Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi


Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar


Download 6.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/135
Sana05.11.2023
Hajmi6.5 Mb.
#1749445
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
Bog'liq
Doniyorov A,X, Markaziy osiyo xalqlari etnologiyasi

Peshonaga taqiladigan taqinchoqlar.
Peshonaga taqiladigan 
ziynat buyumlarining turi nihotyada ko‘p boclib, ulaming hammasi
85


um um iy nom bilan “ m anglaydo‘zi” deb atalgan. Bibishoh ham ba'zi 
jo ylarda peshonaga taqilgan. Ayrim hollarda peshonaga taqish uchun 
tilla yoki zulfizar ishlatilgan. Ushbu bezak o ‘rtada bosma naqshlari 
ustiga rangli tosh va shishalardan donachalar qadab bezatilgan 
tillakori turinjdan iborat b o iib , atrofiga k o ‘pdan-ko‘p tilla qubbacha, 
popukcha va oynachalar bilan bezatilgan ikkita ilgak ip ham taqib 
q o ‘yilgan. Turunj m anglay у о boshning orqasiga taqilgan, uchlarida 
katta-katta popiklari b o ig a n ipni esa boshga ikki-uch o ‘rab, 
chakkalaridan yelkaga tegar-tegm as qilib osiltirib qo‘ygan. Yurganda 
ziynatlam ing hammasi silkillab, yoqim li jiringlagan ovoz bergan, tilla 
va ochiq feruza ranglarda tovlanib turgan.
0 ‘zbekistonning bir qator m uzeylarida ana shunga o ‘xshash 
m anglaydo‘zilarining bir qancha turi saqlanmoqda. Bular orasida 
Xorazmda XIX asrda yasalgan m anglaydo‘zilami ko ‘rsatish mumkin. 
Ulam ing biri kumush, asl maijon, feruza va shishadan yasalgan b o ‘lib, 
zarhal berilgan, nozik sim to ‘qimasi bor (Xivadagi “Ichan qal'a” 
davlat muzey q o ‘riqxonasida saqlanmoqda). Ikkinchisi esa X IX asr 
o ‘rtaIarida kumush, fitillaqosh, tillabargak, silsila, qush ini va qanoti 
osma buyumlardan iborat. Ayniqsa, tilla-osh deb ataluvchi bezak 
nihoyatda qadrlanib, uni odatda, kelinning nikoh libosi yoki 
raqqosalarda uchratish m umkin edi. U turli joylarda har xil 
nomlangan. M asalan, Buxoroda boloobro‘ deb atalib, uning shokilalar 
osilgan ostki qismi qoshga o ‘xshaydi. X ivada q o‘llanilgan xili esa 
“osm ado‘zi” deb atalgan. Tillaqoshga o ‘xshagan bezaklardan boshqa 
bir xili bargak yoki taxtacha bargak deb yuritilgan.
T oshkent tillabargagi bir-biri bilan oshiq-moshiq yordam ida 
biriktirilgan o ln beshta to'rtburchak yupqa tangachalaridan iborat 
bo ‘lgan. B osm a naqshli tangachaning o ‘rtasida tevaragi feruza 
toshchalar 
bilan 
aylantirilgan 
qizil 
shisha 
gul 
bor. 
Ba'zi 
tangachalam ing tepa qism ida ham xuddi shunday gul bo ‘lib, orqa 
tom onda urg ‘ochi va erkak o ‘rdaklam ing “urma” patlarini qistirib 
q o ‘yish uchun kichkina-kichkina bog‘ichlar qilingan. Pastda esa 
m anglayni qoshgacha berkitib turadigan ikki qat shildiroq shokila 
biriktirilgan. X orazm da “oshiq-m oshiqlar” deb nom olgan bunday 
taqinchoqning dastlabki nusxasi odam qiyofasini eslatuvchi yupqa
taxtachadan iborat b o ‘lgan.

Download 6.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling