Markaziy banklar Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar


Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar


Download 33.79 Kb.
bet3/4
Sana23.06.2023
Hajmi33.79 Kb.
#1651587
1   2   3   4
3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar


Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyutakredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1.Axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
2.Maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyutakredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi.
3.Tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
4.Bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni tashkil etish g‘oyasi 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri natijasida yuzaga keldi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning 13 moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi.
Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
-budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;
-xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
-xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
-fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
-jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
-valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;
-jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi.
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda (Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi va h.k.
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun qarzga beradi.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniya va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va sug‘urta kompaniyalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ yetishmaydigan kompaniyalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi:
-iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish;
-riskni boshqarish;
-savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish;
-turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish;
-iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan ta’minlash;
-stimullashtirish muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi.
Yuqorida sanalgan moliyaviy funksiyalarni bajarish usullarining takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo qilinadi: qarz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.
• Qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir.
• Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi moliyaviy instrumentlardir.
Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi.
Muayyan (qayd qilingan) nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal stavkasining noaniq ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir etadi:
ishlab chiqarish vositalari samaradorligi – shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan kutilayotgan daromadlilik stavkalari;
•ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan noaniqlik darajasi;
insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – insonlarning kelajakda emas, aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari;
•riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni.

Download 33.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling