Marg‘ilon turizm va servis kollejining 2021-yil uchun tuzilgan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali ko‘rsatkichlariga Asosnoma Umumiy ko‘rsatkichlar
Ushbu shtat birliklari lavozim maoshlari
Download 17.62 Kb.
|
1 2
Bog'liq8.Marg\'ilon turizm va servis kolleji Asosnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kollej direktori R.A.Sarimsoqov Bosh hisobchi D.X.Otaboyev
Ushbu shtat birliklari lavozim maoshlari:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabati vazirliklarining (2020-yil 30-yanvardagi 11-Q-Q-son, 2020-yil 30-yanvar 3-2020-Q/Q-son) qo‘shma qarorlari bilan tasdiqlangan O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlaridan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 23-dekabrdago 81-02-808-son hamda Moliya vazirligining 2020-yil 23-dekabrdagi 12-05-32/1056-sonli qo‘shma taklifi bilan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 30-dekabrdagi 8-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Namunaviy shtatlar me’yoriy qo‘llanmasiga” yangi kiritilgan shtat birliklari uchun ish haqi hisoblashda lozim bo‘lgan me’yorlariga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining 1-ilovasi, Ishchilarning asosiy kasblari tasnifida belgilangan lavozim razryadi mezonlariga; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-sonli qarori 4-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlari mezonlariga muvofiq belgilandi. Kollej yuriskonsulti lavozimi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadi Marg‘ilon shahri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-sentyabrdagi 459-sonli qarori 6-ilovasi 1-guruh tarkibiga kiritilganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 250-sonli qarori 1b-ilovasiga asosan 8-razryad belgilandi va kollej ish hajmi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib 0,5 stavka kiritildi. Mazkur asosnomaga kollejning xo‘jalik ko‘rsatkichlari va xarajatlar smetasiga hisob-kitoblar ilova qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 187, 188 va 192-moddalari bilan tanishganmiz. 2021-yil uchun tuzilgan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali tuzilishi uchun taqdim etilgan ma’lumotlarni haqqoniyligini tasdiqlaymiz. 2021-yil uchun byudjetdan ajratilgan mablag‘larni muddatida va maqsadli ishlatilishiga, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib belgilangan muddatda buyurtmanomalarni shakllantirish va davlat xaridlari maxsus axborot portaliga joylashtirilishiga, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun va qonunosti hujjatlariga qat’iy amal qilgan holda ish yuritishga, smeta va shtat intizomiga rioya etilishiga kafolat beramiz. Kollej direktori R.A.Sarimsoqov Bosh hisobchi D.X.Otaboyev Download 17.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling