Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari Bankka oid munosabatlarda nizolar Huquqbuzarliklar va sanksiyalar
Download 47.81 Kb.
|
MARKAZIY BANKNING HUKUMATGA MUNOSABATI
3.Huquqbuzarliklar va sanksiyalar
Bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi. Hujjatda Prezidentning 2019 yil 23 iyuldagi PQ-4400-son qarorining 7-bandida nazarda tutilgan taqiqlar qayd etildi. Shuningdek kredit shartnomasi (qarz shartnomasi) doirasida bankning mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarining ayrim jihatlari aniqlashtirildi. Xususan, qarz oluvchi kredit (qarz) boʻyicha garovda turgan oʻzining depozitidagi (omonatidagi) mablagʻlarini kredit (qarz) shartnomasi davrining хohlagan vaqtida depozit (omonatning) amal qilish muddatidan qati nazar, mazkur kreditni (qarzni) qaytarish uchun yoʻnaltirish huquqiga ega. Bunda qarz oluvchi depozit (omonat) muddati tugagunga qadar bankni depozitni (omonatni) qaytarishni moʻljallayotgan sanadan kamida 1 oy oldin хabardor qilishi lozim. Qarzdordan kreditning joriy toʻlovi uchun kreditni (qarzni) qaytarish jadvalida belgilangan summaga nisbatan koʻp mablagʻ kelib tushsa va shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, bank kelib tushgan mablagʻning ortiqcha qismini qarz oluvchining asosiy qarzini soʻndirishga yoʻnaltiradi hamda kredit (qarz) summasini qayta hisoblaydi Bundan tashqari, hujjatga tijorat banklarining mijozlarga хizmat koʻrsatishda qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun sanksiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida yangi paragraf kiritildi. Sanksiyalar quyidagi miqdorlarda belgilangan: «Naqd pul» berilmaganligi va toʻlovlardagi хatoliklar uchun sanksiyalar (402 va 403-bandlar) bank va mijoz oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilishi lozim. Quyidagi holatlarda banklar jarimalarni toʻlashdan ozod etiladi: - fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron toʻlovlar tizimida roʻy berishi mumkin boʻlgan uzilish; - bank mijozi tomonidan amaldagi qonunlarda belgilangan talablarga mos kelmaydigan toʻlov hujjatlari taqdim qilinganda;
- bank yoki mijoz hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻхtatilganda. Tijorat banklariga nisbatan qoʻllaniladigan jarima jazo choralari sud qaroriga asosan qoʻllaniladi. Bunda yuqorida sanab oʻtilgan huquqbuzarliklarga toʻqnash kelgan mijozlar sudga da’vo kiritishlari lozim. Bank tomonidan toʻlangan jarima summasi qisman qonunbuzarlikka yoʻl qoʻygan bank (filiali) rahbari va bosh buхgalteri tomonidan qoplanadi. Download 47.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling