Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

E tnik jarayon lar 
- etnosdagi uning istalgan komponentining 
o ‘zgarishi: madaniyat, til, ijtimoiy tuzilma va hokazo ayrim 
unsurlarining o‘zgarishi. Etnik jarayonlar orasida etnoevolyusiya va 
etnotransformatsiyani alohida ajratish mumkin. Birinchi holatda etnik 
tizimning ayrim komponentlari o‘zgarishi yuz beradi, bu hoi umuman
tizimning parchalanishiga olib kelmaydi, u ilgari qanday bo‘lsa, uning 
saqlanib qolishini ta'minlaydi, ko‘pincha tizim yangi holatga o‘tadi. 
Shunday qilib, etnoevolyusiya jarayoni aw alo barcha etnik o ‘z-o ‘zini 
saqlab qoluvchi jarayon bo‘lsa, etnotransformatsiyada buning aksi yuz 
beradi - barchasi o'zgaradi.
Etnik konstruktivizm
- millat, etnoslami qandaydir intellektual 
konstruksiya sifatida belgilovchi metodologik yondashish. Bunday 
yondashish asosan K. Poppeming “Ochiq jam iyat va uning 
dushmanlari” (1945-yil) kitobidagi g ‘oyaga asoslanadi. “Millatlar, 
lingvistik yoki irqiy guruhlar kabi unsurlaming mavjud bo‘lishi 
to ‘g‘risidagi fikr so f uydirmadir”. Ingliz tadqiqotchisi B. Anderson
267


“Тасаввурдаги жамият. М иллатчиликнинг келиб чикиши ва 
таркалиши хакидаги уйлар” kitobida m illatlam i tasaw urdagi 
jamoaviy fikr deb ataydi, chunki ularning o ‘zi esa insonlar xayolidagi 
qandaydir sherikchilik tarzida mavjuddir. E. Xobsbaum m illatlam ing 
sun'iy ekanligini ta’kidlab, ulami davlat tom onidan ochilgan kashfiyot, 
o ‘ziga xos ixtiro deb hisoblaydi. Etnolog V. A. Tishkov millatni guruh 
ichidagi defmitsiya deb hisoblaydi, unga “qat'iy ilmiy yoki 
konstruksiyaviy shakl berish mumkin emas” .
Konstruktiv yondashish etnologlar uchun samarasizdir, chunki 
uning predmetini aniqlik chegarasidan chetga chiqaradi, uni fikriy 
hodisaga aylantiradi, unga noreallik, diniy tav sif bag‘ishlaydi.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling