O'zbek rassomlari va kompozitorlari


Download 424.31 Kb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1337172
  1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek rassomlari va kompozitorlari

O'zbek rassomlari va kompozitorlari

Sobir Boboyev (1920.30.12, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1949). 1943—47 yillari Oʻzbekiston radiosi xorida ishlagan. Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasining raisi (194855, 196065, 198185), Samarqand opera va balet teatrida badiiy rahbar va direktor (1966—69), Oʻzbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1972—76). 3 opera — "Hamza" (K. Yashin, 1961), "Yoriltosh" (Sh. Saʼdulla, 1967, birinchi oʻzbek bolalar operasi), "Fidoyilar" (Sh. Saʼdulla, 1972, 2tahriri 1984); 8 musiqali drama va komediya, jumladan "Dalada bayram" (Sh. Saʼdulla dramasi, D. Zokirov bilan hamkorliqda, 1954), "Vatan ishqi" (Sh. Saʼdulla, Z. Fatxullin, 1957), "Ikki bilaguzuk" (Sh. Saʼdulla, 1963), "Muhabbat qoʻshigʻi" (P. Tlegenov, 1980) va boshqa; kantata, orkestr asarlari, Navoiy, Mashrab, Nodira hamda zamonaviy oʻzbek shoirlari gʻazallariga romans va qoʻshiklar bastalagan.[

Lutfulla Abdullayevich Abdullayev (1912.25.10, Mirzachoʻl −2000.2.10, Tosh-kent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950). Samarqand badiiy bilim yurtida taʼlim olgan (1930 — 35). Toshkent badiiy bilim yurtida oʻqituvchi (1935 — 37). A. asarlari dolzarb, maz-munli, gʻoyaviy va murakkab syujetli, jonli va yorqin obrazlarga boy. „Mulla Toʻychi Toshmuhamedov portreti“ (1938), „Qahramonni kutib olish“ (1947), „Doʻstlarning uchrashuvi“ (1961) va boshqa Hajviy karikaturalari „Mushtum“ jur.da muntazam bosilgan. 15 dan ortiq kito-blarni badiiy bezadi: A. Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ tarixiy romani (1961, rus tilida), Oybekning „Bolalik“ (1963), F. Gʻulomning „Shum bola“ (1964) qissalari va boshqa „Osiyo ustida boʻron“, „Oʻtgan kunlar“, „Mehrobdan chayon“ va boshqa filmlarga liboslar eskizlarini tayyorladi. Oʻzbekiston tabiati aks et-gan manzaralar, agitplakatlar (ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillarida), portretlar („Navoiy nomidagi teatr qurilishida“, 40-yillar, „Mening zamondoshlarim — adabi-yot va sanʼat arboblari“ — guruh por-tretlari, 1989) ham yaratdi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etil-gan. A. Qodiriy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1995). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling