Mark tven tom soyerning boshidan kechirganlari qiss a
URUSH VA SEVGI BILAN MASHG'UL BO'LISH
Download 312.66 Kb.
|
MARK TVEN TOM SOYERNING BOSHIDAN KECHIRGANLARI
UCHINCHI BOB
URUSH VA SEVGI BILAN MASHG'UL BO'LISH Tom Polli xolaning oldiga kelganida, xolasi ham yotoqxona, ham ovqatxona, ham ishxona bo'lib xizmat etadigan orqa tomondagi bejirim bo'lmaning lang ochiq derazasi yonida o'tirar edi. Barakali yoz havosi uyda hukm surgan jimjitlik, gullarning xushbo'y hidlari, asalarilarning allalovchi g'o'ng'irlashlari Polli xolaga o'z ta'sirini o'tkazar edi: u to'qib o'tirgan ishi ustidan mudrab o'tirar, birdan-bir sherigi bo'lgan mushuk ham uning tizzasida pinakka ketgan edi. Uning ehtiyotdan peshonasiga ko'tarib qo'ygan ko'zoynagi ustiga oq sochlari tushib turar edi. Tomning allaqachon qochib ketganiga u albatta ishongan va Tomning qachon qo'lga tushishini bilgisi kelardi. Birdaniga Tomning ovozi eshitilib qoldi: Men endi o'ynagani borsam maylimi? Nima uchun? Darrov-a? Xo'sh, qancha joyni oqartirding? Hammasi bo'ldi, xola. Tom! Aldama! Men yolg'onni yomon ko'raman! Yolg'on so'zlayotganim yo'q, xola, buyurgan ishingizning hammasi tamom bo'ldi. Polli xola ishonmadi. U borib, o'z ko'zi bilan o'rib kelish uchun ketdi; u Tom aytgan so'zning loaqal yigirma foizi rost chiqsa ham juda xursand bo'lur edi. U borib ko'rarkan, devorning hammasi boshdan - oyoq juda yaxshilab - qalin qilib oqlanganiga, hatto devorning ostidagi yerga ham ko'ndalangiga oq tasma tushirilganiga juda hayron qoldi. - Obbo, azamatey, men hecham bunday bo'lar, deb o'ylamagan edim... Tom, men senga insof bilan aytishim kerak, agar sen sidqidil ishlasang, har qanday ishni ham eplay olar ekansan. - Shu yerda u maqtovning hovrini biroz pasaytirmoqchi bo'ldi va ilova qildi: - Lekin bu g'ayratingni kamdan-kam ko'rsatasan. Buni aytib o'tish kerak. Bor, o'yna, faqat shuni bilgin, uyga kech qolmay, vaqtida yetib kel, bo'lmasa men seni... Polk xola uning g'ayratidan shunday shodlangan edim, uni qaznoqqa olib kirib, halollik bilan ishlashning o'z lazzati bo'lishi haqida uzoq so'zlab, unga eng yaxshi olmadan bittasini tanlab berdi. Tom esa shu orada xolasiga ko'rsatmay, shirin nondan bittasini o'g'irlab oldi. U yugurganicha tashqariga chiqqan edi, Sidni o'rib qoldi. Sid endigina zinadan chiqib bormoqda edi. Bu zina binoning tashqarisida bo'lib, yuqori qavatning orqa tomonidagi uylarga olib chiqardi. Tomning qo'lida otishga chog'langan bir qancha kesak bo'lib, darhol ularni ota boshladi. Bu kesaklar Sidning ustiga do'ldek yog'ildi. Polli xola kelib ajratib olguncha, Tomning kesagi Sidga kelib tegdi, Tom esa devordan oshib, qochib qoldi. Hovlidan chiqadigan kichkina eshik ham bor edi, lekin unga tezda yetib olishga Tomning fursati bo'lmadi. Endi u Sidni urib, bir vaqtlar Polli xolaga yoqasidagi qora ipni ko'rsatib chaqqani uchun qasdini olganidan yuragi quvonch bilan to'ldi. Tom butun binoni aylanib o'tib, bir iflos yo'lga chiqib oldi. Bu yo'l Polli xolaning molxonasi orqasida edi. Endi u tamom xotirjamlik bilan borar, chunki bu yerda uni yana tutib olish xavfl yo'q edi. Shuning uchun u shahar bozoriga, ya'ni o'z o'rtoqlari bilan ilgaridan maslahatlashib qo'ygan yerga qarab jo'nadi; bu joyda hozir mushtlashish uchun bolalarning jangovar ikki otryadi to'plangan edi. Bu armiyalardan biriga Tom, ikkinchisiga esa uning qadrdon do'sti Jo Garper degan bola qo'mondonlik qilardi. Bu ikkala ulug' harbiy bosliliq bir-birlari bilan shaxsan olishmaguncha, bir-birovlariga yo'l bermas edilar, ko'pincha, mayda askarlar olishar, komandirlar esa ikki tepaning ustida o'z yordamchilari orqali buyruqlar berib turar edilar. Ancha uzoq va og'ir olishuvlardan keyin Tomning askari yengib chiqdi. So'ngra ikkala qo'shin ham o'z askarlari orasidan «o'lgan»larni sanab chiqdilar, asirlarni ayirboshladilar, kelgusi ixtiloflar to'g'risida yaiigi bitimga keldilar va keyiagi, qat'iy jangkunini belgiladilar. Keyin jangchilar saflarga tizilishib, tantanali «marsh» bilan jang maydonidan chiqib ketdilar. Tom uyga yolg'iz o'zi ketdi. Jeff Techer yashab turgan uyning yonidan o'tib borar ekan, Torn shu yerdagi bog' ichida notanish bir qizga ko'zi tushdi. Bu qiz - oltindek sap-sariq sochlarini ikki o'rim qilib, orqasiga tashlagan, ko'k ko'zli, yozlik oq nafis ko'ylak va guldor ishton kiygan chiroylik bir qizaloq edi. Hozirgina shuhrat qozongan qaliramon uning qarshisida jangsiz yengildi. Emmi Lorensin degan qiz uning qalbida hatto iz hani qoldirniasdan shu soatdayoq yodidan ko'tarildi. U esa Emmi Lorensin haddan tashqari sevaman, hurmat qilaman, deb faraz qilar edi! Bu yerda haddan tashqari aldanishdan boshqa narsa yo'q ekan. Bir necha oy urinib, Tom uning sevgisiga muvaffaq bo'ldi. Qiz bundan faqat bir hafta burungina unga muhabbat qo'yganiga iqror bo'ldi. Shu qisqagina muddat - yetti kun ichida u o'zini mag'rurlik bilan dunyoda eng baxtli bola, deb hisoblab yurdi, mana endi ular bir lahza tasodifiy mehmondek uning xotiridan ko'tarildi. Tom sekin-asta, sezdirmasdan bu qizga mahhyo bo'hb tikilib qaray boshladi. Bir vaqt uning ham o'ziga ko'zi tushganini payqab qoldi. Shunda Tom, go'yo bu qizni ko'rmagandek bo'lib va o'z ko'nglida bu qizga o'z «epchilligi»ni ko'rsatish niyatida har xil o'xshovsiz qiliq va harakatlar qila boshladi. Odatda, bolalar birovga yoqmoqchi bo'lganlarida shunday harakatlar qiladilar. Shunday ajoyib fokuslarni birmuncha vaqt davoni etdirgandan keyin, Tom o'zining qandaydir xavfli gimnastika harakatlari orasida qiz tomonga ko'z tashlab uning burilib ketayotganini ko'rdi. Tom bundan xafa bo'lib, devor yoniga yaqinlashib keldi; u qizning biroz bo'lsa ham shu yerda, bog'da yurishini istar edi. Qiz chindan ham ostona oldida biroz to'xtab turdida, keyin eshikka tomon yo'naldi. Qiz, oyog'ini eshik ostonasiga qo'yar ekan, Tom og'ir bir xo'rsinib qo'ydi, biroq birdan uning yuzmi yana shodlik qopladi. Qiz eshik orqasiga o'zini olmasdan burun, u yoq-bu yoqqa alanglab qaradi-da, qo'lidagi gulni devordan oshirib unga tashladi. Tom yugurganicha borib, gul yotgan yerdan ikki qadam berida to'xtadi va qo'lini ko'zlari ustiga tutib, biror qiziq narsa ko'rgandek, ko'cha tomonga tikilib qaray boshladi. Keyin u yerdan bir cho'pni olib, burni ustiga qo'ydi va uni tushirmaslik uchun boshini orqasiga tashlab, gavdasini u yoq-bu yoqqa tebratdi-da, sekin-asta gulga yaqin bora boshladi. U shu tariqa yurib borarkan, gulga yondashib, uni oyog'i bilan bosib oldi va gulni sekingina oyoq panjalari orasiga qisib, bir oyoqlab sakray-sakray, qhnmatli hadyashii oldi va burchakdan burilib, ko'zdang'oyib bo'ldi. Uning ko'zdan yo'qolishi uzoq davom etmadi; u burchak orqasiga o'tib, nimchasining tugmalarini yechib, gulni ko'kragiga, ya'ni yuragiga, balki qorniga yaqinroq yerga (chunki u, anatomiya bilimidan xabarsiz edi) yashirish uchun qancha vaqt kerak bo'lsa, shuncha vaqt ko'rinmay turdi. Keyin u yana qaytib kehb, o'sha kuni kechgacha har xil nayrangbozliklar ko'rsatib yurdi. Garchi Tom: «Qiz biror derazadan bekinib qarab turgandir», degan umid bilan o'zini ovitib, har xil o'yinlar ko'rsatsa hamki, qiz qaytib ko'rinmadi. Nihoyat, Tom bechora tamom umidsizlanib, bosbi har xil sbirin xayollar va orzular bilau to'lgani bolda noiloj uyiga qaytib keldi. Kechki ovqat ustida u butunlay xayolga cho'inib, sbunday bayajonli bir bolatda o'tirdiki, xolasi uning ahvolini o'rib: «Bu bolaga nima bo'ldi ekan?» deb bayron qoldi. Sidga kesak otgani uchun uni juda qattiq koyidi, biroq u bundan sira xafa bo'hnagandek ko'rinar edi. U xolasining ko'zi oldida bir bo'lak qandni sekingina ibb olnioqcbi bo'lgan edi, xolasi uning qo'liga bir urdi. Tom, xafa bo'lmadi, faqat:
Xola, Sid ham qandingizdan oldi-ku, uni nega urmaysiz? - deb qo'ydi. Sid seuga o'xsbab, badeb bosbqalarni qiynayvermaydi. Agar men bo'bnasam, sen qantdonningichidan qo'Ungni obnas eding. Xolasi osbxonaga qarab ketdi, Sid esa o'zining jazolanmaganidan xursand bo'lib, shu zamon Tomning g'ashiga tegdi-da, qo'lini qantdonga cho'zdi. Tom uchun bu chidab bo'hnas bir hoi edi! Biroq, shu vaqt Sidning qo'lidagi qantdon yerga tushib chil-chil bo'ldi. Tom shunday suyunib ketdiki, shodligidan biror so'z ham aytolmay, jim bo'lib qoldi. U xolasi kirib kelguncha, hatto xolasi kirib kelgandan keyin: «Buni kim qildi», deb so'ragunicha ham indamay qarab o'tirinoqchi va xolasi ko'rgandan keyingina aytmoqchi bo'ldi. U endi odobh, «erka bola»ning kaltak yeyishini awaldan sezib, shodlanib o'tirar edi. Kampir qaytib kirdi-da, singan qantdonning tepasiga kelib, ko'zoynaklari ustidan g'azab bilan qaradi va qo'llarini yozganicha hayron bo'lib qotib qoldi. Tom ichida: «Ana endi ish boshlandi-ku!» deb turar edi. Biroq oradan bir nafas o'tmay, Tomning o'zi yerga ag'darilib, kaltak ostida qoldi. Xolasi uni yana qayta-qayta urmoqchi bo'lib turar edi, Tom yig'i aralash: - To'xtang! To'xtang, xola! Siz meni niiaa uchun urayotirsiz? Qanddonni sindirgan men emas, Sid-ku! - dedi. Polli xola hayron bo'lib, qarab qoldi. Tom endi achinar, rahmi kelar, deb o'ylagan edi. Biroq xolasi o'zini tutib oldi-da, faqat: - Ha, ha. Shundaymi? Harbolda bu kaltak seuga o'rinsiz tegmagalidir, deb o'ylayman. Men yo'q vaqtimda sen ham anchagina sho'xhk qilgandirsan, - dedi. U vijdonan azoblana boshladi. U bolaga uch-to'rt og'iz bo'lsa ham yaxshi so'zlar aytib, uni yupatib ko'nghni olmoqni juda istar edi, lekin qo'rqardi, basharti erkalatsa, xola o'zini gunohkordek hisoblar, bu esa tartib-intizomga xilof bo'lar edi. Shu sababli kampir churq etmay, o'zining odatdagi ishlari bilan shug'ullanaverdi. Tom burchakka borib o'tirib oldi, u go'yo o'z yarasiga malham qo'yar edi. U xolasining chin yurakdan afsusda ekanini bilar va shu xayol uning ko'nglini ozgina bo'lsa ham shodlantirgandek bo'lar edi. Tom sirini boy bermaslikka, murosasozlikka tomon bir qadam ham qo'ymaslikka va xolasining ko'nglidagi o'kinchini bilmagandek bo'lishga tirishar edi. Xolasining unga o'qtin-o'qtin, yoshlangan qayg'uh ko'z bilan qarashini bilar, lekin buni sezishni istamas edi. U o'z xayolida qattiq kasal bo'lib, o'lim oldida yotgandek, xolasi kelib undan bir og'iz bo'lsa ham kechirim so'rashini kutgandek, o'zi esa, bunga e'tibor qilmay, yuzini devor tomonga o'girib ohb, jon bergandek bo'lar edi. Shunday bo'lsa, xolasi qanday ahvolda qolar edi? U yana o'zicha xayol surar: go'yo u suvga cho'kkan, uning o'ligini suvdan topib olganlar, jingalak sochlari butunlay ho'l, ma'sum qo'llari ko'ksiga qovushtirilgan holda, yuragi abadiy urmay qo'ygan. Shunda xolasi uning o'ligi ustiga tashlanib, ko'z yoshlarini duv-duv to'kib yig'lar va Xudodan o'z bolasini qaytarib berishni so'rar, agar qaytarib bersa, uni hech vaqt xafa qilmaslikka so'z berar edi. Lekin u rangi o'chgan, tanasi muzlagan holda, tiriklik belgisini bildirmasdan, xuddi g'am-g'ussalardan abadiy qutulgan ma'sum bola singari qimirlamay yotmoqchi bo'lar edi. Bu manzaradan uning yuragi shunchalik siqildi va ta'sirlandiki, ko'zlari jiq yoshga to'lib va sekin-asta sizib, burnining uchidan tomib tushib turdi. O'z xafachiligini qadrlash uning uchun shunchalik lazzatli ediki, u o'z yonida bo'layotgan shodlik va kulgilarga chidab turolmas edi. Shuning uchun ham u Meri degan qizning yosh qarindoshi eshikdan o'ynab-sakrab, ashula aytib kirgan vaqtda, xafachilikdan qovoqlari soliq holda hovlidan chiqib ketdi. U o'rtoqlaridan uzoqda, yuragidek g'am va anduhlarga to'la kimsasiz yerlarda tentirab yurdi. Xariga o'xshagan sol uni qiziqtirdi; u solning eng chekkasiga o'tirib ohb, daryo yuzini tomosha qilib bordi. Shu bilan birga hech bir sezmasdan va hech qanday o'ng'aysizlikka uchraniasdan bir lahzada g'arq bo'lib ketishni orzu qilar edi. So'ngra u gulini esladi. Nim-chasining ichidan uni oldi, - gul so'ligan va ezilgan edi, - bu hoi uning qayg'usini yana ham kuchaytirdi. U o'z-o'ziga: -Agar u qiz ichimdagi qayg'ularimni bilsa, meni ayarmidi, yig'larmidi va bo'ynimga osilib, meni yupotarmidi? Yoki hozir takabbur odamlar menga qayrilib qaramaganlaridek, u ham qayrilib qaramasmidi?» degan so'roqlarni bera boshladi. Shu haqda fikr uni shunday bir yengilgina g'am bilan o'rab oldiki, u tarqalib ketgunicha har maqomga solib ko'rdi. Nihoyat, o'rnidan turdi va og'ir bir nafas olib, qorong'i ko'chaga yo'l oldi. Soat to'qqiz yarim yoki o'nlarda u odamlar juda kam qatnaydigan bir ko'chaga kirib keldi; bu ko'chada uning sevgani - begona qiz turardi, u bir nafas to'xtadi-da, atrofga quloq sola boshladi - churq etgan ovoz eshitilsa-chi! Ikkinchi qavatdagi uyning derazasidan miltillab yonib turgan shamning shu'lasi pardaga tushib turardi... Qiz shu bo'lmada emasmikin? U xarilardan oshib o'tib, chakalakzor orqali yurib sekin-asta naq deraza tagiga borib to'xtadi. Uzoq vaqt mehr bilan derazaga qarab turdi, keyin so'ligan gullarini qo'llari bilan ko'kragiga bosgani holda, shu yerda chalqanchasiga yotib oldi. Mana shu ahvolda u ochiq havoda o'hb ketishni, bevafo dunyodan ko'z yumishni istar edi; hech kimning jon berish oldidan chiqqan peshona terini artmaydi, so'nggi nafasini olayotgan chog'larda hech kim lining oldiga bosh egmaydi. Ertaga, ko'ngilli tong paytida qiz uyg'onib, mazkur derazadan qaragan vaqtida, uni shu ahvolda ko'radi, - nahotki shu choqda uning jasadiga bir dona ham ko'z yoshini tomizmasa, o'ndan bir guli endigina ochilgan yosh bolaning juda bcvaqt o'lganini ko'rganida, nahotki qalbidan aqalli biron marta og'ir xo'rsinish chiqmasa? Birdan deraza ochildi. Qandaydir xizmatchi xotinning ko'targan shovqini qorong'i kechaning sukunatini buzdi va bir paqir suv bolaning ustiga ag'darildi. Hayron bo'lgan qahramon, yotgan joyidan irg'ib turib, ustboshini silkishga kirishdi. Shu vaqt havodan bir narsaning uchib o'tayotgani sezildi, qulog'iga birovlarning so'kishayotgan ovozi va oynaning jaranglab singani eshitildi-da, ko'ziga panjara ustida bilinar-bilinmas bir narsaning qorasi ko'rinib, shu onda ko'zdan yo'qoldi. Oradan bir necha vaqt o'tgandan keyin Tom, ho'l bo'lgan kiyimlarini yechib, sham yorug'ida ko'zdan kechira boshladi. Sid uyg'onib qoldi. Sid balki Tom oldida o'z aj'bini yopib ketmoqchi bo'lgandir, ammo u o'zining bu fikrini tezlik bilan o'zgartib, jimgina uxlagan bo'lib yota berdi, chunki Tomning ko'zlarida yaxshilik alomatlari ko'rinmas edi. Tom kechki ibodatini ham qilib o'tirmasdan, uxlamoq uchun o'rniga borib yotdi. Sid esa buni fahmlab, ko'ngliga tugib qo'ydi. Download 312.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling