Markazi bank raisi saylanish mudati Reja Markaziy bank raisini egala


Download 3.65 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi3.65 Kb.
#1241205
Bog'liq
BANK ISHI TO\'G\'ONOV DOSTON

Markazi bank raisi saylanish mudati

Bajardi.To’g’onov Dostonbek

Qabul qildi Adilova Z

Markaziy bank raisi: Markaziy bank va uning boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, bankning fondlarini tasarruf etadi hamda Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida va xorijda Markaziy bank nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi; ichki audit xizmatiga rahbarlik qiladi; Markaziy bank faoliyati masalalarini hal qiladi, bundan ushbu

Qonunga binoan Markaziy bank boshqaruvining vakolatlariga kiritilgan masalalar mustasno; Markaziy bank boshqaruvining qarorlarini imzolaydi, buyruqlar va farmoyishlar qabul qiladi; Markaziy bankning faoliyatini va joriy operatsiyalarini tezkor boshqarishga doir harakatlarni bajaradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobot taqdim etadi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida Markaziy bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish yuritadi;

ayrim masalalarni hal qilishni o‘z o‘rinbosarlariga, markaziy devonning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha bosh boshqarmalari rahbarlariga topshiradi; jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining qabulini o‘tkazadi. Markaziy bank raisining vakolat muddati — besh yil. Markaziy bank raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini birinchi o‘rinbosari yoki o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.

Markaziy bank Raisi quyidagi asoslar bo‘yicha: vakolat muddati tugaganida; iste’foga chiqishni so‘rab, sabablarini ko‘rsatgan holda yozgan shaxsiy arizasiga ko‘ra; jinoyat sodir qilishda qonunda belgilangan tartibda aybdor deb topilganda; o‘zining xizmat vazifalarini salomatligiga ko‘ra bajara olmaganda, davlat tibbiy komissiyasining xulosasi asosida; egallab turgan lavozimiga munosib bo‘lmagan xatti-harakatlar qilganida, shu jumladan ushbu Qonunni qo‘pol ravishda buzganida va Markaziy bank manfaatlariga katta zarar yetkazganida egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin. Markaziy bank Raisi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham egallab turgan lavozimidan ozod qilinishi mumkin


Download 3.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling