Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Taqinchoqlar.
An'anaviy taqinchoqlar majmui ham xuddi 
kiyimlar singari muayyan xalq, etnos va etnografik guruhning o ‘ziga 
xos etnik xususiyatlarini ma'lum ma'noda aks ettiradi. Taqinchoq va 
bezaklar qaerda hamda qachon pay do bo‘lganini aniq aytish qiyin, 
lekin miloddan aw alg i VI ming yillikning oxiri - III ming yillikda, 
ya'ni neolit davrida xilma-xil tosh va chig‘anoqlardan munchoq hamda 
shokilalar tayyorlash keng tarqalgani ma'lum. Taqinchoqlar shaklan 
turli-tuman: kungurador doira, astvona (silindr), yassi tuxumsimon, 
romb, suyri, uch burchak, dumaloq, uchli va hokazo ko ‘rinishlarda 
ishlangan. Masalan, miloddan aw algi ПТ-1 asrlarga oid Amudaryo 
xazinasi ham qadimiy bezak-taqinchoqlari haqida fikr yuritishimizga 
asos bo‘la oladi.
Ajdodlarimiz qadimdan feruza va marmar nusxa la'ldan dumaloq 
hamda uchli munchoqlar yasaganlar. Ular asosan, hosildorlik va 
ma'murchilik ramzi sifatida, ins-jinslardan saqlanuvchi tumorlar 
tariqasida ishlatib kelingan.
Eneolit davrida lojuvard, ohak va haqiq singari qimmatbaho 
toshlardan ko‘plab hamda xilma-xil munchoqlar yasash yo‘lga 
qo‘yilgan. Mis bilaguzuk va uzuklardan uchli yupqa xalqa tilla 
sirg‘alar yasalgan. Naqshsiz, silliq va to‘g‘ri chiziqlar, xalqalar hamda 
naqshlar bilan bezatilgan, bosma naqshlar bilan zeb berilgan to ‘qima 
kamarlar, rangli shisha, feruza, haqiq, lojuvard munchoq va shokilalar 
miloddan aw alg i I ming yillikda keng miqyosida qo ‘llanib kelingan 
bezak buyumlardan hisoblanadi.
Hay von tasvirlari tushirilgan feruza ko‘zlar qadalgan tilla 
bilaguzuklar, qo‘liga gul va qush tutib turgan Anahita tasvirlangan 
dumaloq ko ‘zli quyma oltin uzuklar, turunj (medalon) va shokilali tilla 
xalqalar hanuzgacha barchani lol qoldirmoqda. Miloddan aw alg i I 
ming yillik oxiri va milodning dastlabki asrlariga oid qush ilonbosh 
brinch va bo‘yinga taqiladigan hamda ko‘krak va qo‘l-oyoq 
taqinchoqlari va hokazo.
Ayollar libosini yanada nazokatli, jozibali va chiroyli qilib 
ko ‘rsatadigan bezak bu — taqinchoqlardir. Nodir va qimmatbaho bezak
83


buyum lar taqish odati juda qadim zamonlardan davom etib keladi. 
Respublikaning turli hududlarida o ‘tkazilgan va hozirda ham olib 
borilayotgan arxeologik qazishm alar vaqtida topilgan xilma-xil bezak 
ham da taqinchoqlar fikrimizning yorqin dalili b o i a oladi.
M uzeylarda saqlanayotgan topilmalar Respublika hududlarida 
(Yunon-Baqtriya podsholigi mil. avv. Ill—II asrlar, qadimgi Xorazm 
mil. a w . I asr o ‘rtalaridan mil. VIII asrlargacha) zargarlik 
rivojlanganligini ko ‘rsatadi. Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva, 
Q o‘qon, Shahrisabz, Qarshi, M arg‘ilon, ^ d i j o n , N am angan va 
boshqa shaharlarda zargarlik keng rivojlangan sohalardan biri edi.
Taqinchoqlar bosh (tillaqosh, tillabargak, gajak, bodom oy, 
bibishak, qo‘shduo va b.), bo‘yin-ko‘krak 
(turli m aijon va 
marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, talgajevak, b o ‘yintum or, 
ko‘kraktumor, qocshiktumor, bozuband va b.), soch (sochpopuk, tuf), 
quloq-burun (buloqi, isirg‘a va b.), qo ‘llar (uzuk, bilaguzuklar)ga 
taqilgan. Arxeologlar tomonidan topilgan qadimgi toshm unchoq va 
to ‘g ‘nog‘ichlar, bronza davriga oid bilaguzuk, to ‘g ‘nog‘ich ham da 
tugm alar ilk ajdodlam ing dastlabki bezaklaridan xabar beradi. Keyingi 
davrda yaratilganlari esa o ‘rta asrlarga oid devoriy rasm lar va 
q o iy o zm a asarlarga ishlangan m iniatyuralarda ham o ‘z aksini topgan. 
Ushbu taqinchoqlar asta-sekin, vaqtlar o ‘tishi bilan bir-birini to ‘ldirib, 
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yaxlit majmuani vujudga keltirdi.
Taqinchoqlar ishlab chiqarish xom -ashyo sifatida qimmatbaho va 
rangli m etall qotishmalari (qalay, oltin, kum ush va b.), qim matbaho 
ham da yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olm os, aqiq, zumrad 
va yoqut kabi), plastmassa, tabiiy toshlar, suyak, emal, shisha va 
b o sh q a . ishlatiladi. Taqinchoqlar jim jim ador qilib, rakxori va 
kum ushni qoraytirib, savodkori ham da panjarali shabaka va boshqa 
usullarda o ‘ym a ham da bo‘rtma naqshli qilib turlicha shokilalar bilan 
bezatilgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling