Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Tajriba tavsifi va kengligining o‘lchovi


Download 51.4 Kb.
bet4/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)

Tajriba tavsifi va kengligining o‘lchovi

Har qanday fanning mazmunini egallayotgan kasb xususiyatlariga mos ob’ekt, jarayon va faoliyat uslublari to‘g‘risidagi ma’lum axborotlar majmui tashkil etadi. O‘quv predmetlari va ob’ektlari tarkibining faoliyat uslublari va jarayonlari bilan farqlanadi, garchi ba’zi fanlar umumiy ob’ekt, hodisa yoki faoliyat uslubiga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan holda ular o‘rtasidagi fanlararo aloqa to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin.

Mavjud bo‘lgan hodisa, uslub yoki ob’ektlar to‘g‘risidagi ma’lum sohaga tegishli axborotlar qaralayotgan fan sohasini ifodalaydi. Bugungi kundagi misli ko‘rilmagan sur’atlarda o‘sib borayotgan axborot hajmini o‘zlashtirib ulgurishga inson qodir emas, biroq o‘rganilayotgan sohaga oid fikrlash hamda faoliyat uslublarini egallash mumkin. Buning uchun to‘laqonli hamda anglangan faoliyat olib borishni ta’minlay oluvchi, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida mustaqil o‘rganish uchun asos yaratuvchi ahamiyatga molik ob’ektlar fan mazmunidan ajratib olinishi lozim bo‘ladi. Fan yutuqlaridan kelib chiqib o‘quv predmetiga aniq yo‘naltirilgan materiallar mazmunini shu yo‘sinda tashkil qilishning asosiy mezoni sifatida umumta’lim maktablarini ma’lum kasbiy yoki boshqa yo‘nalishlar bilan differensiallash qabul qilinishi lozim. Fandan kelib chiqib o‘quv predmeti va faoliyat uslublarini «o‘quv elementi»(O‘E) degan umumiy atama bilan ifodalab olamiz. Har qanday o‘quv dasturi O‘Edan iborat bo‘ladi, o‘quv predmetlari O‘E tarkibi hamda miqdori bilan o‘zaro farqlanadi.

Bugungi kunda o‘quv dasturlarini yaratishda ham to‘laqonli bo‘lmagan differensiallashgan O‘Ening yozma tavsiflash usulidan foydalaniladi. Bu dasturning yakunlaganligi tahlilini murakkablashtiradi, unga kiritilgan material hajmi va murakkabligini aniqlashni qiyinlashtiradi. Bunda dastur tuzuvchi dasturga kiritilayotgan har bir O‘Eni asoslab berishi lozim bo‘ladi. Uning uchun esa dasturni tuzish va tahlil qilishda tarkibiga kiruvchi O‘Elarining to‘laqonli va o‘zaro bog‘liqlikda ifodalanishiga erishish lozim. Ushbu talabga ta’lim mazmuni mantiqiy tuzilmasini qurish uslubi javob bera oladi.

Tahsil oluvchi mehnat faoliyatida yuzaga keladigan hamda o‘quv predmeti vositalari yordamida hal etiladigan masalalar tahlili:

1-jadval


Tahsil oluvchi mehnat faoliyati turlarining nomlanishi (kasbga yo‘naltirish bo‘yicha)

Tahsil oluvchilar tomonidan bajariladigan mehnat va muomala munosabatlari

Predmet vositalari yordamida hal etiladigan masalalar (mazkur fanga oid bilimlar asosida)


Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling