarini talablar darajasiga yetkazish bilan baholanadi. Bundan tashqari naslchilik ishlarida ularning tanasining mustahkamligi kasalliklarga chidamligi, mahalliy oziqalarga moslashganligi e‟tibordan chetda qolmasligi kerak. Har bir muayyan xo„jalikda naslchilik ishlarining tizimi, aniq maqsadga qaratilmog„i kerak. Qoramolchiliklarni yaxshilash jarayonida birinchi navbatda ularning miqdor ko„rsatkichlari inobatga olinib, sifat ko„rsatkichlarini esdan chiqarmagan holda olib boriladi. Sut qoramolchiligida: sigirlar tirik vazni, sut miqdori, sut tarkibidagi yog„ va oqsil miqdori, sut berish tezligi; go„shtdor qoramolchiligida esa tirik vazn, tez yetiluvchanlik va 1 kg vazn oshishiga sarflangan oziqa birligi asosiy mezonlar qilib olinadi. Sut qoramolchiligida seleksiya natijalari genetik omillar hisoblangan asosiy belgilarning o„zgaruvchanligi, hamda belgilarning nasldan naslga berilishi, qaytarilishi va korrelyasiya koeffitsientlari ko„rsatkichlariga bog„liq. Qator belgilarning nasldan naslga muqim berilishi hayvonlarni yoppa seleksiya qilganda ham ijobiy natijalar berishiga sabab bo„ladi. Ko„pchilik hollarda esa, belgining nasldan-naslga berilish koeffitsienti bilan tanlash samaradorligiga erishish orasida farq bo„ladi. Tajribalar natijasi shundan dalolat beradiki, ba‟zi podalarda o„zgaruvchanlik koeffitsienti kichik bo„lgan hollarda ijobiy natijalarga erishilgan. Ba‟zi hollarda esa o„zgaruvchanlik va tanlash jadalligi bir xil bo„lgan podalarda turli seleksiya 148 samaradorliga guvoh bo„lamiz. Shuning uchun muayyan sharoitda u yoki bu tanlash va juftlash usullaridan foydalanishni taqozo qiladi. Sut yo„nalishidagi qoramollarda o„zgaruvchanlik o„rtacha quyidagicha bo„ladi: sigirlar tirik vazni 12-15%; 305 kunlik sut 20-30% sut tarkibidagi yog„ miqdori 5-9%; oqsil 4-8%; sut berish tezligi 10-15%. Sutning sifat ko„rsatkichlari bo„lgan uning tarkibidagi yog„, oqsil ko„rsatgichlarining irsiyat koeffitsienti 0,5-0,8 ni tashkil qiladi. Bu ko„rsatkich sutning miqdori bo„yicha yuqori bo„lmay 0,3-0,4, tirik vazni bo„yicha 0,37, sutga oziqa bilan javob berish 0,2-0,48 tashkil qiladi. Sigirlarning yelin ko„rsatkichlari (sut berish tezligi, yelin bo„lmalarining rivojlanish indeksi, bir sogim davomiyligi) kabilarda yuqoridagi ko„rsatkich 0,2-0,3 tashkil qilishi,bu borada yuqori mahsuldor, sut sog„ishda zarur ko„rsatkichlarni shakllanishida tashqi muhit ta‟siri alohida o„rin tutishini e‟tiborga olishini talab qiladi. Shuning uchun irsiyat kooffitsienti sigirlarning oziqlantirish, saqlash naslchilik ishlarining tashkil qilish, hayvonlarning yakka xususiyatlari inobatga olinadi, amalda irsiyat koffitsienti har bir xo„jalik uchun aniq raqamlardan foydalangan ma‟qul. Qoramollarda belgilarning qaytarilish koeffitsienti, katta o„zgarishlarga moyil. Bu ko„rsatkich ma‟lum fenotipik belgilarning turli yoshda oziqlantirish, saqlash ta‟sirida o„zgarishini belgilaydi. Belgilarning qaytarilish koffitsienti sutdorlik bo„yicha 0,59-0,73; sutning yog„liligi 0,49-0,74; oqsil bo„yicha 0,54-0,79; sigirlar sog„imining dastlabki 100 kunligidagi laktasiya davomida sutdorligi 0,8I-0,90; tug„ilgandagi va voyaga yetgandagi tirik vazni- 0,19; go„shtdor buzoqlarni sutdan chiqarganda I3 oylikdagi tirik vazni - 0,48 ni tashkil qiladi. Qoramolchilikda naslchilik ishlari tashkil qilishda korrelyativ o„zgaruvchanlikni inobatga oliish alohida ahamiyat kasb etadi, chunki barcha belgi va xususiyatlarni hisobga olgan holda ish yurish kerak, hayvonlar baholanganda barcha belgilar inobatga olinib, bonitirovka natijalariga ham ta‟sir qiladi. Ayniqsa belgilarning bir-biriga bog„liq naslchilik ishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki tirik vazn va sut mahsuldorligi, sut va uning tarkibidagi yog„ miqdori, yog„ va oqsil, sut miqdori va uning oqsili, yelin rivojlanishi va sut mahsuldorligi o„rtasidagi munosabatlarni inobatga olish kerak. Sigirlarni tirik vazni va sut mahsuldorligi o„rtasida ko„pincha vazni yirik sigirlar ko„proq sut berishi tan olingan. Lekin bu ko„rsatkich turli zotlarda ma‟lum vazngacha ijobiy ta‟sir qiladi. Undai keyin tirik vaznning ortishi sut mahsuldorligiga ijobiy ta‟sir qilavermaydi. Meyordan ortiq vaznga ega sigirlar ko„pincha 1 kg sut ishlab chiqarish uchun ko„proq oziqa birligi sarflashi kuzatiladi. Amalda sigirlar sutining miqdori va uning yog„liligi o„rtasida salbiy korrelyasiya bo„lib u -0,01-0,405, oqsil miqdori bilan -0,2-0,3 ni tashkil qiladi. Ko„pincha naslchilik xo„jaliklarida sutning miqdori va yog„i bo„yicha seleksiya ishlari olib borilganda ular o„rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud bo„lib u 0,41 gacha bo„lishi mumkin. 149 Asosan sutning yog„liligi va oqsil miqdori o„rtasida ijobiy korrelyasiya mavjud. Lekin yuqori mahsuldor sigirlardan iborat podalarda har doim ham yog„ning ko„payishi bilan oqsilning ko„payishi kuzatilmaydi. Shuning uchun bu xo„jaliklarda sutning yog„i va oqsil miqdori bo„yicha, alohida nazorat olib borishni taqozo qiladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi va uning yog„liligi bo„yicha bir taraflama seleksiya olib borish bu ko„rsatkichlar o„rtasida salbiy korrelyasiya nisbatini kamaytiradi. Sigirlarning uzoq yashashi va sut mahsuldorligi o„rtasida doim yuqori ijobiy korrelyasiya kuzatilmay 0,107-0,175 ni tashkil qiladi. Har doim sigirlar yelining rivojlanishi va sut mahsuldorligi o„rtasida ijobiy korrelyasiya kuzatiladi. Qoramollar go„sht mahsuldorligi ko„rsatkichlari o„rtasida qo„yidagicha korrelyativ bog„lanish mavjud: tug„ilganidagi va sutdan chiqqandagi vazn 0,46; tirik vazn va nimtalar vazni 0,45-0,55; o„rtacha kunlik semirish va yakuniy vazn 0,77; onasidan ajratgandagi vazn va sigir sut mahsuldorligi 0,7. Yuqoridagi xulosa qilib korrelyativ bog„lanishlar har doim ham bir xil bo„lmay, muayyan sharoitda o„z xususiyatlariga ega bo„lib seleksiya davomida inobatga olishni taqozo qiladi. Qoramolchilik seleksiyasida jadal natijalarga erishish maqsadga fan va texnikaning oxirgi yutuqlari bo„lgan gen injeneriyasi, immunnogenetika, sitogenetika, homilani ko„chirib o„tkazish va biotexnologiyaning boshqa usullari qo„llanilmoqda. 3.5.1.Qoramolni tanlash. Tanlash xususiyati va ahamiyati. Hayvonlarning mahsuldorlik va nasl xususiyatlarini sun‟iy uslubiy tanlash asosiy omil bo„lib xizmat qiladi, u aniq vazifalarni hal qilishda rejali va maqsadga muvofiq qilib olib boriladi. Umuman olganda sun‟iy va tabiiy tanlash uzviy bog„liq, chunki sun‟iy tanlash najatilari ko„p jihatdan tabiiy tashlashga chambarchas bo„lib, uni ta‟sirida ro„yobga chiqadi. Shuning uchun ba‟zi vaqtda tabiiy tashlashga ijobiy ta‟sir qilsa, qolgan paytlarda salbiy ta‟sir qilishi mumkin. Sutchilik qoramolchiligida tanlash sigirlar sut mahsuldorligi, sut tarkibidagi yog„ va oqsil, laktasiya egri chizig„ining ravonligi, sigirlar yelinining tuzilishi va sut bepush tezligi, 1 kg sut uchun oziqa sarfi, tirik vazn, urchish qobiliyati, ularnint uzoq yashashi hamda kasalliklarga chidamligi inobatga olinadi. Ko„p hollarda sigirlar sutdorligi, sutining yog„liligi va oqsil miqdori bilangina baholanadi. Lekin bunday sharoitda sigirlarning tana tuzilishining benuqsonligi, konstitutsiyasining mustahkamligi e‟tiborga olinishi shart, bunday hayvonlar hayotchan bo„lib o„z belgilarini avlodlariga yaxshi o„tkazadi. Go„shtdor qoramolchilikda esa o„sish jadalligi, go„sht sifatlarining shakllanishi, semirish uchun sarflangan oziqa birligi, tirik vazniga qarab tanlanadi. Iqtisodiy jihatdan jussasi katta hayvonlar samarali bo„lib, ularda muskullar yaxshi 150 rivojlangan bo„lib, yuqori go„sht mahsuldorligiga ega bo„lishi kerak. Hayvonlarni tanlash muayyan sharoitda o„z reja va maqsadlariga ega bo„lib, alohida poda yoki zotni takomillashtirishni maqsad qilib qo„yish kerak, bu borada hayvonlarni oziqlantirish va saqlash, yosh qoramollarni maqsadli o„stirishda alohida o„rin tutadi. Hayvonlar yoshlariga qarab tanlash jarayonida yoshi bilan bog„liq, o„zgarishlar inobatta olinib, bu ko„rsatkichlar qayta takrorlab ko„rilishi shart. Ayniqsa bu omillar qoramollarni bonitirovka qilganda e‟tiborga olinishi shart. Sutdor sigirlarni baholash va tanlash.Naslchilik fermalarida sigirlar o„z mahsuldorligini, tana tuzilishi xususiyatlaridan kelib chiqishi va avlodlarning mahsuldorli ko„rsatkichlari yig„indisiga qarab baholanadi. Shu ko„rsatkichlar asosida sigirlar bonitirovka qilinadi.Tovar xo„jalikda tanlash asosiy ko„rsatkich sut mahsuldorligi olinib, kerak bo„lsa qolgan belgilar ham inobatga olinadi. Bu borada sigirlar sutining miqdori, sut tarkibi yog„ va oqsil miqdoriga qarab tanlanadi. Sigirlar sut mahsuldorligiga qarab baholanganda ularning bir necha laktasiyalarining o„rtacha ko„rsatkichini olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat komplekslari va shaxsiy, fermer xo„jaliklarda sigirlar birinchi tug„imdagi sutdorligiga qarab tanlanadi, chunki bu ko„rsatkich bilan ularning keyingi laktasiyalardagi sut mahsuldorligi bilan yuqori korrelyativ bog„lanish bor. Ko„pincha bunday tanlash maxsus seleksiya fermalarida olib bopilsa yuqori natija beradi. Bunday tanlashni turli mulk shaklidagi sutchilik xo„jaliklarida o„tkazishining to„liq imkoniyati mavjud. Bozor iqtisodiyoti jarayonida sigirlarni oziqaga sut bilan javob berishiga qarab tanlash alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki bu sohada sigirlar o„rtasida farq 30-40% ni tashkil qilib, ularning sutdorligi va oziqa sarfi o„rtasida yuqori korrelyativ (0,8-0,9) bog„lanish mavjud. Ko„pincha sersut sigirlar 1 kg sut uchun kamroq oziqa birligi sarflaydi. Bu esa sutning tannarxini kamaytirishga ijobiy ta‟sir o„tkazadi. Yuqoridagi ko„rsatkichni avloddan-avlodga muqim berilishi e‟tiborga olinsa asosiy belgilardan biriga aylanadi. Buqalar yetishtirish uchun belgilangan sigirlar yuqoridagi ko„rsatkichlarga alohida e‟tiborga olinib, irsiy belgilari bilan bir qatorda turadi. Bunday sigirlarda albatta sersutlik, kam oziqa sarfi bilan uygunlanishi kerak. Naslchilik ishlarida eng ko„p sut bergan laktasiya, hayoti davomida bergan suti bilan birgalikda hisobga olinadi. Naslchilik ishlarida rekordchi sigirlardan zotni takomillashtirishda, yangi qator va oilalar tuzishda keng foydalanishni taqozo qiladi. Lekin bu borada juftlik maqsadga muvofiq bo„lmog„i kerak. Sigirlarni sutining tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdoriga qarab baholash. Laktasiya tahlili, sut miqdorini uning tarkibidagi yog„ va oqsil darajasi bilan bog„lanishga e‟tibor beriladi. Sigirlarning sut mahsuldorligi bilan ularning tirik vazni diqqat e‟tiborda bo„lib, bu ko„rsatkich zot talablari darajasida bo„lishi kerak. 151 Sigirlarni ularning tana tuzilishiga ham alohida etibor beriladi, chunki ko„pincha sut miqdori va uning tarkibiga qarab baholash sigirlar konstitutsiyasini noziklashishiga, bir qator tana kamchliklariga va salomatligini susayishiga sabab bo„ladi. Shuning uchun bu ko„rsatkichlarni baholash bir-biri bilan bog„liq holda olib borilishi shart. Tana tuzilishini baholashda sigirlar sut belgilarini yaxshi rivojlanishi bilan, ularning suyaklarining mustahkamiligi, muskullarining yetarli rivojlanishi va tanasining sut yo„nalishi hayvonlari talablariga to„liq javob berishi kerak. Ayniqsa sanoat texnologiyasi sharoitida sigirlarning tuyoqlari yaxshi rivojlanishiga alohida e‟tibor beriladi. Tana tuzilishida qo„pol kamchiliklar mavjud bo„lsa bunday hayvonlarni naslchilik ishida foydalanish man etiladi. Hozirgi davrda sigirlarni mashinada sog„ishga moslashganligi bo„yicha alohida baholanadi. Bu borada sigirlarniig yelin tuzilishi, uning bo„lmalarining rivojlanishi, yelin so„rg„ichlarining shakli va katta-kichikligi, sut berish tezligi, yelin bo„lmalarining sog„ilish vaqti, yelin indeksi kabilar inobatga olinadi. Yelin indeksi (oldingi bo„lmalar sutini keyingi bo„lmalar sutiga nisbati 42-45%) bo„lishi kerak, yoki sut berish tezligi I,6-I,8 kg/min (1 minutda bergan sut miqdori, kg/min) bo„lgani maqsadga muvofiq. Sigirlar yelini baholash naslchilik xo„jaliklarida, avlodlarning mahsuldorligiga qarab nazorat qiluvchi fermalarda majburiy hisoblanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling