Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»


Ta’lim texnologiyasi va unga qo‘yilgan asosiy talablar


Download 51.4 Kb.
bet6/8
Sana09.01.2022
Hajmi51.4 Kb.
#268800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marimov I (2)

3.Ta’lim texnologiyasi va unga qo‘yilgan asosiy talablar.

Endilikda fan, texnika va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv-tarbiya jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar egallanayotgan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlari qidirib topishlari, mustaqil o‘rganib, ularni taxlil qilishlari, o‘z bilimlarini baxolashlari, to‘g‘ri xulosalar chiqarishga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shahs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab sinf (kurs)doshlari bilan o‘zaro xamkorlikda ishlash va xarakat qilishlariga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchi markaziy ishtiroqchiga aylanadi.
Pedagog-olimlarning ko‘p yillar davomida ta’lim tizimida:

Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? - degan savolga xam javob qidirdilar.

Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayonini texnologiyalash- tirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi.

Bunday fikrning tug‘ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.

Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga aloxida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi kuyidagilardir:

Birinchidai, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga aloxida e’tibor qaratilgan bo‘lib, pedagogik texnologiyalardan foydalanish shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiya ukiguvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxie tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi.

Turtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot texnologiyalarning usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli ularning qo‘llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.

O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, o‘quvchidan kuprok mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni talab etadi.

Xar qanday pedagogik texnologiyaning o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llanilishi shahs tabiatidan kelib chikkan xolda o‘quvchini kim o‘qitayotganligi va o‘qituvchi kimni o‘qitayotganiga bog‘liq.

Pedagogik texnologiya asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yoshlarning muxim xayotiy yutuk va muammolariga uz munoeabatlarini bildirishlariga intilishlarini kondirib, ularni fikrlashga, uz nuktai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.

Xrzirgi davrda sodir bulayotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni xal etish uchun yangi axborotni uzlashtiradigan va uzlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baxolashga kodir bo‘lgan, zarur karorlar kabul kiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

SHuning uchun xam ta’lim muassasalarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari, ya’ni interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning urni va axamiyati bekiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Har-bir darsni yaxlit xolatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bulajak dars jarayonini loyixalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta axamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi xar bir mavzu, xar bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va extiyojidan kelib chikkan xolda tuziladi.

Texnologik xaritani tuzish oson ish emas, chunki bu ish uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p uslub va usullarni bilishi kerak. Har bir darsning rang-barang, «qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.

Darsning texnologik xaritasini qanday kurinish (yoki shakl)da tuzish, o‘qituvchining tajribasi, ko‘ygan maqsadi va ixtiyoriga bog‘liq. Hozirgi kunda o‘quv jarayonini loyixalashtirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida bir necha shakl, mazmundash texnologik xaritalar mavjud. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin, unda dars jarayoni yaxlit xolda aks etgan bo‘lishi xamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi tulik o‘z ifodasini topgan bo‘lishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o‘qituvchini dars uchun kengaytirilgan konspekt yozishdan xalos etadi, chunki bunday xaritada dars jarayonining xamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha kirralariuz aksini topadi. Biz kup yillik tajribaga, izlanishlar, tadkikotlar, sinovlar va ularning natijalariga asoslangan xolda o‘quv jarayonini loyixalashtirish texnologik xaritasining bir necha kurinishini tavsiya etamiz.

O‘qituvchi o‘qitayotgan fanining xar-bir mavzusi, xar-bir dars mashg‘uloti bo‘yicha tuzgan texnologik xaritasi, unga fan (yoki predmet)ni yaxlit hoda tasavvur etib yondashishga, tushunishiga, yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi, maqsadida tortib, oladigan natijasini ko‘ra olishiga yordam beradi.

O‘quv jarayonining asosiy figurasi hisoblangan o‘quvchini shahs sifatida hurmat qilgan holda-dars mavzusi bo‘yicha texnologik xaritaning tuzilishi (o‘quvchi darsga kirganda o‘z partasi ustida bugungi darsning mazmuni, uning qanday utishi va u o‘quvchi sifatida qanday faoliyat turlarida, amaliy ishlarda ishtiroq etishi, qanday baholanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rishi) esa uning o‘quv predmeti va darsga motivatsiyasini oshiradi.

Xulosa kilib aytadigan bulsak, hozirgi kunda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda, o‘qituvchi va o‘quvchilarni belgilangan maqsad sari aniq natijaga erishishlaridagi faoliyatlarini tizimlashtirishda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining mazmunini tulik uzlashtirishga erishishlarida, o‘quv jarayonining xdr bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligini belgilashda texnologik xarita yaxlit o‘quv jarayonini aks ettiruvchi me’yoriy hujjat hisoblanadi.

Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki, oldindan puxta loyixdlashtirilgan dars, albatga, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shunindek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi


Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling