Markaziy kon boshqarmasi Elektrchilangarlarining 11p- 39 sonli yo’riqnomasi


IV. Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari


Download 336.63 Kb.
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi336.63 Kb.
#1009576
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 R (автовосстановление)

IV. Avariya vaziyatlaridagi xavfsizlik talablari.
67. Avariya vaziyatlarida yoki baxtsiz hodisa ro’y berganda elektrchilangar ishni to’xtatishi, mavjud bo’lgan aloqa vositalaridan foydalangan holda shaxsan yoki boshqa shaxs orqali xodimlarni va bevosita ishlar rahbarini yoki boshqa mansabdor shaxsni xavf to’g’risida xabardor qilishi va xavfsizlikning kerakli choralariga rioya qilgan holda uni bartaraf etish choralarini ko’rishi shart.
68. Agarda baxtsiz hodisa elektrchilangarning o’zi bilan ro’y bergan bo’lsa, u iloji boricha sog’lomlashtirish punktiga murojaat qilishi, ro’y bergan hodisa haqida ishlar rahbarini xabardor qilishi yoki bunday qilishini atrofdagi kishilarning birortasidan iltimos qilishi kerak.
69. Avariyalarni bartaraf etayotganda elektr xo’jalik uchastkasi smenasini qabul qilish va topshirish taqiqlanadi, bu haqda tezkor jurnalga yozib qo’yiladi.
70.Avariya vaziyatlaridagi tiklash ishlarini, shuningdek asbob-uskunalarning nosozliklarini bartaraf etish bo’yicha qoldirish mumkin bo’lmagan, avariya olib kelishi mumkin bo’lgan qisqa muddatli, ishlarni keyinchalik tezkor jurnalga yozib qo’yish bilan quyidagilarga naryadsiz amalga oshirishga ruxsat etiladi:
-tezkor xodimlar (ikki kishidan kam bo’lmagan shaxslarga 1000V dan yuqori bo’lgan qurilmalarda);
-tezkor xodimlar nazorati ostida ta’mirlash xodimlariga, agarda naryadni yozish va rasmiylashtirish avariyaning oqibatlarini bartaraf etishning kechikishiga olib kelsa;
-1000V dan yuqori bo’lgan uskunalarida elektr xavfsizligi bo’yicha V guruhdan past bo’lmagan va 1000V gacha bo’lgan elektr uskunalarida IV guruhdan past bo’lmagan, ushbu elektr uskunalariga xizmat ko’rsatayotgan xodimlariga.
71. Ma’muriy elektrotexnik xodimlardan avariyani oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha ishlarga naryad yoki farmoyish berish huquqiga ega bo’lgan ishda bo’lmaganda elektr xavfsizligi bo’yicha IV guruhdan past bo’lmagan tezkor xodimga naryad yoki farmoyish berish huquqi beriladi.
72. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida jabr ko’rganlar (jaroxatlanganlar) mavjudligida:
-jabrlanganlarning organizmiga ziyon yetkazayotgan, sog’lig’i va hayotiga xavff tug’dirayotgan (elektr toki ta’siridan, xodimlarni bosib, qisib qolgan predmetlardan ozod qilish, yonayotgan kiyimini o’chirish, va h.k.) omillar ta’sirini bartaraf qilish;
-jabr ko’rganga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatish(oqayotgan qonni to’xtatish, bog’lab qo’yish, nafas olish yo’llarining o’tkazish qobilyatini tiklash, sun’iy nafas oldirish, yurakni tashqi masaj qilish va h.k.);
-voqea sodir bo’lgan joyga tibbiyot xodimlarini chaqirish yoki jabr ko’rganini tibbiyot punkiti yoki davolash muassasasiga yetkazish bo’yicha choralarni ko’rish;
-baxtsiz hodisa haqida ishlar rahbariga xabar berish;
-agarda bu atrofdagi odamlarning hayoti va sog’lig’iga xavff tug’dirmasa va avariyaning rivojlanishiga olib kelmasa, iloji boricha hodisa ro’y bergan joy va jihoz holatini avariya paytidagi saqlab qolish.
73. Yong’in paydo bo’lgan paytda :
-jihozlar, shamollatishini o’chirish, yong’in haqida yong’indan saqlash xizmati, bevosita ishlar rahbarini xabardor qilish va birlamchi o’t o’chirish vositalari yordamida (o’t o’chirgich, qum, brezent, kigiz, suv bilan) yong’inni o’chirishga kirishish, hayoti va sog’lig’iga xavf mavjud bo’lganda binoni tark etish;
-1000V gacha kuchlanish ostida bo’lgan jihozlarning yonishini o’chirish faqat korbonat kislotali yoki kukunli o’t ochirgichlar bilan amalga oshirish. Karbonat kislotali o’t ochirgichlardan foydalanganda, qo’llar bilan karnaysimon og’zidan ushlamaslik kerak(to=- 80oC gacha);
-yong’inni o’chirishda ishtirok etayotgan shaxslar oldindan chiroqlarni, elektr asbob-uskunalarni, shamollatgichlarni o’chirib asosiy va zaxira chiqish yo’llari orqali binoni tark etishlari (jabirlanganlarga yordam berishlari) va xavffsiz masofaga (to’planish joyiga) ketishlari kerak.

Download 336.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling