V. Ish tugaganidan keyingi xavffsizlik talablari.
74. Ish tugaganidan keyin keraksiz asbob uskunalar, kavsharlagich stanoklar, chiroqlar, shamollatgich va shu kabilarni o’chirish kerak.
75. Ish joyini tartibga keltirish, ishlab chiqarish va maishiy shiqindilardan tozalash. Asboblar, moslamalar, vaqtincha to’siqlar va shu kabilarni saqlash uchun ajratilgan joyga olib qo’yish.
76. Maxsus kiyim (zarurat bo’lganda uni yuvishga topshirish), poyafzal vaboshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini tozalash, ularni saqlash uchun belgilangan joyga olib qo’yish;
77. Ish vaqtida ko’rib qolgan va aniqlangan barcha nuqsonlar, nosozliklar ularni bartaraf qilish bo’yicha ko’rilgan choralar to’g’risida ishlar rahbariga va smenachiga (ish grafigi smenalik bo’lganda) xabar berish.
78.Qo’l va yuzni sovun bilan iliq suvda yuvish yoki dush qabul qilish.
79.Avtobusga chiqayotganda va tushayotganda, shuningdek u harakatlanayotganda xavfsizlik choralariga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |