Mardanov Asliddin Xasamiddin o‘g‘lining ilmiy-pedagogik va jamoat ishlaridagi faoliyatiga


Download 7.6 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi7.6 Kb.
#1703424
Bog'liq
Аслидин.тавсиянома


Mardanov Asliddin Xasamiddin o‘g‘lining ilmiy-pedagogik va jamoat ishlaridagi faoliyatiga


TAVSIYANOMA
Mardanov Asliddin Xasamiddin o‘g‘li 1993-yil Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, oilali. 2015-yilda Samarqand davlat universitetining “Mexanika-matematika” fakultetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan. 2017-yilda Samarqand davlat universitetining magistratura bosqichini “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2017-2019-yillar Samarqand davlat arxitektura-qurulish unversiteti “Oliy matematika “ kafedrasida stajyor-o‘qituvchi, 2019-yildan beri Samarqand davlat arxitektura-qurulish universiteti akademik litseyi aniq fanlar kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mana shu yillar davomida A.Mardanov o‘zining mehnatsevarligi, harakatchanligi, jamoat ishlarida faolligi, o‘z ishiga ma’suliyat bilan yondoshishi, rahbariyatning topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib bajarishi bilan jamoasi orasida hurmat qozondi.
A.Mardanov darslariga ijodiy yondoshadi, talabalarga chuqur bilim berishga harakat qiladi, o‘quv mashg‘ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llab olib boradi.
U talaba yoshlarni darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishlari, ularning ma’naviy-ma’rifiy ongini tobora o‘stirib borishlari, milliy g‘oya ruhida tarbiyalash borasida samarali mehnat qilib kelmoqda. Bular orqali u yosh avlodni yetuk, barkamol kadrlar qilib tarbiyalashda o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.
A.Mardanov o‘z ustida tinmay ishlaydi, o‘qib-o‘rganadi, pedagogik mahoratini hamda tadqiqotchilik malakasini oshirib boradi.
A.Mardanov pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy faoliyat bilan birga ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini ham olib boradi. Ilmiy izlanish natijalari hozirgi kunga qadar xalqaro va respublika konferensiya materiallari to‘plamlarida chop etilgan.
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti ma’muriyati Mardanov Asliddinni salohiyatli ilmiy-pedagogik kadr bo‘lib yetishishiga ishonch bildirgan holda uni 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga 2024-yil uchun ajratilgan maqsadli tayanch doktoranturasi (PhD) ga tavsiya etadi.


Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor A.Safarov
Download 7.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling