Marimov ilyosbek murodovich kurs ishi mavzu: Ta’lim-tarbiya maqsadini tashxisli belgilash. Buxoro 2021 y. «Tasdiqlayman»
I-BOB. Pedagogik texnologiyaning mazmunini va uni amalga oshirish ketma-ketligi
Download 51.4 Kb.
|
Marimov I (2)
I-BOB. Pedagogik texnologiyaning mazmunini va uni amalga oshirish ketma-ketligi.
1.Pedagogik texnologiyaning mazmunini ifodalanishi. Har qanday didaktik vazifa mos ravishdagi ta’lim texnologiyasi yordamida hal etiladi, uning bir butunligi esa uchta (tashkiliy shakl, didaktik jarayon hamda o‘qituvchi malakasining o‘zaro bog‘langan) ishlanmasi asosida ta’minlanadi. Pedagogik tadqiqot va ishlanmalar, demakki, umumiy olingan pedagogik texnologiyaning asl mazmuni quyidagi holatlarda ifodalanadi:
Ta’lim oluvchi tomonidan fanni o‘zlashtirishda tashhisli maqsadni belgilash hamda o‘zlashtirish darajasini haqqoniy nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. To‘rtinchidan, pedagogik texnologiya ma’lum pedagogik tizim loyihasi. Uni ishlab chiqish va amalga oshirishning muhim mezoni – umumta’lim-tarbiya jarayonlari tuzilmasining mazmun jihatidan bir butun ekanligi to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirishdir. Bir butunlilik mezoni bo‘lajak ilg‘or pedagogik tizimni loyihalashda pedagogik tizim barcha elementlarining gorizantal ravishda bir o‘quv davri–chorak, semestr yoki o‘quv yili mobaynida; vertikal ravishda - butun ta’lim davri mobaynidagi o‘zaro uyg‘un ta’sirlanuvini ifodalaydi. Bunda pedagogik tizimning bitta elementiga uning qolgan elementlarini moslashtirmasdan turib o‘zgartirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ta’lim maqsadlarini o‘zlashtirgan holda uning mazmunini o‘zgartirishni yoki ta’lim jarayonini, uning mazmuni o‘zgartirilmay qoldirilgan holatlar yuqoridagi fikrimizni isbotlaydi. Bunday shakldagi pedagogik texnologiyalarning hayotiy emasligini o‘quv rejalari hamda dasturlarini bir necha bor qayta tuzishda olingan natijalar tasdiqlab turibdi. Pedagogik tizimni bir butun holatda loyihalash o‘quv yurtlari uchun ta’lim oluvchilarni tarbiyalashning ma’lum xususiyatlarini kafolatlovchi nisbatan turg‘un uslubiy hujjatga ega bo‘lish imkonini beradi. Download 51.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling