O'zbek rassomlari va kompozitorlari


Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich


Download 424.31 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1337172
1   2   3   4
Bog'liq
O\'zbek rassomlari va kompozitorlari

Abdullayev Abdulhaq Oqsoqolovich (1918.30.12, Turkiston shahri) — rangtasvir ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1968), Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi faxriy aʼzosi (1997). Samarqand badiiy bilim yurtida (1931 — 36) va Moskva badiiy institutida (1938 — 41) taʼlim olgan. Ijodini manzara va portretlar chizish bilan boshlagan („Hovuz boʻyida“, 1932; „Yoz“, 1937; „Doʻstim por-treti“, 1937). Kishilarning holat va kayfiyati, maʼnaviy, yorkin qiyofalari mohirona ifodalangan portretlari bilan mashhur: „Abror Hidoyatov Otello roli-da“ (1946), „Mannon Uygʻur“ (1946), „Oy-bek“ (1949), „Nazarali Niyozov“ (1949), „Jiyan Shahlo“ (1959), „Komil Yashin“ (1960), „Navoiy“ (1973), „YO. Toʻraqulov“ (1975), „O. Sodiqov“ (1978) va boshqa; shu-ningdek ruhiy dunyosi va kechinmalari ifodali tasvirlangan („Muallif por-4treti“, 1937; „Muallifning qirgʻiz qalpok kiygan portreti“, 1980; "Mu-allifning 15-asr kiyimidagi portreti, 1984 va boshqalar) bir qator avtoportretlar ham yaratdi. Manzaralar („Yomgʻirdan soʻng“, 1954; „Bahor keldi“, 1955; „Xumsonda“, 1961 va boshqalar), natyurmortlar („Olma“, 1962; „Uzum va shaftoli“, „Qovun bilan xandalak“, 80-yillar va boshqalar) muallifi. 1957-yil Hindiston safari taassurotlari asosida bu oʻlka manzaralari („Tongda Tojmahal“), kishilari (I. Gandi, S. Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. 80-yillarda Oʻzbekistonning mashhur kishilarining portretlarini ishladi. Asarlari xalqaro koʻrgazmalarda namoyish kilingan. 

Chingiz Gabdurahmonovich Ahmarov (1912.18.8, Troitsk shahri, hozirgi Chelyabinsk viloyati — 1995.13.5, Toshkent) — monumentalist rassomOʻzbekiston xalq rassomi (1964). Ijodida Sharq minia-tyu-rasi anʼanalarini davom ettirib, milliy musavvirlik maktabini yaratdi. Perm badiiy texnikumida (1927-30), V. Surikov nomidagi Moskva badiiy institutida (1935-42) taʼlim olgan. A. oʻzbek tasviriy sanʼatining milliy oʻziga xosligi borasida xalqning boy va goʻzal badiiy merosining ilgʻor anʼanalarini hozirgi zamon sanʼatiga ijodiy singdirishda faol xizmat qildi. Asarlarida ijodkorlik ruhi bilan yashayotgan zamon-doshlarining goʻzal va yoqimtoy, tabiati murakkab va nafis qiyofalari tasvirla-nadi. Ijodini 30- yillarda dastgoh ras-somligi va grafika sohasida asarlar yaratish bilan boshlagan (Sh. Sulaymonning „Li Chu“ kitobini bezagan, 1934; „Mushtum“, „Mash’ala“ jurnallari uchun rasmlar chizgan; „Qiz portreti“, „Bola portreti“, „Akam portreti“ va boshqalar). 2- jahon urushi yillarida vatanparvarlik ruhidagi asarlarni yaratdi („Oʻzbekiston qilichi“ triptixi, 1942). Dastlab Navo-iy teatri foyesiga Navoiy „Hamsa“si mavzulari asosida mahobatli devoriy rasmlarni (1944 — 47) ishladi. Shu davrdan boshlab Sharq mavzui A. ijodidan keng oʻrin oldi


Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling