Марказий банк, унинг функционал тузилиши ва функциялари


Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi


Download 0.53 Mb.
bet2/7
Sana23.09.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1685565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ìàðêàçèé áàíê, óíèíã ôóíêöèîíàë òóçèëèøè âà ôóíêöèÿëàðè

Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi. Pul-kredit siyosati ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo‘nalish-kredit ekspansiyasi bo‘lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini ra\batlantirish yo‘li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chikarish sur’atlari tushib ketgan xolda, kon’yukturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yunalish-kredit restriksiya siyosati bo‘lib, u iktisodiy o‘sish davrida pul-kredit emissiyasining kiskarishiga asoslanadi. Markaziy bank "tor" va "keng" ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. "Tor" siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va kiska muddatli kreditlar bo‘yicha foiz stavkalariga ta’sir kiluvchi boshka instrumentlar yordamida valyuta kursi makbulligiga erishish tushuniladi. "Keng" siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir kilish orkali inflyasiyaga karshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalkaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to‘lov balansi kabi masalalarning echimiga karatilgan bo‘ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshkarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo‘lib kuyidagilar xisoblanadi:
- minimal majburiy rezerv me’yorlarini o‘rnatish:
- foiz (diskont) siyosati,
- tijorat banklarini kayta moliyalashtirish,
- ochik bozor siyosati,
- targetrlash va boshkalar.
Majburiy rezervlar. Muomaladagi pul massasining xajmini, banklarning likvidliligini muvofiklashtirish va inflyasiya sur’atlarini tushuntirish maksadida Markaziy bank tijorat banklari uchun majburiy rezervlar normasini o‘rnatib berish siyosatini amalga oshiradi. Pul muomalasini muvofiklashtirishning bu usuli birichni bo‘lib 1913 yilda A+SH da ko‘llanilgan. Minimal zaxiralar bu tijorat banklari resurslarining markaziy bankda majburiy saklanishi zarur bo‘lgan kismidir. Majburiy rezerv mikdori tijorat bankining yi\ilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Bu zaxira bevosita banklarning kreditlash imkoniyatini chegaralasa-da, ularning minimal likvidliligini taxminlash omili bo‘lishi mumkin.
Minimal zaxira me’yori jam\arma turiga, uning xajmiga, bankning joylashish o‘rniga bo\lik bo‘lgan xolda turli mamlakatlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Mavjud manbalar shuni ko‘rsatadiki, masalan, YAponiyada minimal rezervlar stavkasi 2,5 foizni: A+SHda 12 foizni, Germaniyada-12,1 foizni, Portugaliyada- 17 foizni, O‘zbekistonda 20 foizni tashkil kiladi.
Markaziy bank tomonidan zaxira mikdori ba’zi bir omillarni xisobga olgan xolda uzgartirilishi mumkin.
Markaziy bankning xisob(diskont) siyosatining moxiyati shundaki, u tijorat banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik, mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan mol( tovar, xizmat va x.k) larning xakini to‘lash uchun mabla\ etarli bo‘lmasa, u tovar uchun to‘lashni ma’lum vakt o‘tgandan keyin amalga oshirishi to‘\risida veksel berishi mumkin. Mol sotuvchi korxonaga pul mabla\lari zarur bo‘lgan vaktda u vekselni tijorat bankiga sotishi mumkin. Tijorat banki vekselni sotib olganda unda ko‘rsatilgan summadan kam summaga (ma’lum foizushlab kolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo‘lganda tijorat banki vekselni markaziy bankda xisobga ko‘yishi mumkin.
Federal bank ochik bozorda karz majburiyatlarini emitentning o‘zidan sotib ololmaydi. Bu xolda shartnoma ochik bozor siyosati emas, aksincha kreditlash bo‘lib koladi.
"O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘\risida"gi konunning
25-moddasiga asosan markaziy bank o‘zi chikargan kimmatli kogozlarni, shningdek karz majburiyatlarini ochik bozorda sotishi va sotib olishi mumkin. Markaziy bank byudjetni moliyalashtirish uchun ochik bozorda operatsiyalar olib borishga, kimmatbaxo kogozlarni birinchi joylashtirishda ularni sotib olishga xakli emas.
Markaziy bankning ochik bozorda olib boradigan operatsiya kuyidagi xususiyatlar bo‘yicha farklanadi:
- bitim sharti bo‘yicha: nakd pul yoki kayta sotish majburiyati bilan ma’lum muddatga olish (REPO operatsiyasi) bilan bo\lik operatsiyalar:
- bitim ob’ektlari bo‘yicha: davlat yoki aksioner jamiyatlari kimmatbaxo ko\ozlari bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
- bitim muddati bo‘yicha: kimmatbaxo kogozlar bilan kiska muddatli
(3 oygacha) va uzok muddatli (1 yil va undan ortik) operatsiyalar,
- operatsiyalar o‘tkazish doirasiga karab: bank tizimi doirasida yoki nobank tizim doirasida kimmatbaxo kogozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar,
- foiz stavkalarini o‘rnatish bo‘yicha: markaziy bank yoki bozor tomonidan aniklanadigan stavkalar.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling