“Mardlar qo`riqlaydi – Vatanni


Download 28.45 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi28.45 Kb.
#1595187
1   2   3
Bog'liq
14 - yanvar - Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

Raqs ijro etiladi.
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar mana Vatan himoyachilari va Qurolli Kuchlarimiz haqida oz bo`lsa-da ma’lumotga ega ekansiz . Endi Vatan haqida Vatan himoyachilari haqida qanday she’rlar bilasiz.
Bobolar kalomi tilimda doim
Sen uchun yuragim qo`limda doim.
Sog`inaman yurgan yo`limda doim.
Vatan yagonasan, dilimda doim

To jahon bor ekan, hamisha bor bo`l,


Temurning yurtisan, doyim tojdor bo`l
Poyingga baxshida jonimga yor bo`l,
Vatan yagonasan dilimda doim.
Sizda orom qayda, sizda tin qayda,
Siz tuyib uxlagan bitta tun qayda.
El- yurt oromini asragan zotlar,
El- mehri asrasin sizni har joyda.

Yo`llar ravon bo`lsin , yo`llar oq bo`lsin,


Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar ,
Pokligingiz sizga ko`zmunchoq bo`lsin.
Sizni uchrataman tog`da dalada,
Xizmatda hamisha ,qorda jalada .
Sizga sabot bo`lsin, sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada.

Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz,


Uydan omo chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulig` bo`lsin , ko`ksi ulug` bo`lsin,
Xonadonongiz-u mamlakatingiz.
Qo`shiq. “O`zbekiston”
O`qituvchi:
Bugungi kunda shuni to`la ishinch bilab aytish mumkinki, milliy armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg`or tajribalarini o`zida mujassam etgan bo`lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda.
Sahna ko`rinish “Farzandni harbiy xizmatga borishi” haqida.
O`quvchi
Har bir yosh yigit va o`g`lonlar Vatan oldidagi muqaddas burchini bir daqiqa bo`lsa ham unutmasalar, shijoat bilan o`tamog`i zarur.

Negaki har bir inson tug`ilib o`sgan yurtini, uning har qarich yerini ardoqlashi, himoya qilishi kerak.


Raqs ijro etiladi.

Kimga dasht boshpana, kimgadir gulzor


Har kimning sig`ingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprog`i ko`zga tutiyo
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.

Ko`nglimning gavhari shu aziz maskan,


Fidodir hamisha unga jonu tan .
Otalar himmatin yodi mash’ali,
Onalar oq suti hurmati –Vatan.


O`qituvchi:
Aziz o`quvchilar !Hurmarli tadbirimiz mehmonlari ! Mana bugungi tadbirimiz davomida biz Vatan posbonlari va Vatanimizni ardoqlash haqida she’r-u qo`shiqlarni tingladik.
Kimki, Vatan ravnaqiga hissa qo`shsa, u haqiqiy insondir. Bu fazilati farzandlarining kamoli, yurtning farovonligidan dalolat beradi. Shuning bilan bugungi ma’naviy- tarbiyaviy tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi.



Download 28.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling