Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari Bankka oid munosabatlarda nizolar Huquqbuzarliklar va sanksiyalar
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash
Download 47.81 Kb.
|
MARKAZIY BANKNING HUKUMATGA MUNOSABATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy banki yuridik shaxs
Tijorat banklarining kassa zaxiralarini jamg‘arish va saqlash. Muomaladagi pul miqdori hajmini boshqa rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jalb qilingan pul mablag‘lari hajmiga qarab tijorat banklarida zaxiralarning muayyan koeffitsientlarini belgilaydi. pul-kredit vositasida boshqa rishning samaradorligi, uning pul miqdori o‘sish sur’ati va tuzilmasiga, shuningdek pulning qadrsizlanish darajasiga ta’siri majburiy zaxiralash tizimining moslashuvchanligiga bog‘liq. Ko‘rib chiqilayotgan qonunning 28-moddasiga muvofiq majburiy zaxiralar alohida hisobvaraqdan aqd pul yoki omonat lar tarzida deponentga olinadi. zaxiralash tizimi tijorat banklariga likvidlik bilan bog‘liq qisqa muddatli muammolarni hal etish imkonini beradi. Ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qaroriga binoan majburiy zaxiralarga foizlar qo‘shib qo‘yilishi ham mumkin. tijorat banklarining mablag‘larini zaxiralash talablariga amal qilish borasida javobgarligini oshirish uchun qonunda moliyaviy sanktsiyalar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga to‘lanmay qolgan pulni qonunda belgilangan tartibda so‘zsiz undirib olish, shuningdek, jarimalar solish huquqi berilgan
Shuningdek, Markaziy bank hukumatning fiskal agenti sifatida, hukumat bilan shartnoma tuzganida, hukumat organlariga va muassasalariga bank xizmatlari ko‘rsatganida ham Markaziy bank va hukumat o‘rtasida bankka oid xuquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi, Markaziy bank va hukumat muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar faqat qonunlar va boshqa qonunosti xujjatlari bilan tartibga solinadi. Tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari qonunchilik xujjatlari bilan bir qatorda ular o‘rtasidagi tuzilgan bank xizmatlari ko‘rsatishga oid shartnomalar bilan ham tartibga solinadi. Bevosita tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan bank xizmatlaridan tashqari boshqa kredit muassasalari (kredit uyushmalari, o‘zaro yordam kassalari va boshqalar) tomonidan o‘z vakolatlari doirasida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holdagi aloqalar ham bankka oid xuquqiy munosabatlar jumlasiga kiritilishi lozim. Bank sohasidagi xuquqiy munosabatlarning yuzaga kelishiga quyidagilar asos bo‘lishi mumkin: a) tijorat bankini ro‘yxatga olish va litsenziya berilishini so‘rab ta’sischilar tomonidan Markaziy bankka belgilangan tartibda qilingan murojaat; b) tijorat banki tomonidan iqtisodiy normativlarni shakllantirilishi chog‘ida Markaziy bank bilan bo‘ladigan aloqalardan kelib chiquvchi oqibatlar; v) qonunchilik xujjati yoki idoraviy me’yoriy xuquqiy xujjat qabul qilinishi; g) Markaziy bank tomonidan bank nazoratini amalga oshirish chog‘ida o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan xuquqbuzarlik faktlari; d) tijorat banklari va uning mijozlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar; ye) tijorat banki yoki mijoz tomonidan shartnoma shartlari talablarini buzilishi; j) fors-major hodisalarning yuz berishi va boshqalar. Bankka oid xuquqiy munosabatlar mazmuni bu munosabat taraflari (banklar va mijozlar) da paydo bo‘ladigan xuquqlar hamda majburiyatlar ko‘lami bilan belgilanadi. Ya’ni bankka oid xuquqiy munosabatga kirishish uning ishtirokchilarida xuquqlar paydo bo‘lishini hamda majburiyatlar yuzaga kelishini anglatadi. Bankka oid munosabatlarda qatnashayotgan shaxslarda o‘ziga xos xuquqlar va majburiyatlar (Moliya-kredit, bank xizmatlari ko‘rsatilishi, valyutaga oid) paydo bo‘ladi. Bank xuquqiy munosabatlarining ob’ekti bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank tizimini boshqarish hamda nazorat qilish faoliyati sanaladi. Tijorat banklari faoliyatida esa bunday ob’ekt bo‘lib bank xizmatlari, bu xizmatlarni ko‘rsatilishi bilan bog‘liq ravishda amalga oshiriladigan bank operatsiyalari, boshqa hildagi qo‘shimcha bank xizmatlari sanaladi. Majburiyatlarni bajarilishni ta’minlash vositasi sifatida berilayotgan kredit uchun mol-mulklar yoki xuquqlarni garovga olinishi, kafillik qilinishi, javobgarliklarni sug‘urtalanishi ham bankka oid xuquqiy munosabatlarning ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Bankka oid huquqiy munosabatlar Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga kelganda ma’muriy xuquqiy usullarda, tijorat banklari bilan ularning mijozlari sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida yuz berganida esa fuqarolik xuquqiy vositalar va usullar bilan tartibga solinadi. Markaziy bank tijorat faoliyati bilan, ya’ni foyda olishni mo‘ljallovchi risk bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli emas. Markaziy bank tijorat maqsadlarida (foyda olishni ko‘zlab) o‘zga korxonalar va tashkilotlar, tijorat tashkilotlari, kredit uyushmalarining kapitalida ishtirok etishi ta’qiqlanadi. Bunda davlat tomonidan unga topshirilgan mol-mulklar bilan risk qilmaslik, ularni xatar ostiga qo‘yishdan saqlash maqsadi, shuningdek monopolistik faoliyatni oldini olish maqsadlari nazarda tutilgan. Markaziy bank faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni va boshqa qonun xujjatlari bilan tartibga solinadi. Bankka oid xuquqiy munosabatlar bo‘lib Markaziy bank tomonidan bank sohasini boshqarish va nazorat qilish chog‘ida o‘z vakolatlarini amalga oshirish tufayli Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida yuzaga keladi. Bunday munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan butun mamlakat hududi uchun monetar va valyutani tartibga solish siyosatini shakllantirilishi hamda amalga oshirilishi, hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yilishi, banklar faoliyatini litsenziyalanishi, rasmiy oltin-valyuta rezervlarini saqlanishi va tasarruf qilinishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki – iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa , o‘z harajatlarini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi. Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas mulk va moliyaviy resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish imkoniyatini siyosat sohasi hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi makroiqtisodiy shart-sharoitni, tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat qonunda Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir deb belgilab berilgan va u o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro etishi majburiy bo‘lgan normativ hujjatlar chiqadi. Davlat Markaziy Bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi. Markaziy bank moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanishga, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanishga, ( O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining, «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining, valyuta birjasining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda), banklar va boshqa yuridik shaxslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas. Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hisobdordir. Oliy Majlisning Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga ko‘ra Markaziy bank Boshqaruvining raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek, yillik hisobotni, shuningdek auditorning xulosasini ko‘rib chiqadi. Qonunda Markaziy bank faoliyatining tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratilgan bo‘lib, Markaziy bank yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega ekanligi, Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tegishli xizmatlar va muassasalar tashkil etilishi mumkinligi, jumladan, bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasi poytaxti, viloyatlarning markazlari va Toshkent shahrida yuridik shaxsmaqomga ega bo‘lmagan o‘zining bosh boshqarmalarini tuzishi mumkinligini huquqiy asoslari keltirilgan, ammo ushbu bank boshqarmalari yuridik shaxs maqomiga ega emas. Markaziy bank o‘ziga qarashli xizmatlar va muassasalarga ham ega bo‘ladi. Lekin ular yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmaydilar, hamda Markaziy bank Boshqaruvi tasdiqlaydigan ular haqidagi Nizomlarga asosan ish yuritadilar. Xulosa Markaziy bank raisi bank boshqaruvning raisi hisoblanadi. Markaziy bank raisi Markaziy bank va uning Boshqaruvi faoliyatiga rahbarlik qiladi, Bankning fondlarini tasarruf etadi va Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi. Markaziy bank faoliyati masalalarini halqiladi, Markaziy bank faoliyati va joriy operatsiyalarini operativ tarzda boshqarish bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradi. Oliy Majlisda, hukumatda, vazirliklar va idoralarda, sudlarda, banklar va muassasalarda, xalqaro va chet el tashkilotlarida bank faoliyatiga doir barcha masalalar bo‘yicha Markaziy bank nomidan ish ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro moliya-kredit va valyuta munosabatlariga oid faoliyatni amalga oshirishda boshqa davlatlarning Markaziy banklari, xalqaro banklar va boshqa moliya-kredit muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishga, moliya operatsiyalari bajarishga, shu jumladan chet elhukumatlari, chet el Markaziy banklari va pul-kreditni tartibga solish organlariga, sh uning dek O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarga bank xizmati ko‘rsatish, xorijiy davlatlarda vakolatxonalar ochish, O‘zbekiston Respublikasida chet el banklarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishgahaqli ekanligi belgilab berilgan. Markaziy bank o‘z faoliyatida foyda olishni maqsad qilib qo‘ymaydi, ammo har bir moliya yil davomida olingan daromadlardan ishonchsiz, shubhali qarzlar va boshqa aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash rezervlari shakllantirilgandan so‘ng; barcha daromadlar va chiqimlar hisoblanganidan, shuningdek, aktivlar va passivlar amalda baholanganidan so‘ng bank faoliyatining natijasi (foydasi) aniqlanadi. Markaziy Bankning foydasi boshqaruv belgilagan tartibda, yillik hisobotni tasdiqlash bilan bir paytda taqsimlanadi. Shuningdek, bank boshqaruvining qaroriga muvofiq foyda hisobidan aniq maqsadli rezervlar va fondlar ham tashkil etilishi mumkin . O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot beradi. Markaziy Bankning hisobot davri 1 yanvar — 31 dekabr qilib belgilanadi. Yillik hisobot 15 maydan kechiktirilmay Oliy Majlis Senatik ko‘rib chiqishi uchun taqdim etilishi lozim. Markaziy Bankning organi uning Boshqaruvidir. Boshqaruv Markaziy bank siyosati va faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, bankni boshqaradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish Oliy Majlis Senatining mutloq vakolati hisoblanadi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank ham da yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi lozim. Download 47.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling