Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Jadvalni faqatgina umumta’limiy tayyorgarlikning umumiy maqsadi


Download 51.4 Kb.
bet5/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)

Jadvalni faqatgina umumta’limiy tayyorgarlikning umumiy maqsadi aniq ifodalanib ajratib olinganda va bitiruvchining kelajakdagi mehnat faoliyati belgilangandagina to‘g‘ri ishlab chiqish mumkin. Maktab pedagogik tizimining barcha bosqichlarida ta’lim mazmunini bunday maqsadga muvofiq tahlil qilish yo‘nalishi bo‘lib, tahsil oluvchi bajaradigan mehnat operatsiyalarining tavsifi va bunda bajariladigan mehnat vazifalarini ifodalovchi ma’lumotlar ro‘yxatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga amal qilinishini ta’minlaydi. Bu ma’noda pedagogik texnologiya tashhisli maqsadni belgilashning barcha jarayonlari negizida yotuvchi ta’lim-tarbiya maqsadlarining ijtimoiy maqsadga muvofiqligi inobatga olinishi lozim. Ushbu mezon, ayniqsa, izchil, uzluksiz ta’limni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlangan shaxsni tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim maqsadlarining asoslaganligi yoki ijtimoiy maqsadga muvofiqligi mezoni ta’limning har bir bosqichi uchun tahsil oluvchi faoliyati istiqbolini o‘zida aks ettiruvchi nazarda tutilgan o‘smir saviyasi hamda «ijtimoiy buyurtma»ga mos keluvchi ta’lim maqsadlarining belgilanishi bilan ifodalanadi. Bunday yondoshish maktab ta’limi o‘quv rejasining bosqichi o‘quv predmetlari bo‘yicha ham tubdan o‘zgartirishga yordam beradi.


Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling