“Mardlar qo`riqlaydi – Vatanni
Download 28.45 Kb.
|
14 - yanvar - Mardlar qo’riqlaydi Vatanni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`shiq. “O`zbekiston” O`qituvchi
- Sahna ko`rinish “Farzandni harbiy xizmatga borishi” haqida. O`quvchi
- Raqs ijro etiladi.
Raqs ijro etiladi.
O`qituvchi: Hurmatli o`quvchilar mana Vatan himoyachilari va Qurolli Kuchlarimiz haqida oz bo`lsa-da ma’lumotga ega ekansiz . Endi Vatan haqida Vatan himoyachilari haqida qanday she’rlar bilasiz. Bobolar kalomi tilimda doim Sen uchun yuragim qo`limda doim. Sog`inaman yurgan yo`limda doim. Vatan yagonasan, dilimda doim To jahon bor ekan, hamisha bor bo`l, Temurning yurtisan, doyim tojdor bo`l Poyingga baxshida jonimga yor bo`l, Vatan yagonasan dilimda doim. Sizda orom qayda, sizda tin qayda, Siz tuyib uxlagan bitta tun qayda. El- yurt oromini asragan zotlar, El- mehri asrasin sizni har joyda. Yo`llar ravon bo`lsin , yo`llar oq bo`lsin, Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin. Burchga sadoqatli ey fidoyilar , Pokligingiz sizga ko`zmunchoq bo`lsin. Sizni uchrataman tog`da dalada, Xizmatda hamisha ,qorda jalada . Sizga sabot bo`lsin, sizga kuch bersin, Buyuk zotlar ruhi shunday pallada. Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz, Uydan omo chiqib, omon qaytingiz. Rizqi ulig` bo`lsin , ko`ksi ulug` bo`lsin, Xonadonongiz-u mamlakatingiz. Qo`shiq. “O`zbekiston” O`qituvchi: Bugungi kunda shuni to`la ishinch bilab aytish mumkinki, milliy armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg`or tajribalarini o`zida mujassam etgan bo`lib, ayni paytda milliy jangovar an’analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda. Sahna ko`rinish “Farzandni harbiy xizmatga borishi” haqida. O`quvchi Har bir yosh yigit va o`g`lonlar Vatan oldidagi muqaddas burchini bir daqiqa bo`lsa ham unutmasalar, shijoat bilan o`tamog`i zarur. Negaki har bir inson tug`ilib o`sgan yurtini, uning har qarich yerini ardoqlashi, himoya qilishi kerak. Raqs ijro etiladi. Kimga dasht boshpana, kimgadir gulzor Har kimning sig`ingan sajdagohi bor. Har hovuch tuprog`i ko`zga tutiyo Biz uchun qadrdon shu aziz diyor. Ko`nglimning gavhari shu aziz maskan, Fidodir hamisha unga jonu tan . Otalar himmatin yodi mash’ali, Onalar oq suti hurmati –Vatan. O`qituvchi: Aziz o`quvchilar !Hurmarli tadbirimiz mehmonlari ! Mana bugungi tadbirimiz davomida biz Vatan posbonlari va Vatanimizni ardoqlash haqida she’r-u qo`shiqlarni tingladik. Kimki, Vatan ravnaqiga hissa qo`shsa, u haqiqiy insondir. Bu fazilati farzandlarining kamoli, yurtning farovonligidan dalolat beradi. Shuning bilan bugungi ma’naviy- tarbiyaviy tadbirimiz o`z nihoyasiga yetdi. Download 28.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling