Markaziy bankning tashkiliy huquqiy asoslari Bankka oid munosabatlarda nizolar Huquqbuzarliklar va sanksiyalar


Bankka oid munosabatlarda nizolar va ularni xal etilishi


Download 47.81 Kb.
bet5/11
Sana23.04.2023
Hajmi47.81 Kb.
#1384652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY BANKNING HUKUMATGA MUNOSABATI

2.Bankka oid munosabatlarda nizolar va ularni xal etilishi.
Qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta’min etilishi bozor munosabatlari to‘la qaror topishi hamda huquqiy davlat barpo etilishining zaruriy shartlaridandir. Qonuniylik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi eng avvvalo xar bir fuqaro, har bir tadbirkorlik sub’ekti huquqlari va manfaatlarini qonuniy himoyalanishini ta’minlay olishida o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida; “Xar bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlanadi” – deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunda tadbirkorlik sub’ektlari haq-xuquqlari himoyalanishi va kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
Bank xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabat barcha ishtirokchilarning o‘zaro xuquq hamda majburiyatlari, ularning bajarilishi hamda himoyalanish usullari qonunda nazarda tutilgan.
Bankka oid munosabatlarda huquqlarning buzulishi deganda bu munosabat sub’ekti bo‘lgan shaxsning sub’ektiv mulkiy yoki nomulkiy shaxsiy xuquqlarini o‘zga shaxslarning g‘ayriqonuniy tajovuzi natijasida poymol etilishidan iborat. Xuquqlarni bunday poymol etilishi huquqiy javobgarlikka, ya’ni jinoyat, ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, fuqarolik va mehnat kodeksida, boshqa qonun xujjatlarida nazarda tutilgan xuquqiy sanksiyalarni qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
O‘zga shaxslar xuquqlarining buzulishi bank munosabatlarida o‘zga shaxsga tegishli mulk yoki mulkiy xuquqni o‘zlashtirib olish, xuquqlarni amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish, qasd yoki extiyotsizlikdan o‘zga shaxsga mulkiy yoki ma’naviy zarar yetkazish, zimmasiga olgan majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik tarzida yuz berishi mumkin.
Bankka oid munosabatlarda xuquqi buzilishi ehtimol shaxslar turiga ko‘ra ularni quyidagicha tasniflash mumkin;

  1. bank mijozi bo‘lgan fuqaro xuquqlarining bank muassasasi tomonidan buzulishi (masalan. Bank xizmati ko‘rsatish qoidalarini buzilishi, mijoz bank sirlarini oshkor etilishi, shartnoma talablarining buzilishi va xokazo.);

  2. bank mijozi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti shaxs yoki yakka tadbirkor shaxs xuquqlarini buzilishi (mablag‘larni hisobga olish, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini buzilishi va boshqalar);

  3. Davlat soliq. Moliya va boshqa organlari tomonidan tijorat banki huquqlarini buzilishi (masalan, g‘ayriqonuniy tekshirishlar o‘tkazilishi, g‘ayriqonuniy qarorlar qabul qilish orqali bank faoliyatining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilinishi, noqonuniy moliyaviy va boshqa sanksiyalar qo‘llanilishi va xokazolar);

  4. Tijorat banklari tomonidan soliq va boshqa moliyaviy qonunlarni buzulishi tufayli davlat manfaatlariga zid keluvchi xuquqbuzarlik sodir etilishi (hisob-kitob va hisobotlar yuritish qoidalarini buzilishi, soliq qonunchiligining buzilishi va boshqalar);

  5. Bank mijozi sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bank oldidagi majburiyatlarni buzilishi shaklidagi (masalan, kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik) xuquqbuzarlik;

  6. Bankning o‘z xodimlari mehnatga oid xuquqlarini buzilishi, ayni paytda bank xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq ravishda bank muassasasiga moddiy zarar yetkazilishi.

Bank munosabatlari ishtirokchilari xuquqlari buzilgan xollarda bu xuquqlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasida belgilab qo‘yilgan usullarda himoya qilinadi. Bu usullar quyidagilardan iborat;
a) huquqni tan olish (masalan, garovga qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan bank xuquqining e’tirof qilinishi, vafot etgan mijozga tegishli omonatga nisbatan vorislik xuquqlarining tan olinishi);
b) xuquq buzilishidan oldingi xolatni tiklash, xuquqbuzarlik keltirib chiqaruvchi xolatlarning oldini olish (masalan, g‘ayriqonuniy tarzda yetkazilgan zararni undirib berilishi);
v) bitim (shartnoma)ni xaqiqiy emas deb topish (masalan, mansabdor shaxs o‘z mansabini suiste’mol qilgan holda bank manfaatiga xilof bo‘lgan bitimni bekor qilinishi);
g) davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xujjatini xaqiqiy emas deb topish (masalan, davlat soliq organi g‘ayriqonuniy qarorini sud orqali bekor qilinishi);
d) burchni natura xolda bajarishga majbur qilish (masalan, garovga olingan ko‘chmas mulkni asl holida (natura xolida) topshirilishiga majbur qilish);
ye) zararni to‘lash, neustoyka undirish;
j) xuquqiy munosabatni bekor qilish;
z) Ma’naviy ziyonni undirish va boshqalar.
Bankkka oid munosabatlarda xuquqlarni himoya qilish ma’muriy usulda (yuqori turuvchi davlat organiga murojaat qilish yo‘li bilan) yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni1 buzilgan xuquqlarni tiklash va xuquqbuzarliklardan himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish, nizoni sud yo‘li bilan ko‘rib hal etish tartiblarini belgilab beradi.
Jismoniy shaxs (mijoz yoki o‘zga tadbirkor bo‘lmagan shaxs) bilan bank muassasasi o‘rtasida yuz beruvchi nizolar umumiy sudlarda (fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, sudlar, viloyat, Toshkent shaxar, fuqarolik ishlari sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik
ishlari bo‘yicha kollegiyasi) ko‘rib xal etiladi. Umumiy sudlarda fuqarolik nizolarini ko‘rib xal etilish tartiblari, da’vogar, javobgar va o‘zga shaxslarning xuquqlari majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida2 belgilab qo‘yilgan.
Bank muassasalarining yuridik shaxs bo‘lgan yoki yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan yakka tadbirkor jismoniy shaxslar bilan yuzaga keladigan nizolari, shuningdek bank va davlat boshqaruv organlari (masalan, Markaziy bank bilan Davlat soliq idorasi bilan, maxalliy davlat xokimiyat organlari bilan) o‘rtasida yuz beruvchi nizolar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rib hal etiladi.
Iqtisodiy nizolar bo‘yicha xo‘jalik sudlariga murojaat qilish, u yerda nizoni ko‘rib chiqish va xal etish tartiblari O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik protsessual kodeksida3 mustaxkamlab qo‘yilgan.
Bank muassasalarining barcha ishtirokchilariga sudda ko‘rib xal etilgan nizolar bo‘yicha o‘z manfaatlariga daxldor protsessual xatti-xarakatlar xaqida sud qarorlari ustidan belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilish, imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, xal etilishi qonun bilan kafolatlangan.
Bankka oid munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar yuzasidan sudlar tomonidan chiqarilgan va qonuniy kuchga kirgan xal qiluvchi qarorlari va boshqa xil Qarorlarining ijro etilishi xam kafolatlab qo‘yilgan bo‘lib. Bunday qarorlar qarzdor tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagani taqdirda uni majburiy ijro etilishi mexanizmlari xamda usullari tegishli qonun xamda boshqa qonun xujjatlarida mustaxkamlab qo‘yilgan.
Bankka oid munosabatlarda xuquqlar nafaqat sudlar tomonidan, balki boshqa vakolatli organlar tomonidan xam amalga oshirilishi mumkin. Notarial idoralar anashunday organlardan bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi notarial to‘g‘risidagi qonunning 1-moddasida jismoniy va yuridik shaxslarning xuquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya qilish notariuslarning vazifalaridan ekanligi belgilab qo‘yilgan. Notariuslar ushbu vazifani turli shakllarda:
a) bitimlarni tasdiqlash;
b) hujjatlarning xaqiqiy ekanligini tasdiqlash;
v) hujjatdagi imzoning xaqiqiy ekanligini tasdiqlash;
g) merosga bo‘lgan xuquqni tasdiqlash (masalan, bank muassasasiga meros qilib qoldirilganda). d) ijro xatlarini yozish (qarzdordan pul summalarini undirish yoki mol-mulkni talab qilib olish uchun qarzdorlikni belgilovchi xujjatlarga notarius imzosini qo‘yish);
e) vekselni protest qilish;
j) xujjatlarni saqlash uchun qabul qilib olish;
z) ishonchnomalar berish va boshqalar.
Notarial xarakatlarni amalga oshirish tartiblari, notarius xatti-xarakati ustidan shikoyat berish va uni ko‘rib xal etilishi masalalari qonun xujjatlari bilan belgilangan.
Bugungi kunda xuquqlarni nodavlat usullarida, jumladan, xakamlik mexanizmini qo‘llash obro‘li himoyalash masalalari tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Fuqarolar va yuridik shaxslar xuquqlarini yuqori darajada kafolatlanganligi va samarali himoyalash mexanizmlari bilan ta’minlangan ligi xuquqiy davlatning asosiy xususiyatlaridan biridir.


Download 47.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling